Turaboev G‘ulomjon Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Havo oqimidan paxta xomashyosini samarali ajratib oluvchi yangi konstruksiyadagi pnevmoseparator qurilmasini yaratish”  05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T1963
Ilmiy rahbar: Maxkamov Anvar Muxamatxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Sayidmuradov Mirzohid Mirzarahimovich texnika fanlari falsafa doktori, dotsent (05.02.03), Muradov Rustam Muradovich texnika fanlari doktori, professor, (05.02.03).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Pnevmotransport tizimida havo oqimidan paxta xomashyosini samarali ajratib oluvchi yangi konstruksiyadagi pnevmoseparator qurilmasini yaratish va uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xomashyosining dastlabki tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qoluvchi chigit va tolaga mexanik shikast etkazmagan holda havo oqimidan samarali ajratib oluvchi yangi silindrsimon vertikal pnevmoseparator qurilmasi ishlab chiqilgan;
paxta va mayda og‘ir jismlar separator ishchi kamerasi devoriga borib urilishi, metall sirtni shikastlashi va urilish maydoni aniqlovchi formulalar ishlab chiqilgan;
paxta xomashyosini silindrik pnevmoseparator qurilmasidagi harakatini, silindr radiusi bo‘yicha vaqt va vertikal balandligi, vinsimon harakati davomida aylanish burchagi, urinma chiziqli tezligini vertikal koordinataga hamda turli massalarga  bog‘liq ravishda o‘zgarishi traektoriyasi ishlab chiqilgan;
paxtani havodan ajratish jarayonida pnevmoseparatorga ta’sir etuvchi havoning tezligi, ishchi kamerada quvurni botiqligi va ishchi kamerani balandligining optimal parametrlari regressiya tenglamalari orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Takomillashgan pnevmoseparator konstruksiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtani tashilayotgan havo oqimidan ajratib oluvchi pnevmoseparator qurilmasi uchun talablar tasdiqlangan. Takomillashgan pnevmoseparator qurilmasi “Namangan paxta teks” MChJga qoshidagi “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasining pnevmotransport tizimiga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2023 yil 23 iyundagi №02/22-448 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amaldagi separator qurilmasiga nisbatan chigit shikastlanishi 2% va erkin tolalarning yo‘qolishi 2,02 kg/soatga kamayishiga; tolada nuqsonlar kamayishi, erkin tolalarni chang havo bilan chiqib ketishi oldi olinishi natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish