Raximbaev Akmal Azatboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarda sanoat aglomeratsiyalarini shakllanish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt.3679.
Ilmiy rahbar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonkul Tursunkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Norkobilov Nusratillo Norsaitovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda sanoat aglomerasiyalarini shakllanish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda shakllangan sanoat aglomerasiyalarida mahsulot ishlab chiqarishni rivojlanishining yuqori darajasini miqdoriy mezonlarini ishlab chiqarish hajmi (〖A1〗_x≥0.3;〖A1〗_y≥0.8), korxonalar soni (〖A3〗_x≥2,2 ;〖A3〗_y≥7,1), ishlovchilar soni (〖A4〗_x≥7,2;〖A4〗_y≥7,1) diapazonlari chegarasida baholash asoslangan;
hududlarga sanoat korxonalarini joylashtirishda mijozlar va hamkorlar, ta’minotchilar va pudratchilarning mavjudligi hamda binolarning ijara xizmatlari va narxlari, ishchilar uchun qulaylik sanoat binolarining tarmoqning talabiga javob berishini investision loyihalarini amalga oshirish taklifi asoslangan;
hududiy sanoat aglomerasiyalarining sanoatni barqaror rivojlanishini mintaqaviy darajadagi strategiyalar hamda hududiy sanoatni ixtisoslashuviga mutanosib rag‘batlantirishga ko‘ra rivojlanishini ta’minlash asoslangan;
hududlarda erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, texnoparklar va klasterlar faoliyatini aglomerasion o‘sishga erishishi orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning 2027-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarda sanoat aglomerasiyalarini shakllanish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlarda shakllangan sanoat aglomerasiyalarida mahsulot ishlab chiqarishni rivojlanishining yuqori darajasini miqdoriy mezonlarini ishlab chiqarish hajmi (〖A1〗_x≥0.3;〖A1〗_y≥0.8), korxonalar soni (〖A3〗_x≥2,2 ;〖A3〗_y≥7,1), ishlovchilar soni (〖A4〗_x≥7,2;〖A4〗_y≥7,1) diapazonlari chegarasida baholash orqali guruhlash taklifi Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi VI-57-182-12-0-K/22-son “Kichik sanoat zonalarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 07-fevraldagi 15-451-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida respublika hududlarida amalga oshiriladigan sanoatni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini 4 toifaga ko‘ra o‘ziga xos rivojlantirish strategiyalarini belgilash imkoniyatini yaratilgan;
hududlarga sanoat korxonalarini joylashtirishda mijozlar va hamkorlar, ta’minotchilar va pudratchilarning mavjudligi hamda binolarning ijara xizmatlari va narxlari, ishchilar uchun qulaylik sanoat binolarining tarmoqning talabiga javob berishini investision loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha taklifi Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi VI-57-182-12-0-K/22-son “Kichik sanoat zonalarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 07-fevraldagi 15-451-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida Xorazm viloyati erkin iqtisodiy zonalari uchun qo‘shimcha imtiyozlar kiritish inobatga olingan va «Xazorasp» erkin iqtisodiy zonasiga jalb etilgan investisiyalar 2022-yilga nisbatan 2023-yilda 6,4 foizga oshirishiga erishilgan;
hududiy sanoat aglomerasiyalarining sanoatni barqaror rivojlanishini mintaqaviy darajadagi strategiyalar hamda hududiy sanoatni ixtisoslashuviga mutanosib rag‘batlantirishga ko‘ra rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha taklifi Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi VI-57-182-12-0-K/22-son “Kichik sanoat zonalarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 07-fevraldagi 15-451-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida O‘zbekiston hududlarida yangi tashkil etiladigan kichik sanoat zonalari uchun tabaqalashtirilgan imtiyozlar tizimidan foydalanish hamda hududiy sanoatni barqaror rivojlantirishni hududiy mutanosibligini ta’minlash amaliyoti kiritilishi belgilangan;
hududlarda erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, texnoparklar va klasterlar faoliyatini aglomerasion o‘sishga erishishi orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning 2027-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlaridan Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi VI-57-182-12-0-K/22-son “Kichik sanoat zonalarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 07-fevraldagi 15-451-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida O‘zbekiston hududlarida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalariga mahalliy sanoatni rivojlantirishning «drayver» bo‘lgan tarmoqlarini joylashtirish va ixtisoslashgan sanoat zonalarini tashkil qilish belgilangan.