Abdullaeva Sevara Solijanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut yo‘nalishidagi qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt200.

Ilmiy rahbar: Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.I.10.03.

Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Madjidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Dusmuratov Ganibay Davletbaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi:  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: sut yo‘nalishidagi qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sut yo‘nalishidagi qoramolchilik tarmog‘i rivojlanishiga omillar ta’siri hamda mahsulot etishtirish bilan bog‘liq bevosita va bilvosita xususiyatlar asoslangan holda iste’molchilarga “ekologik sut” etkazib berish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan;

sut-tovar yo‘nalishidagi chorvachilik xo‘jaliklarida zamonaviy,  resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash asosida qoramollarni parvarishlashning  moddiy va mehnat resurslari me’yorlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;

fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyati sharoitida tarmoqda xususiy sub’ektlarni tashkil qilish asosida xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari asoslangan;

dehqon va fermer xo‘jaliklarida etishtirilgan sut mahsulotlarini iste’molchiga etkazib berishda ulgurji bozorlarni rivojlantirish asosida sut mahsulotlarini sotish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sut yo‘nalishidagi qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:

sut yo‘nalishidagi qoramolchilik tarmog‘i rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, ularning ta’sir qilish mexanizmi va sut etishtiruvchi muhim xususiyatlardan foydalanish, iste’molchilarga ekologik sut etkazib berishni ta’minlovchi tizim faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 martdagi 011/09-477-son ma’lumotnoma). Mazkur tavsiyalarni amaliyotga joriy etilishi natijasida dehqon va fermer xo‘jaliklarida sut ishlab chiqarish samaradorligini 10-15 foizga oshirishga erishilgan;

sut-tovar yo‘nalishidagi chorvachilik xo‘jaliklarida qoramollarni parvarishlashning zamonaviy, resurstejamkor texnika va texnologiyalarini qo‘llash, mahsulot ishlab chiqarish jarayonini ilmiy asosda tashkil etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 6 yanvardagi 03-/15-22-son hamda 2017 yil 16 oktyabrdagi 07/15-905-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif natijasida  mahsulot tannarxini 10-15 foizga kamaytirishga erishish, fermer xo‘jaliklarining mutaxassislar xizmatiga bo‘lgan talabining qondirilishi esa 25-30 foizga ortishi asoslangan;

sut qoramolchiligi tarmog‘iga xizmatlar ko‘rsatish tizimini samarali tashkil qilish uchun muhim bo‘lgan talablar shakllantirilgani holda, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 martdagi 011/09-477-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida tizimda xizmatlar tannarxini 20 foizgacha arzonlashtirishga erishildi;

sut mahsulotlari ulgurji bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha tayyorlangan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 martdagi 011/09-477-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish dehqon va fermer xo‘jaliklarida sut etishtirish rentabellik darajasini 10 foizgacha oshirishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish