Muxamadieva Nigina Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda depressiv buzilishlarning klinik-biokimyoviy xususiyatlari, davo masalalari», 14.00.18–Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.Phd/Tib83.
Ilmiy rahbar: Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Ulugbek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Imamov Akbar, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda depressiv buzilishlarni klinik, konstitusional-biologik, biokimyoviy va ijtimoiy-psixologik prediktorlarini aniqlash bilan birgalikda mazkur guruhdagi bemorlarda depressiv buzilishlarning klinik xususiyatlarini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
miokard infarkti o‘tkazgandan keyin rivojlangan depressiv buzilishlarning klinik xususiyatlari, etiologik mansubligi (reaktiv va qon tomir genezli) aniqlangan;
miokard infarktidan keyingi depressiyada klinik jihatdan ustunlik qiluvchi affekt turi hamda kasallik oqibati uchun ahamiyatli holatlar (xavotirli va xavotirli-bezovtalanish holatlarida autoagressiv va agressiv xatti-harakatlarning sodir etilish xavfining oshishi) aniqlangan;
depressiv sindrom chuqurlik darajasiga ko‘ra o‘tkir miokard infarkti o‘tkazgan aksariyat bemorlarda depressiv epizodning dastlabki tashxisida o‘rtacha chuqurlik darajasi aniqlangan;
miokard infarkti o‘tkazgandan keyingi depressiyaning rivojlanish muddati, ya’ni miokard infarkti o‘tkazgandan birinchi 7 kun, ayniqsa 2–3-sutkalar depressiya qancha erta rivojlansa, og‘irlik darajasiga ko‘ra o‘rta og‘ir va og‘ir darajadagi depressiv sindrom rivojlanish ehtimolligining shuncha yuqoriligi aniqlangan;
miokard infarkti o‘tkazgandan keyin rivojlangan depressiv buzilishlarning davomiyligi, ayniqsa xavotirli depressiya bir yilgacha davom etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Miokard infarktidan keyin rivojlangan depressiv buzilishlarni klinik xususiyatlarini aniqlash hamda depressiya rivojlanishining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar va davolash natijalari asosida:
«Yurak ishemik kasalligida xavotirli-depressiv holatlar diagnostikasi xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 2 fevraldagi 8i/05-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yurak ishemik kasalliklarida xavotirli-depressiv buzilishlarni erta samarali tashxislash va davo choralarini mukammallashtirish imkonini yaratgan;
miokard infarktidan keyin depressiv buzilishlar rivojlanishi va ularning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Buxoro viloyat Jondor tumani va Buxoro viloyat Kogon tumani markaziy poliklinikalarida amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 9 fevraldagi 8n-d/3-son ma’lumotnomasi). Natijalarni Sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etish va uni tahlil etish natijasida miokard infarkti o‘tkazgan va depressiv buzilishlar bilan ambulator-poliklinik xizmatga qilingan murojaatlar 4-5 martaga kamayib, davolashga ketadigan sarf-xarajatlarni 20% ga kamaytirish imkonini bergan.