Turaev Ozod Sunnatalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zaning UAK populyasiyasi asosida tola sifat belgilarini QTL kartalashtirish», 03.00.03–Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/V100.
Ilmiy rahbar: Adilova Azadaxan Teshabaevna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor, Boboev Sayfulla G‘afurovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zaning UAK (uyali assotsiativ kartalashtirish) populyasiyasini yaratish, tola sifat belgilarining lokuslarini molekulyar kartalashtirish va sifatli tolaga ega genotiplarni olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘za genomi uchun yuqori potensialga ega, keng genetik segregatsiyalangan UAK populyasiyasi yaratilgan;
g‘o‘zada tolaning pishiqligi belgisini nazorat qilishda ishtirok etuvchi NAU2140 hamda tola chiqimi belgisining boshqarilishida qatnashuvchi BNL1047, BNL4071 va NAU3325 QTL-lokuslari (DNK markerlari) genetik kartalashtirilgan;
UAK populyasiyasi ota-ona shakllarining filogenetik shajarasini aniqlash asosida ularning o‘zaro genetik yaqin yoki uzoqligi isbotlangan;
ilk bor UAK populyasiyasi namunalari ichidan tola pishiqligi va uzunligi belgilariga genetik birikkan BNL1604 DNK markerli genotiplar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zaning UAK populyasiyasidan foydalanib tola sifat belgilarini QTL kartalashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zaning UAK populyasiyasidan VA-FA-F-5-020 raqamli “G‘o‘za va bug‘doy UAK-populyasiyalarida QTL lokuslarini genetik kartalashtirish va ularning o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini aniqlash” mavzusidagi fundamental loyihasida g‘o‘zaning qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamlilik xususiyatlarini fenotipik va molekulyar jihatdan tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 15 martdagi 4/1255-665-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori segregatsiyaga ega kartalashtirish populyasiyasida qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamlilikni keng ko‘lamda baholash imkonini bergan;
UAK populyasiyasidan F5-T030 raqamli “Innovatsion biotexnologiyalarni rivojlantirish uchun ustuvor qishloq xo‘jaligi ekinlarining genomlarini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihasida g‘o‘zaning tola sifat belgilarini molekulyar kartalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 15 apreldagi 4/1255-888-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zada tola chiqimi va pishiqligi belgilarini boshqarishda ishtirok etuvchi QTL lokuslarini aniqlash imkonini bergan;
«Tafakkur» g‘o‘za navi va UAK populyasiyasi namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan «Genom texnologiyalari asosida yaratilgan noyob g‘o‘za va boshqa ekinlar genofondi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 apreldagi 4/1255-819-son ma’lumotnomasi). Namunalar g‘o‘za germoplazmasi kolleksiyasini boyitgan va MAS texnologiyasi orqali g‘o‘zada tola sifati, vilt va hashoratlarga chidamlilik belgilarini piramidalash asosida yangi liniyalar olish imkonini bergan.