Abduraxmanova Nigora Nazimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simta klonlarining rivojlanishida ksenobiotiklar biotransformatsiyasi fermentlaridagi ba’zi genlar polimorfizmi jihatlari», 14.00.29–Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib128.
Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Baxramov Saidjalol Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori; Xalikov Po‘lat Xo‘jamqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mieloproliferativ kasaliklarni xavfi rivojlanishda ba’zi polimorfizmlar sitoxrom R-450 va glikoprotein-R ning muhimligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mieloproleferativ bemorlar va sog‘lom o‘zbek populyasiyasida klinik, molekulyar-genetik, polimorf ba’zi guruhlardagi genlar sitoxrom CYP1A1 (rs1048943), CYP2C9 (rs179985), CYP3A4(rs2740574), va glikoprotein-R (MDR1) rs 1045642 allel va genotiplarining tarqalishi asoslangan;
o‘zbek millatiga mansub insonlarda sitoxrom R-450 va R glikoprotein (MDR1), CYP1A1, CYP2C9, CYP3A4, genlarning allel va genotip variantlarining tarqalishi va uchrash soni isbotlangan;
biotransformatsiya ksenobiotiklarni ba’zi fermentlari sitoxrom R 450 va R glikoprotein (MDR1), CYP1A1, CYP2C9, CYP3A4 genlarning allel va genotip variantlarining mieloproleferativ kasalligi rivojlanishida bog‘liqligi hamda prognostik xususiyatlari ochib berilgan;
mieloproleferativ kasalligi rivojlanishida xavfli allellar CYP1A1, CYP3A4, MDR1 genlarini xavfli kasallik rivojlanishdagi tartibi va genlarning xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘simta klonlarining rivojlanishida ksenobiotiklar biotransformatsiyasi fermentlaridagi ba’zi genlar polimorfizmi jihatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Surunkali leykozlarda molekulyar-genetik tashxisni tekshirishdagi ahamiyati» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 apreldagi 8n-d/84-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali mieloleykozlarni rivojlanishida ksenobiotiklarni ahamiyatini isbotlash va prognozlash chora-tadbirlarini ishlab chiqarish, biotransformatsiya ksenobiotiklarni metabolizmini boshqaruvchi asosiy CYP1A1, CYP2C9, CYP3A4 va MDR1 genlarining polimorfizmlarni molekulyar-genetik aniqlash imkonini bergan;
o‘simta klonlarining rivojlanishida ksenobiotiklar biotransformatsiyasi fermentlaridagi ba’zi genlar polimorfizmi baholashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot instituti amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 apreldagi 8n-d/84-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari amaliyotga joriy qilinishi surunkali mieloproliferativ bemorlarda kasallikni rivojlanishi 30%, shifoxonada davolanish davomiyligini kamayishi 40%, kasalxonada qolish muddatini 40-50% kamaygan hamda vaqtincha ishga layoqatsizlikni kamayishi, klinik sharoitda qiska vaqt davolanib, qolgan davoni ambulator sharoitda olib borish imkoniyatini yaratib, konsolidatsiya va ushlab turuvchi davo vaqtida davolanish uchun sarflangan harajatlarni tejash va kasallikni prognozlash profilaktikasi hisobiga nogironlik va unga bog‘liq o‘lim holatlarining kamayishiga imkon bergan.