Ayubov Mirzakamol Sobitjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Transgenomika, to‘qima kul`turasi, biotexnologiya va navlarni takomillashtirish: yangi sintetik oligonukleotidlar yordamida g‘o‘za PHYB geni RNK interferensiyasi», 03.00.14–Genomika, proteomika va bioinformatika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/V175.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Ibroxim Yulchievich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Turdikulova Shaxloxon Utkurovna, biologiya fanlari doktori; Sanamyan Marina Feliksovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za PHYB geni funksiyasini sintetik oligonukleotid duplekslari yordamida RNK-interferensiyalash va qator takomillashgan biotexnologik genotiplar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘o‘zada PHYB geni asosida sintetik duplekslar sintezlangan;
ilk bor ushbu sintetik duplekslar asosida RNKi vektor konstruksiya yaratilgan;
ilk bor in planta va in vitro usullari qo‘llanilib, A.taliana va G.hirsutum L. (Koker-312) o‘simliklari to‘qimasiga pSynB RNAi vektor konstruksiyasi transformatsiya qilingan;
ilk bor somatik embriogenez yordamida pSynB RNAi regenerant o‘simliklari yaratilgan;
vektor konstruksiyaning o‘simlik to‘qimasiga transformatsiyasi o‘simlikning gullash va tola mikroneyri ko‘rsatkichlariga ta’siri hamda vektor konstruksiyani amplifikatsiya qiluvchi maxsus praymerlar bilan amalga oshirilgan polimeraza zanjir reaksiyasi yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Transgenomika, to‘qima kul`turasi, biotexnologiya va navlarni takomillashtirish, yangi sintetik oligonukleotidlar yordamida g‘o‘za PHYB geni RNK interferensiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qima kul`turasi va biotexnologiyani takomillashtirish natijalari “To‘q-sariq rangli shirin kartoshka tarkibidagi beta karotin miqdorini oshirish” mavzusidagi loyihasida beta karotin miqdorini oshiruvchi genetik konstruksiya dizayn qilish maqsadida foydalanilgan (Nigeriya Qurg‘oqchil erlar qishloq xo‘jaligi markaziga qarashli Baero universitetining 2018 yil 5 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada shirin kartoshka tarkibidagi beta karotin miqdorini oshirish imkonini bergan;
transgenomika va navlarni takomillashtirish natijalari USDA/NIFA#ALAX-011-CBG2116 “Stress va optimal sharoitlardagi g‘o‘za genotiplarining PHYB genlarini tekshirish” mavzusidagi loyihasida noqulay sharoitlarga chidamlilikni nazorat qiluvchi genlarni aniqlashda foydalanilgan (Biologiya va atrof-muhit fanlari departamentining (AQSh) 2018 yil 6 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada stressli va optimal sharoitlardagi g‘o‘za genotiplarida PHYB genlarini skrining qilish imkonini bergan;
biotexnologiya va navlarni takomillashtirish natijalari “FA-F10-T92 G‘o‘za genlari uchun mo‘ljallangan sintetik RNKi duplekslar asosida binar genetik vektorlardan foydalangan holda, yuqori sifatli transgen g‘o‘za liniyalarini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasida fuzarioz viltga chidamlilikni boshqaruvchi genlar uchun genetik konstruksiyalar tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 18 maydagi 4/1255-1302-son ma’lumotnomasi). Natijada fuzarioz viltga chidamlilik beruvchi Fostua va Lae genlarining sintetik konstruksiyalari ishlab chiqish imkonini bergan;
SynB RNAi liniyalari va ularning mahalliy navlar bilan olingan duragaylari respublikada yetakchi bo‘lgan “Genom texnologiyalari asosida yaratilgan noyob g‘o‘za va boshqa ekinlar genofondi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 1 iyundagi 4/1256-1486-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu namunalar g‘o‘za kolleksiyasini boyitish va genetik xilma-xillikni oshirish imkonini bergan.