Kurbanova Muxabbat Mamadjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xudoyberdi To‘xtaboev va Mark Tven romanlarining qiyosiy-tipologik tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2568.
Ilmiy rahbar: Ikromxonova Firuza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomli O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
    Rasmiy opponentlar: Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va AQSh nasridagi bolalarga mo‘ljallangan romanlarini qiyoslash misolida bolalar adabiyotining yaxlit tizim ekanligini ko‘rsatish, romanlardagi syujet, kompozisiya, obrazlarni shakllantirishda yozuvchilar qo‘llagan o‘zaro o‘xshash va individual jihatlarni ochib  berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va AQSh yozuvchilarining bolalarga bag‘ishlangan asarlari haqidagi badiiy usul va vositalarini o‘rganishga oid ilmiy-nazariy qarashlar aniqlanib, qiyoslangan ikki romanning qiyosi natijasida ijodiy individuallik, o‘xshashlik va badiiy mahorat masalalari ochib berilgan;
   Mark Tven va Xudoyberdi To‘xtaboev romanlaridagi o‘smirlar obrazini umuminsoniy tamoyil asosida solishtirma tahlili amalga oshirilib, o‘zbek bolalar adabiyotining globallashuv jarayonidagi uzoq yillar davomida tillarning muntazam boyib borishiga xizmat qilayotgan, millatlar va ellatlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va totuvlik siyosatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan asarlarning badiiy xususiyatlari ochib berilgan;
  “Sariq devni minib” va “Geklberri Finn sarguzashtlari” romanlarida poetik muammolar echimi yangicha tamoyillar asosida ochib berilib, Hoshimjon Ro‘ziev va Geklberri Finn obrazlari orqali o‘zbek va AQSh bolalari xarakterini ochish, ma’lum makondagi obrazlarning mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi, insonlar bo‘lib voyaga etishidagi badiiy-estetik funksiyalari isbotlangan;
yozuvchilarning ijtimoiy muammolarni badiiy ifodalashdagi muayyan makon va zamon kesimidagi poetikasiga oid xususiyatlarinig individual jihatlari aniqlanib, davr va inson kechinmalarining bir-biriga bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xudoyberdi To‘xtaboev va Mark Tven romanlarining qiyosiy-tipologik tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Hoshimjon Ro‘ziev va Geklberri Finn obrazlari orqali o‘zbek va AQSh bolalari xarakterini ochish, ma’lum makondagi obrazlarning badiiy-estetik funksiyalarini aniqlashga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2022-yillarga bajarilgan  PZ-2020042022-raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 30-yanvardagi 04/1-197-son ma’lumotnomasi). Natijada platforma o‘zbek va AQSh yozuvchilarining bolalarga bag‘ishlangan asarlari haqidagi ilmiy-nazariy qarashlar, “Sariq devni minib” va “Geklberri Finn sarguzashtlari” romanlarida poetik muammolar echimiga oid  materiallar bilan boyitilgan;
    o‘zbek va AQSh nasrining sarguzashtlilik xususiyati, romanlardagi yetakchi obrazlarning ruhiy-psixologik holati, Hoshimjon Ro‘ziev, Geklberri Finn obrazlari orqali o‘zbek va AQSh bolalari xarakterini ochish, ma’lum makondagi obrazlarning badiiy-estetik funksiyalarini aniqlashga doir  ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydanilgan (O‘zbekiston MTRKning 2023-yil 23-yanvardagi 06-28-121 ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va roliklarning mazmuni yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyib, ko‘rsatuvlar sifati oshdi;
    o‘zbek va AQSh yozuvchilarining bolalarga bag‘ishlangan asarlari haqidagi ilmiy-nazariy qarashlar; “Sariq devni minib” va “Geklberri Finn sarguzashtlari” romanlarida poetik muammolar echimining tahlili; Hoshimjon Ro‘ziev va Geklberri Finn obrazlari orqali o‘zbek va AQSh bolalari xarakterini ochish, ma’lum makondagi obrazlarning badiiy-estetik funksiyalarini aniqlashga oid ilmiy xulosalardan  O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Bolalar adabiyoti ijodiy kengashi hisobot dasturini tayyorlashda, yosh tarjimonlar to‘garagi va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o‘tgan adabiy kechalar, “mahorat darslari”da foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 16-yanvardagi  01-03/66-son ma’lumotnomasi). Natijada voqelikka badiiy-estetik baho berish, o‘zbek nasri namunalarini ingliz nasri bilan taqqoslash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish