Ruzieva Baxtigul Yuldashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Benzimidazol asosida baʼzi kamyob er elementlarning aralash ligandli koordinatsion birikmalarini sintezi va tuzilish xususiyatlarini aniqlash», 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K613.
Ilmiy rahbar: Daminova Shahlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibodullaeva Mavjuda Ibodulloevna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: benzimidazol hosilalari asosida ba’zi kamyob er elementlarning aralash ligandli koordinasion birikmalarini sintezi, ularning tarkibi va tuzilish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor La(III), Ce(III), Nd(III), Sm(III), Ho(III) larning  benzimidazol hosilalari hamda benzgidroksam kislota (BGK), diizopropilditiofosfat (DiPDTF), dietilditiokarbamat (DEDTK) ishtirokida 39 ta yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida ligandlar va sintez qilingan kompleks birikmalarning geometrik va energetik parametrlari, atomlardagi zaryadlarning taqsimoti, geometriyasi hamda reaksion qobiliyati aniqlangan;
sintez qilingan aralash ligandli yangi kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari va metall ionlarining ligand donor atomlari bilan koordinatsiyalanish qonuniyatlari element, RST, differensial termik tahlil, IQ-, Raman spektroskopik analiz usullari yordamida aniqlangan;
olingan kompleks birikmalarning termik xossalari va termoliz mahsulotlari o‘rganilgan hamda termik barqarorligi quyidagi qatorda kamayib borishi aniqlangan: Ce3+  La3+  Nd3+  Sm3+ No3+;
ilk bor 2-amino-1-metilbenzimidazol brom gidrat, 2-amino-1-metilbenzimidazol nitrat va 2-(fenilmetil)-1H-benzimidazol nitrat oniyli tuzlarining, shuningdek tarkibi [La(NO3)6][(MAB-H)]3, [La(NO3)6]2[(MAB-H)]6·4N2O] bo‘lgan yangi kompleks birikmalarining kristall tuzilishlari aniqlangan;
Hirshfeld sirt tahlilida O···N/N···O, H∙∙∙H va O∙∙∙H/H∙∙∙O ta’sirlari ko‘proq kuzatilgan hamda molekulalararo ta’sirlashish energiyalari aniqlangan.
sintez qilingan kristallarning elektron zichligi yuzasi va elektron zichligini xaritalashga asoslanib, molekulaning sirt maydonlari va bo‘shliqlar hajmi 15% dan ortiq emasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Benzimidazol asosida ba’zi KEE larning aralash ligandli koordinasion birikmalarini sintezi, ularning tarkibi va tuzilish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[La(NO3)6][(MAB-H)]3, [La(NO3)6]2[(MAB-H)]6·4H2O, [MAB-H]·NO3, [MAB-H]·Br·H2O, [FAB-H]·NO3·H2O tarkibli kompleks birikmalarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk /cons/retrievihg.html CCDC depozit raqami 2132821, 2280326, 2321857, 2321856, 2091087). Natijada, o‘xshash yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
neodim, samariy va golmiy (III) ionlarini lyuminessent aniqlash usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ texnologik eritmalarida sinab ko‘rilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 13 noyabrdagi 23/01-01-07/577-son ma’lumotnomasi). Natijada flyuoressent tahlil yordamida neodim, samariy va golmiy ionlarini aniqlash mumkin bo‘ldi;
sintez qilingan kompleks birikmalardan A-FA-2021-266 raqamli “Shumgiyoh (Gistanche) o‘simligining tabiiy zahiralaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish va etishtirishning zamonaviy agrotexnikalarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada metallo-kompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 22 fevraldagi 4/1255-426-son ma’lumotnomasi). Natijada, dorivor o‘simlikning o‘sishiga ta’sir qiluvchi tuproq tarkibidagi kamyob metall ionlari miqdorini benzimidazol metallokompleks birikmalari ishtirokida aniqlash  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish