Yozieva Umida Lutfullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni zararli axborotlar tahdididan himoya qilishning takomillashtirilgan texnologiyasi (boshlang‘ich ta’lim misolida)», 13.00.01–pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped16.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.58.01.
Rasmiy opponentlar:Xalilov Faxriddin Nuritdinovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni zararli axborotlar tahdididan himoya qilishning mavjud texnologiyalarini takomillash-tirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini zararli axborotlar tahdididan himoya qilishning motivatsion, muhitga moslashish, refleksivlik pedagogik-psixologik xususiyatlari ong-idrok-hissiyotning ratsionallik bilan uyg‘unligini ta’minlash, yaqin kattalar (ota-ona, aka-uka, opa-singil, o‘qituvchi) va sotsium (muhit, o‘rtoqlar, qiziqish, ehtiyoj) omillari tizimlashtirish asosida aniqlangan;
o‘qituvchi va ota-onalarning o‘zaro hamkorlik o‘quvchilarni axborot tahdididan himoya qilish shakllarini ota-onalarning mediata’lim (axborot vositalari va Internet tarmog‘i bilan ishlash) va virtual nazorat (o‘quvchining axborot vositalari bilan ishlash jarayonini nazorat qilish, bola xulq-atvorini tuzatish) mexanizmlarini muntazamlilik, izchillik va uzluksizlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni zararli axborotlar tahdididan himoya qilish modelining profilaktik komponenti zararli axborotlarga qarshi mafkuraviy immunitetni tarkib toptirishda, natijaviylik komponenti milliy ongni shakllantirishda interfaol texnologiyalar («Bir tahdidga besh zarba», «Axborotni so‘zsiz uzatish»)ni boshlang‘ich sinflar uchun moslashtirish mobillik mezonlarini integratsiyalash asosida takomillash-tirilgan;
o‘quvchilarni zararli axborotlar tahdididan himoyalashning tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalari o‘quv materiallari bilan ishlash (chaqiruv, anglash, fikrlash) va amaliy faoliyat (tushunish, anglash, tahlil, baholash) tajribasini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni zararli axborotlar tahdididan himoya qilishning takomillashtirilgan texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini zararli axborotlar xavfidan asrash jarayoni samaradorligini oshirish, axborotlarni to‘g‘ri istifoda etish asosida mafkuraviy immunitetini shakllantirish qobiliyatlariga ega bo‘lishi; o‘quvchilarda mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi immunitetni yuzaga keltirish metod va texnologiyalarini bilishi; globallashuv sharoitida kechayotgan jarayonlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ta’siri haqida tushuntirish ishlari olib bora olishiga doir ko‘rsatkichlari oliy ta’lim tizimining Davlat ta’lim standarti («O‘zstandart» agentligining 2014 yil 18 sentyabrdagi 4973-son qarori bilan tasdiqlanib, 36-1364-son raqam bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) mazmuniga singdirilgan. Natijada mazkur kompetensiyalar tizimi boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish hamda takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish va baholashga doir takliflar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son Qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim tizimi Davlat ta’lim standarti hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining A-026–«Bolalikni muhofazalashda yaqin kattalar orqali axborot xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik yo‘llari» mavzusidagi amaliy loyihasi (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-02/2-2-517-son ma’lumotnomasi) mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zararli axborotlar tahdidiga nisbatan ma’naviy immunitetni shakllantirish, axborot iste’moli madaniyatini rivojlantirishga hamda o‘quv-biluv jarayonini takomillash-tirish va ta’lim sifatini oshirishga imkon bergan.