Mullabaeva Guzal Uchkunovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “Q-to‘lqinli miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda to‘satdan o‘limning bashorati va uning profilaktikasini mukammallashtirish”, 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakam: B2017.2.DSc/Tib152.
Ilmiy maslahatchi: Qurbanov Ravshanbek Davletovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori; Avezov Davlet Kurbanbaevich, tibbiyot fanlari doktori; Abduraxmanov Ayan Suleymanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston)
Yetakchi tashkilot: Rossiya fanlar akademiyasining Tomsk milliy tekshirish tibbiyot markazi federal davlat byudjet ilmiy muassasasi, Kardiologiya ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: tibbiyot amaliyoti uchun ahamiyatli.
II. Tadqiqotning maqsadi: Q-to‘lqinli MI o‘tkazgan bemorlarda TO‘ni bashorat qilishda noinvaziv usullar imkoniyatini baholash va TO‘ni oldini olishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Q-to‘lqinli MIni o‘tkazgan bemorlarda to‘satdan sodir bo‘ladigan kardial o‘lim va takroriy MI (TMI) sodir bo‘lishlari sonini 2 yillik kuzatuvda aniqlash;
Q-to‘lqinli MIni o‘tkazgan bemorlarda klinik-anamnestik xususiyatlarni va ularning TO‘ bilan bog‘liqligini aniqlash;
yurak morfo-funksional parametrlarining TO‘ vujudga kelishidagi ta’sirini baholash;
TO‘ vujudga kelishida miokardning elektrik nostabilligi ko‘rsatkichlarini (yurak qorinchalari aritmiyalari, vegetativ nerv tizimi holati, QT intervali dispersiyasi) prognostik ahamiyatini aniqlash;
TO‘ning kam o‘rganilgan prediktori bo‘lmish yurak ritmi turbulentligining prognostik ahamiyatini baholash;
matematik tahlil uslublari yordamida TO‘ xavfini prognozlashning eng muhim omillarini aniqlash;
matematik tahlil uslublari yordamida TMI xavfini prognozlashning eng muhim omillarini aniqlash;
MI bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarining profilaktikasi borasida tavsiyalar ishlab chiqish.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
MI o‘tkazgan bemorlarda TO‘ning rivojlanishiga olib keluvchi omillar o‘rganib chiqish prognostik mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qorinchalar aritmiyasini davolash va to‘satdan o‘limning profilatikasi» mavzusida uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 maydagi 8n-d/109-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma MI o‘tkazgan bemorlarda yurak ritmining buzilishing TO‘ga ta’sirini baholash asosida salbiy asoratlarning oldini olish uchun davolash choralarini ishlab chiqish imkoniyatini bergan;
«To‘satdan kardial o‘limni profilaktikasi nuqtai nazaridan miokard infarktini boshidan kechirgan bemorlar uchun xavf stratifikatsiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 maydagi 8n-d/109-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma MI o‘tkazgan bemorlarda ikki yillik hayot prognozini baholab kerakli tavsiyalar berish imkoniyatini yaratgan.
«O‘tkir Q-to‘lqinli miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda to‘satdan ro‘y beradigan yurak o‘limi xavfi kal`kulyatori» tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 maydagi 8n-d/109-son ma’lumotnomasi). Mazkur hisoblash kal`kulyatori MI o‘tkazgan bemorlarda TO‘ning rivojlanish xavfini baholab, davolash turini tanlashga imkoniyat yaratgan.
Q-to‘lqinli MI o‘tkazgan bemorlarda TO‘ni prediktorlarini aniqlash va TO‘ni oldini olishni hamda davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm va Buxoro filiallari amaliyotiga joriy qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 maydagi 8n-d/109-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq qilinishi MI o‘tkazgan bemorlarda 2 yil davomida uchraydigan salbiy asoratlarning (TMI, TO‘) xavfi erta aniqlab, ularni oldini olish va davolashni optimallashtirish, bemorlar hayotining davomiyligini uzaytirib, uning sifatini yahshilashga imkon yaratdi. TO‘ xavfi o‘rta va past bo‘lgan bemorlar farmakoterapiyasini mukamallashtirish nogironlik va shifoxonada davolanishga muxtojligini kamayishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratdi.