Ganieva Zumrat Abduxakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anacanthotermes avlodi termitlarining trofik aloqalari», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/B112.
Ilmiy rahbar: [Xamraev Aloviddin Shamsiddinovich], biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Kimsanboev Xujamurot Xamrakulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Anacanthotermes avlodi termitlari populyasiyalarining trofallaksis xususiyatlarini va ularning trofik aloqalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termitlarning yashash joylaridagi o‘simliklar tur tarkibi aniqlangan va ularning oziqlanish ixtisoslashuvi ochib berilgan;
termit uyalari trofik qatlamining biokimyoviy tarkibi va termitlar hayotidagi ahamiyati aniqlangan;
termitlarning ichak mikroflorasi va uni izdan chiqaruvchi «Ekonil» preparatining ta’siri aniqlangan;
ilk bor trofallaksis – o‘zaro oziqlantirish jarayonining turli yoshdagi ishchi termitlar va alohida tabaqalarning hayotchanligi va vazn o‘zgarishiga ta’siri isbotlangan;
turli yoshdagi ishchi termitlarning mustaqil oziqlanish darajasi hamda ularning turli tabaqa va turli yoshdagi ishchi termitlarni oziqlantirish usullari, intinsivligi asoslangan;
Beauveriatenella zamburug‘i misolida termitlarning trofallaksis zanjirida entomopatogenlar bilan zararlanishi yo‘llari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Anacanthotermes avlodi termitlarining trofik aloqalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholi uy-joylari, strategik ob’ektlar, madaniy-tarixiy yodgorliklar va tabiiy ochiq er maydonlarida termitlarga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar «O‘zagrokimyohimoya» AJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zagrokimyohimoya” AJning 2018 yil 1 maydagi 02-13/863-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikada aholi uy joylari va tabiiy ochiq er maydonlarida termitlarga qarshi kurashish hamda ularning tarqalishini oldini olish imkonini bergan;
hasharotlarda hazm tizimini izdan chiqaruvchi Ekonil 4% k.e. va Regent 20% s.k. kimyoviy preparatlarini standart em-xo‘rakning tarkibiga singdirilgan holda, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududida termitlarga qarshi kurashish bo‘yicha amaliyotga joriy qilingan (“O‘zagrokimyohimoya” AJning 2018 yil 1 maydagi 02-13/863-son ma’lumotnomasi). Natijada termitlarga qarshi Ekonil 4% e.k. - 98,8% va Regent 20% s.k. preparati - 96,0% biologik samaradorlikni namoyon etib, termitlar sonini cheklash imkonini bergan;
oziqa substrati sifatida namlantirilgan gofreli kartondan ishlangan yangi em-xo‘rak namunasi Xorazm viloyati Xiva tumani hududidagi termitlarning tabiiy yashash zonalarida ularning tarqalishini oldini olish va qarshi kurashish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 18 maydagi 4/1255-1297-son ma’lumotnomasi). Natijada ochiq er maydonlarida termitlar soni keskin kamayib, ularning antropogen hududlarga migratsiya qilish jarayonini to‘xtatish imkonini bergan.