Fayzullaev Nurulla Baxromovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda nostandart bandlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish», 08.00.15–Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt240.

Ilmiy rahbar: Salaev San’atbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.

Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Mahkamova Mamlakat Abduqodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda nostandart bandlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy va soliq hisobotlarida nostandart bandlikka oid ma’lumotlarni majburiy rekvizit sifatida to‘liq aks ettirish, nostandart bandlar sonini aniqlash yuzasidan uslubiy yondashuv asoslangan;

tadbirkorlik sub’ektlarida nostandart bandlik shakllaridan foydalanish samaradorligining turli jihatlarini tavsiflovchi xususiy koeffisientlarni yagona integral ko‘rsatkich orqali baholash tartibi ishlab chiqilgan;

Xorazm viloyatida nostandart bandlikning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishiga ta’sirini baholash usuli hududlar iqtisodiy darajasi bo‘yicha tabaqalashgan guruhlarga tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;

Xorazm viloyatidagi kichik biznes korxonalarining kasanachilikni tashkil etish asosidagi faoliyatining 2021 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda nostandart bandlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

xorijiy mamlakatlardagi nostandart bandlik asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ilg‘or tajribalarini qiyosiy tahlil qilgan holda milliy iqtisodiyotda sohani ustuvor rivojlantirish hamda tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan uslubiy nizomlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 11 maydagi 01/1-12-17/2-139-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublika hududlarida va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida nostandart bandlik shakllarining rivojlanish holatiga baho berish va shu tufayli band aholi sonini yanada yuqori aniqlikda hisoblash imkoniyati yaratilgan;

nostandart bandlik shakllaridan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida foydalanish samaradorligini baholovchi statistik ko‘rsatkichlar (kasanachilar mehnatining sifat koeffisienti, kasanachilar mehnatining mexanizatsiyalashganlik koeffisienti, kasanachilar ish haqining mehnat unumdorligini rag‘batlantirishdagi ishtirokini ifodalovchi koeffisient, kasanachilik ish haqi bilan eng kam ish haqi o‘rtasidagi mutanosiblik (yoki nomutanosiblik)ni ifodalovchi koeffisient, kasanachilar mehnatining rentabellik koeffisienti, kasanachilik ish o‘rni yaratishdagi marjinal xarajatlar koeffisienti, kasanachilarning qo‘nimsizlik koeffisienti, kasanachilik mehnatiga jalb qilishning mavsumiylik koeffisienti) tizimini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan uslubiy nizomlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 11 maydagi 01/1-12-17/2-139-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlari kesimida nostandart bandlik shakli sifatida kasanachilik mehnatidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida foydalanish samaradorligini baholovchi integral ko‘rsatkich asosida ularning nostandart ish o‘rinlarini yaratish va undan samarali foydalanish bo‘yicha imkoniyatlari baholangan;

iqtisodiyotda nostandart bandlik asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish holatini baholash hamda Xorazm viloyati tuman va shaharlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanganlik darajasi bo‘yicha tabaqalashgan guruhlarga tizimlashtirish borasidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 4 maydagi 13-son Qarori bilan tasdiqlangan «Mehnat resurslari hisobot balansini hisoblash bo‘yicha uslubiy Nizom»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 11 maydagi 01/1-12-17/2-139-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqilishida ularning soha rivojlanganlik darajasidan kelib chiqib, hududlararo nomutanosibliklarni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilash imkonini bergan;

nostandart bandlikka asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kooperatsion aloqalarining maqsadga muvofiqligini modellashtirish borasidagi ilmiy taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan prognoz jarayonlarining uslubiy asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2018 yil 11 maydagi 01/1-12-17/2-139-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan amaliyotda foydalanish kelgusida yaratiladigan nostandart ish o‘rinlari soni va ularning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ta’siri, ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat) hajmi, kasanachilik ish o‘rinlarini yaratganlik uchun korxona hisobida tejaladigan mablag‘lar miqdori xususida prognozlar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish