Rajabov Nodirbek Muxammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda mikroelementar status buzilishi erta tashxisotining klinik-laborator jihatlari va uni korreksiyalash usullari», 14.00.05-Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2022.1. PhD/Tib2397.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mahmudova Lola Izzatilloyevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertasiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalligi rivojlanishining turli darajalari bo‘lgan bemorlarda essensial mikroelementlar tanqisligini erta aniqlashning diagnostik va prognostik samaradorligini baholash, hamda uni oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni tavsiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligi dializgacha bo‘lgan bosqichlaridagi bemorlarda temir, mis va rux tanqisligining birgalikda uchrash shakli ko‘proq kuzatilib, ular orasida rux mikroelementi tanqisligi ustunlik qilishi aniqlangan;
turli etiologiyali SBK larida essensial mikroelementlardan rux tanqisligi ko‘rsatkichlari va uromodulin orasida kuchli teskari korrelyasion bog‘liqlik, hamda rux va IV tip kollagen ko‘rsatkichlari orasida kuchsiz to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda rux tanqisligi kuzatilishi kasallikning tez rivojlanishi, hamda siydikda rux miqdorini aniqlash buyrakda fibroz rivojlanishini ko‘rsatuvchi prognostik marker sifatida ahamiyatli ekanligi isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligi erta bosqichlarida aniqlangan essensial mikroelementlar tanqisligida standart davo fonida rux saqlovchi preparatlar tavsiya etilganda ushbu kasallik rivojlanishi va asoratlanishi profilaktikasining samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yildagi 9 martdagi №24-Z/015-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 20 iyundagi 01/04/2556-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi dializgacha bo‘lgan bosqichlaridagi bemorlarda temir, mis va rux tanqisligining birgalikda uchrash shakli ko‘proq kuzatilib, ular orasida rux mikroelementi tanqisligi ustunlik qilishi aniqlangan va olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (21.06.2022 y.; № 12) hamda Gijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.03.2022 y.; № 10/1) bilan amaliyotga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali buyrak kasalligi dializgacha bo‘lgan bosqichlaridagi bemorlarda temir, mis va rux tanqisligining birgalikda uchrash shakli ko‘proq kuzatilib, ular orasida rux mikroelementi tanqisligi ustunlik qilishi aniqlanganligidan foydalanish, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali buyrak kasalligi dializgacha bo‘lgan bosqichlaridagi bemorlarda temir, mis va rux tanqisligining birgalikda uchrash shakli ko‘proq kuzatilib, ular orasida rux mikroelementi tanqisligi ustunlik qilishi aniqlanganligi kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 1856 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: surunkali buyrak kasalligi dializgacha bo‘lgan bosqichlaridagi bemorlarda temir, mis va rux tanqisligining birgalikda uchrash shakli ko‘proq kuzatilib, ular orasida rux mikroelementi tanqisligi ustunlik qilishi aniqlanganligini inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1325 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 531 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: turli etiologiyali SBK larida essensial mikroelementlardan rux tanqisligi ko‘rsatkichlari va uromodulin orasida kuchli teskari korrelyasion bog‘liqlik, hamda rux va IV tip kollagen ko‘rsatkichlari orasida kuchsiz to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi isbotlangan va olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (21.06.2022 y.; № 12) hamda Gijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.03.2022 y.; № 10/1) bilan amaliyotga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: turli etiologiyali SBK larida essensial mikroelementlardan rux tanqisligi ko‘rsatkichlari va uromodulin orasida kuchli teskari korrelyasion bog‘liqlik, hamda rux va IV tip kollagen ko‘rsatkichlari orasida kuchsiz to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi isbotlanganligini hisobga olinishi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: turli etiologiyali SBK larida essensial mikroelementlardan rux tanqisligi ko‘rsatkichlari va uromodulin orasida kuchli teskari korrelyasion bog‘liqlik, hamda rux va IV tip kollagen ko‘rsatkichlari orasida kuchsiz to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi isbotlanganligi: bemorda buyrak fibrozi darajasini aniilash maqsadida IV tip kollagen va uromodulin miqdorini aniqlash o‘rtacha 672 400 so‘mga tushadi, tadqiqotdagi korrelyasin bog‘liqlik inobatga olinib qondagi va siydikdagi rux miqdorini aniqlashda 206 500 so‘m sarflanadi. Ya’ni fibroz tashxisotida har bir bemordan 465 900 so‘m miqdorda byudjet hisobidan iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: turli etiologiyali SBK larida essensial mikroelementlardan rux tanqisligi ko‘rsatkichlari va uromodulin orasida kuchli teskari korrelyasion bog‘liqlik, hamda rux va IV tip kollagen ko‘rsatkichlari orasida kuchsiz to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi isbotlanganligini hisobga olinishi erta tashxislash samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda rux tanqisligi kuzatilishi kasallikning tez rivojlanishi, hamda siydikda rux miqdorini aniqlash buyrakda fibroz rivojlanishini ko‘rsatuvchi prognostik marker sifatida ahamiyatli ekanligi isbotlangan va olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (21.06.2022 y.; № 12) hamda Gijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.03.2022 y.; № 10/1) bilan amaliyotga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda rux tanqisligi kuzatilishi kasallikning tez rivojlanishi, hamda siydikda rux miqdorini aniqlash buyrakda fibroz rivojlanishini ko‘rsatuvchi prognostik marker sifatida ahamiyatli ekanligi isbotlanganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda rux tanqisligi kuzatilishi kasallikning tez rivojlanishi, hamda siydikda rux miqdorini aniqlash buyrakda fibroz rivojlanishini ko‘rsatuvchi prognostik marker sifatida ahamiyatli ekanligi isbotlanganligi: bemorning ambulator hamda shifoxonada shifoxonada davolanishga sarflanadigan to‘lov miqdori 1325 000 so‘mga kamaytirgan (Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining preyskurantiga ko‘ra); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (davolanish davrida o‘rtacha 531 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda rux tanqisligi kuzatilishi kasallikning tez rivojlanishi, hamda siydikda rux miqdorini aniqlash buyrakda fibroz rivojlanishini ko‘rsatuvchi prognostik marker sifatida ahamiyatli ekanligi isbotlanganligi, o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirishga karatilgan qo‘shimcha davolash choralarini bajarilishiga imkon berishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi erta bosqichlarida aniqlangan essensial mikroelementlar tanqisligida standart davo fonida rux saqlovchi preparatlar tavsiya etilganda ushbu kasallik rivojlanishi va asoratlanishi profilaktikasining samaradorligi asoslangan va olingan ilmiy-amaliy natijalar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (21.06.2022 y.; № 12) hamda Gijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.03.2022 y.; № 10/1) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali buyrak kasalligi erta bosqichlarida aniqlangan essensial mikroelementlar tanqisligida standart davo fonida rux saqlovchi preparatlar tavsiya etilganda ushbu kasallik rivojlanishi va asoratlanishi profilaktikasining samaradorligi asoslangan, bo‘lib, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali buyrak kasalligi erta bosqichlarida aniqlangan essensial mikroelementlar tanqisligida standart davo fonida rux saqlovchi preparatlar tavsiya etilganda ushbu kasallik rivojlanishi va asoratlanishi profilaktikasining samaradorligi asoslangan, bu esa o‘z navbatida rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning shifoxonada hamda ambulator davolanish harajatlarini qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 612 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 236 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: surunkali buyrak kasalligi erta bosqichlarida aniqlangan essensial mikroelementlar tanqisligida standart davo fonida rux saqlovchi preparatlar tavsiya etilganda ushbu kasallik rivojlanishi va asoratlanishi profilaktikasining samaradorligi asoslangan bo‘lib, ularni qo‘llashni shifoxona amaliyotiga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 612 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 236 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.