Ro‘zibaeva Nigoraxon Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida antitezaning semantik va pragmatik xususiyatlari (T.S.Eliot va Cho‘lpon asarlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil993.
Ilmiy rahbar: Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tilidagi she’riy matnlarda qo‘llangan antitezaning struktur-semantik va pragmatik xususiyatlarini Abdulhamid Cho‘lpon va Tomas Eliot she’riy asarlari misolida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kontrast, zidlanish, qarama-qarshilik semalarini ifodalovchi til va nutq birliklari leksik darajada antonimlar, sintaktik darajada antiteza shaklida uchrashi ham ingliz, ham o‘zbek tiliga xosligi, o‘zbek tilida qo‘shma gaplar doirasida uchraydigan tazodning ingliz tilida uchramasligi bu lisoniy birliklarning mazkur tillardagi izomorfik va allomorfik xususiyatlarini ifodalashi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi she’riy matnlarda qo‘llanadigan antiteza morfologik jihatdan ot, sifat, ravish, fe’l va uning vazifadosh shakllari (sifatdosh, harakat nomi) kabi so‘z turkumlariga mansub antonimlar va inkor so‘z yasovchi qo‘shimchalar asosida yuzaga kelishi Abdulhamid Cho‘lpon va Tomas Eliot asarlaridagi antitezalar asosida dalillangan;
Abdulhamid Cho‘lpon va Tomas Eliot she’riyatida mualliflarning pragmatik intensiyalariga erishishda lisoniy vositalarning rolini ko‘rsatib berish orqali ingliz tilidagi she’riy matnlarda antiteza o‘zaro zidlanishga asoslangan so‘zlarning denotativ ma’nolari, o‘zbek tilida esa ko‘proq konnotativ ma’nolari asosida yuzaga kelishi aniqlangan;
ingliz tilidagi she’riy matnlarda muallifning pragmatik intensiyalariga erishish orqali o‘quvchining e’tiborini jalb etishda metafora, antiteza, metonimiya, alluziya kabi stilistik vositalar, o‘zbek she’riyatida esa metafora, antiteza, jonlantirish, kinoya, shuningdek, stilistik vositalar uyg‘unligi faol qo‘llanishi ingliz va o‘zbek tillaridagi she’riy matnlar orqali isbotlangan.
IV.Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida antitezaning semantik va pragmatik xususiyatlari (T.S.Eliot va Cho‘lpon asarlari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kontrast, zidlanish, qarama-qarshilik semalarini ifodalovchi til va nutq birliklari leksik darajada antonimlar, sintaktik darajada antiteza shaklida uchrashi ham ingliz, ham o‘zbek tiliga xosligi, o‘zbek tilida qo‘shma gaplar doirasida uchraydigan tazodning ingliz tilida uchramasligi bu lisoniy birliklarning mazkur tillardagi izomorfik va allomorfik xususiyatlarini ifodalashiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan F3-20191258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 yil 04 iyuldagi 0311-1303-son ma’lumotnomasi). Natijada, kontrast va zidlanishni ifodalovchi so‘z birikmalari aksariyat ot, sifat, ravish, fe’l va uning vazifadosh shakllari (sifatdosh, harakat nomi) kabi so‘z turkumlariga oid antonimlarga asoslanganligi loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasini yangi fikr-mulohazalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
ingliz she’riy matnlarda muallifning pragmatik intensiyalariga erishish orqali o‘quvchining e’tiborini jalb etishda metafora, antiteza, metonimiya, alluziya kabi stilistik vositalar, o‘zbek she’riyatida esa metafora, antiteza, jonlantirish, kinoya, shuningdek, stilistik vositalar uyg‘unligi faol qo‘llanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limining ish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 17 iyundagi 01-03/806-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdulhamid Cho‘lpon va Tomas Eliot she’riyatidagi antitezalar tarjimalarining qiyosiy tahlilida she’riy tarjimadagi antiteza stilistik vosita sifatida qaralib, boshqa asarlar tarjimasida qo‘llash uchun ilmiy-metodik manba bo‘lib xizmat qilishi ta’minlangan hamda she’riy matnlarning pragmatik tahlili ushbu ijodkorlar asarlarini tarjima qilishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi she’riy matnlarda qo‘llanadigan antiteza morfologik jihatdan ot, sifat, ravish, fe’l va uning vazifadosh shakllari (sifatdosh, harakat nomi) kabi so‘z turkumlariga mansub antonimlar va inkor so‘z yasovchi qo‘shimchalar asosida yuzaga kelishi Abdulhamid Cho‘lpon va Tomas Eliot she’riy asarlaridagi antitezalarning komponent tahlil qilish asosida dalillanganligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023 yillarda bajarilgan F3-20191258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 yil 04 iyuldagi 0311-1303-son ma’lumotnomasi Natijada zidlanishni ifodalovchi so‘z birikmalari aksariyat ot, sifat, ravish, fe’l va uning vazifadosh shakllari (sifatdosh, harakat nomi) kabi so‘z turkumlariga mansub antonimlar va inkor shaklda so‘z yasovchi qo‘shimchalar asosida yuzaga kelishi loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasini aniq xulosalar bilan boyishiga xizmat qilgan;
Abdulhamid Cho‘lpon va Tomas Eliot she’riyatida mualliflarning pragmatik intensiyalariga erishishda lisoniy vositalarning rolini ko‘rsatib berish orqali ingliz tilidagi she’riy matnlarda antitezada o‘zaro zidlanishga asoslangan so‘zlarning denonativ ma’nolari, o‘zbek tilida esa ko‘proq konnotativ ma’nolari asosida yuzaga kelishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib va tatbiq qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” dasturining 35-bandi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2022 yil 6 oktyabrdagi 03-12-13-4158-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dastur doirasida kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib va tatbiq qilish jarayonlarining saviyali amalga oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish