Ochilova Xilola Farmonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turizm sohasida ta’lim tizimini takomillashtirishning uslubiy asoslari», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt400
Ilmiy maslahatchi: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Navro‘z-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turaev Baxodir Xotamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimova Mashxura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi turizm sohasida professional mutaxassislar tayyorlash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra turizm yo‘nalishidagi OTM bitiruvchilarining raqobatbardoshligini baholash asosida “bitiruvchilar raqobatbardoshligining shakllanish piramidasi” kasbiy turistik ta’lim sifatini tavsiflovchi amaliy-boshqaruvga oid ko‘rsatkichlar, bitiruvchining erishgan shaxsiy natijalarini tavsiflovchi kognitiv ko‘rsatkichlar, axloq-odobi, tarbiyasini tavsiflovchi umummadaniy ko‘rsatkichlar majmui sifatida takomillashtirilgan;
turizm sohasiga kadrlar tayyorlovchi ta’lim muassasalarini yagona tizimda integratsiyalashtirgan, ta’lim muassasalari, turistik korxonalar va Turizm qo‘mitasi bilan uzviy aloqadorlikni ta’minlash imkonini beruvchi “Xalqaro turizm akademiyasi” yaxlit kasbiy tuzilmasini tashkil qilish taklifi asoslangan;
turizm sohasiga oid ta’lim va ilmiy-tadqiqot natijalarini joylashtirish hamda elektron ta’lim resurslari bilan integratsiyalashga imkon beruvchi www.silkroaDScience.uz elektron platformasini yaratish orqali turistik ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibining innovatsion va ilmiy-amaliy faoliyatini muvofiqlashtirish hamda malakasini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda turizm sohasida band bo‘lganlar soni va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ko‘p omilli ekonometrik modeli parametrlari asosida turizm va mehmonxona sohasida band bo‘lganlar sonining 2030 yilga qadar prognoz qiymatlari aniqlangan;
O‘zbekistonda uzoq muddatli davrda turizm sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining tashkil topishi va asosiy faoliyat parametrlarini belgilab beruvchi tendensiyalar asosida 2030 yilga qadar  prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasida kadrlar tayyorlashning uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra turizm yo‘nalishidagi OTM bitiruvchilarining raqobatbardoshligini baholash asosida “bitiruvchilar raqobatbardoshligining shakllanish piramidasi” kasbiy turistik ta’lim sifatini tavsiflovchi amaliy-boshqaruvga oid ko‘rsatkichlar, bitiruvchining erishgan shaxsiy natijalarini tavsiflovchi kognitiv ko‘rsatkichlar, axloq-odobi, tarbiyasini tavsiflovchi umummadaniy ko‘rsatkichlar majmui sifatida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Marketing turizma” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarining kasbiy turistik ta’lim sifatini tavsiflovchi amaliy-boshqaruvga oid ko‘rsatkichlar, bitiruvchining erishgan shaxsiy natijalarini tavsiflovchi kognitiv ko‘rsatkichlar, axloq-odobi, tarbiyasini tavsiflovchi umummadaniy ko‘rsatkichlar majmui sifatidagi “bitiruvchilar raqobatbardoshligining shakllanish piramidasi” to‘g‘risidagi nazariy bilimlarini shakllantirish va kengaytirish imkoni yaratilgan;    
turizm sohasiga kadrlar tayyorlovchi ta’lim muassasalarini yagona tizimda integratsiyalashtirgan, ta’lim muassasalari, turistik korxonalar va Turizm qo‘mitasi bilan uzviy aloqadorlikni ta’minlash imkonini beruvchi “Xalqaro turizm akademiyasi” yaxlit kasbiy tuzilmasini tashkil qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 26 fevraldagi 03-11-17-134-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm yo‘nalishi talabalarining o‘quv, ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotini tashkil qilishda akademiyaning moddiy-texnika bazasi tarkibida restoran, o‘quv turistik byuro va turli toifadagi o‘quv-mehmonxonalar tashkil qilish imkoni yaratilgan;
turizm sohasiga oid ta’lim va ilmiy-tadqiqot natijalarini joylashtirish hamda elektron ta’lim resurslari bilan integratsiyalashga imkon beruvchi www.silkroaDScience.uz elektron platformasini yaratish orqali turistik ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibining innovatsion va ilmiy-amaliy faoliyatini muvofiqlashtirish hamda malakasini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktyabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzlyuksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5270-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 26 fevraldagi 03-11-17-134-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida elektron platforma vositasida turistik ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibining innovatsion va ilmiy-amaliy faoliyatini muvofiqlashtirish hamda malakasini oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda turizm sohasida band bo‘lganlar soni va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ko‘p omilli ekonometrik modeli parametrlari asosida turizm va mehmonxona sohasida band bo‘lganlar sonining 2030 yilga qadar aniqlangan prognoz qiymatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Turizm sohasini 2030 yilgacha rivojlantirishning yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 26 fevraldagi 03-11-17-134-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada turizm va mehmonxona sohasida band bo‘lganlar sonining uzoq muddatli istiqbol ko‘rsatkichlariga aniqlik kiritish hamda ularning soha rivojlanishining asosiy parametrlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda uzoq muddatli davrda turizm sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining tashkil topishi va asosiy faoliyat parametrlarini belgilab beruvchi tendensiyalar asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Turizm sohasini 2030 yilgacha rivojlantirishning yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 26 fevraldagi 03-11-17-134-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada turizm sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining tashkil topishi va asosiy faoliyat parametrlariga aniqlik kiritish hamda ularning soha rivojlanishining asosiy parametrlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish