Xamidov Behzod Axadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ijtimoiy-kasbiy nominatsiyasi komponentli frazeologizmlarning lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil2311.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdimurod Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Tursunova Nodira Fayzullo qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ijtimoiy-kasbiy nominatsiyasi komponentli frazeologizmlarning struktural-semantik va lingvomadaniy xususiyatlarining umumiy va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ijtimoiy-kasbiy nominatsiyasi komponentli (o‘zbek tilida, Bo‘zchi belboqqa yolchimas, ingliz tilida, to live like a lord kabi) frazeologik birliklarni lisonda voqelantiruvchi leksik va sintaktik vositalarning semantik, kommunikativ xususiyatlari ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda shaxs ijtimoiy-kasbiy nominatsiyasi komponentli frazeologik birliklarning shakllanishi jarayonida lingvomadaniy o‘ziga xoslik (frazeologizmlar uchun komponent sifatida tanlangan so‘zlar: driver’s seat (ingliz tilida), bo‘zchi belboqqa yolchimas (o‘zbek tilida) kabilar)ning  ta’sir ko‘lami dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ijtimoiy-kasbiy nominatsiyasi komponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy jihatlari uslubiy vositalar (metafora, metonimiya, oksyumoron, ironiya, giperbola kabi) kesimida dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ijtimoiy-kasbiy nominatsiyasi komponentli frazeologik birliklarda lingvomadaniy omillarning aks ettirilishi va ular bilan bog‘liq tarjima jarayonida yuzaga chiquvchi (ingliz tilidagi ma’lum birliklarning o‘zbek tilida mos muqobil varianti mavjud emasligi, so‘zma-so‘z tarjima qilish imkonsizligi kabi) muammolar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ijtimoiy-kasbiy nominatsiyasi komponentli frazeologizmlarning lingvomadaniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida ijtimoiy-kasbiy nominatsiya komponentli frazeologizmlarning o‘ziga xosliklarni chog‘ishtirib aniqlash, lug‘atlarning turli ko‘rinishlarida tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari talqinlarida kuzatish, turli lingvomadaniyat vakillarining kommunikativ samaradorligini ta’minlash borasidagi qarashlarni shakllantirish borasidagi xulosalardan Samarqand davlat Chet tillar institutida bajarilgan 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+SVNEIMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” doirasidagi loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 18 apreldagi 1010/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs ijtimoiy-kasbiy nominatsiyasi komponentli frazeologizmlarning xususiyatlarini o‘rganish hamda lingvomadaniy va lingvopragmatik talqinlarning ilmiy ta’minoti mukammallashtirilgan;
tadqiqotga tortilgan materiallarning yosh avlodni o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida, virtual resurslar yaratishda lingvomadaniy manba bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, ingliz tilida shaxs ijtimoiy-kasbiy nominatsiyasi komponentli frazeologizmlarni tizimlashtirish, ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-komunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish (masalan, elektron lug‘atlar) va o‘quv jarayoniga joriy etishning nazariy asoslari, ularning to‘g‘ri tarjima qilinishining umumiy va xususiylik masalalariga oid xulosa va umumlashtirilgan fikrlardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan 2014-2015 yillarga mo‘ljallangan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023 yil 18 apreldagi 1011/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs ijtimoiy-kasbiy nominatsiyasi komponentli frazeologizmlarning sistemaviy xususiyatlarini o‘rganish hamda til birligi sifatida pragmatik xususiyatlarining yuzaga chiqishiga doir masalalarni ochib berishga erishilgan ;
tadqiqotga tortilgan shaxs ijtimoiy-kasbiy nominatsiyasi komponentli frazeologizmlar orqali ijtimoiy muloqot, millat madaniyatini tushunish, shaxs ijtimoiy-kasbiy nominatsiyasini ifodalovchi komponentga ega frazeologizmlarning lingvopragmatik jihatdan tadqiqi, ikki yoki undan ortiq xalqning o‘zaro bir-birlarining madaniyati, mentaliteti, e’tiqodi, an’analari, qadriyatlarini kengroq anglash nafaqat so‘zlovchiga, balki tinglovchiga nisbatan ham ta’sir ko‘rsatishi haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli eshittirishlarda 2021-2022 yillar davomida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2023 yil 9 yanvardagi 04-36-36-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs ijtimoiy-kasbiy nominatsiyasi komponentli frazeologizmlarning lingvomadaniy talqinlarining ilmiy ta’minotini yoritib borish kabi amaliyotlarda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish