Utepbergenova Amangul Kengesbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston televidenie va radio eshittirish sohasi tarixi», 07.00.01 – “O'zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2019.2.PhD/Tar491.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Nurjanov Sabit Uzakbaevich, tarix fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti PhD.03/30.12.2019. Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bazarbaev Raximnazar Jumanazarovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent,Aytmuratov Jalgas, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2021-yillarda Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi tarixi va uning rivojlanishida asosiy bosqichlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘istonda televidenie va radioeshittirish sohasi 1991-2021 yillardagi tarixini davrlashtirish to‘rt bosqichdan – (1992-2001), (2002-2012), (2013-2017) va 2018 yildan hozirgi kungacha – iborat ekanligi aniqlangan;
respublikada teleradioeshittirish texnologiyasini unifikatsiyalashga respublika radioeshittirish va televideniesida efirga uzatish uchun tayyorlanadigan dasturiy mahsulotlarning asossiz xilma-xilligini yo‘q qilish, dasturlarni tayyorlash bo‘yicha operatsion xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish asosida erishilgani asoslangan;
Qoraqalpog‘istonda xususiy teleradiostansiyalar tarmog‘i barpo etilishiga davlat telekommunikatsiya muhitini yanada rivojlantirish uchun asos sifatida raqamli eshittirishga, analog radiorele liniyalarini raqamli ma’lumot uzatishga o‘tkazishga universal o‘tish dasturini tanlaganligi asos bo‘lganligi isbotlangan;
mustaqil davlatchilik asoslarini mustahkamlash, iqtisodiy islohotlarni yoritish, jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti, etuk shaxsni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qator teleradio dasturlarni tashkil etish va rag‘batlantirish orqali milliy-madaniy tiklanish omillari bilan teleradioeshittirish faoliyati mohiyatining o‘zaro aloqadorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davrida Qoraqalpog‘iston televideniesi va radiosi tarixini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar asosida:
Qoraqalpog‘istonda televidenie va radioeshittirish sohasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va sifat o‘zgarishlarini ro‘yobga chiqarish natijalariga asoslanib ushbu sohaning 1991-2021 yillardagi tarixini davrlashtirish to‘rt bosqichdan – 1992-2001, 2002-2012, 2013-2017 va 2018 yildan hozirgi kungacha – iborat ekanligi haqidagi natijalardan «O‘zbekistan tarixi» telekanalida efirga uzatilgan O‘zbekiston televideniesi 65 yoshda ilmiy tadqiqot va natijalariga bag‘ishlangan «Televidenie tarixi» nomli turkum ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekistan teleradiokanali» davlat muassasining 2022 yil 16 dekabrdagi 0628-2076-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Qoraqalpog‘istonda hududiy televidenie shakllanishi bo‘yicha ko‘rsatuvlarni ilmiy asosda tayyorlash imkonini bergan;
1991-2021 yillari teleradioeshittirish tizimining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilinishi sohaning raqamli formatga o‘tilishi Qoraqalpog‘iston aholisining axborotga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarning mohiyati va mazmunini yaxshilashga imkon berishi barobarida respublikada teleradioeshittirish texnologiyasini unifikatsiyalashga xizmat qilganligi bo‘yicha natijalaridan Qoraqalpog‘istonda televideniening vujudga kelishi va rivojlanishiga bag‘ishlanib efirga uzatilgan «Televidenie 65 jasta» nomli ko‘rsatuvning ssenariycini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022-yil 15-dekabrdagi 05-22/721-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda Qoraqalpog‘istonda televideniening vujudga kelishi va rivojlanishiga oid tasavvurlarini kengayishiga yordam bergan.
teleradioeshittirish sohasini rivojlantirishning meyoriy-huquqiy bazasini shakllantirish bo‘yicha qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyati va nodavlat teleradioeshittirish tarmog‘ining rivojlanishi bilan o‘zaro bog‘liqligi dalillanib, bu holat Qoraqalpog‘istonda xususiy teleradiostansiyalar tarmog‘i barpo etilishiga olib kelganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali 2021/2022 o‘quv yilidagi ta’lim tizimida tadbiq etilib, mutaxasislik va umumkasbiy fanlarining mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligining 2022-yil 15-dekabrdagi 2-04/744-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar talabalarda mutaxasislik va umumkasbiy fanlaridan Qoraqalpog‘iston televidenie va radio eshittirishlar tarixiga oid ilmiy qarashlarini shakllantirishga xizmat qilgan.