To‘xtaeva Xabiba Toshevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy suv manbalaridan ratsional foydalanish asosida cho‘llanishga qarshi kurash (Markaziy Qizilqum misolida)», 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/G44.
Ilmiy rahbar: Sabitova Naila Ismailovna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Chembarisov El`mir Ismailovich, geografiya fanlari doktori; Nazarov Abdug‘affor Abdujabborich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqumda cho‘llanishga qarshi kurashishda mahalliy suv manbalaridan ratsional foydalanish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Qizilqumda atmosfera yog‘inlarining hududiy taqsimlanishi va vaqtincha oqar suvlar hajmi asosida vaqtincha oqar suvlar yig‘iluvchi havzalar aniqlangan va rayonlashtirish xaritasi yaratilgan;
cho‘l sharoitida atmosfera yog‘inlarini yig‘ish (ochiq suv havzalari va suv omborlari), saqlash (ochiq va yopiq gidrotexnik inshootlar) va oqilona foydalanishni (sug‘orish va suv bilan ta’minlash) havza elementlarini shakllanishi, tranzit va akkumulyasiya zonalarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
ilk bor Markaziy Qizilqumdagi vaqtincha oqar suv havzalari asosida oqim hosil bo‘lmaydigan, bir taraflama qiyalik asosida vaqtincha oqim hosil bo‘ladigan va ikki taraflama qiyalik asosida oqim hosil bo‘ladigan rayonlar ajratilgan;
cho‘llanishni oldini olish maqsadida suv manbalari mavjud hududlarda sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish uchun sug‘orishning lokal va liman tizimlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Qizilqumda mahalliy suv manbalaridan ratsional foydalanish asosida cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Markaziy Qizilqumda shakllanadigan vaqtincha oqar suvlarning hajmi, ularning shakllanishi va yig‘ilishini tasvirlovchi xaritalar Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2018 yil 9 martdagi 01-03-105/3-son ma’lumotnomasi). Natijada Konimex tumanida yangi erlarni sug‘orish imkonini bergan;
Markaziy Qizilqumda atmosfera yog‘inlarini yig‘ish, saqlash va er-suv zahiralaridan oqilona foydalanishning takomillashtirilgan usullari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 12 martdagi 03-03/2-1716-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy aholining ekologik muhitini yaxshilash va sifatli toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini bergan.
Markaziy Qizilqumdagi vaqtincha oqar suvlar yig‘iluvchi havzalarni rayonlashtirish xaritasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining
2018 yil 12 martdagi 03-03/2-1716-son ma’lumotnomasi). Natijada Qizilqum geotizimlarining chegaralari aniqligini oshirish imkonini bergan;
Cho‘l hududida sug‘orma dehqonchilik qilish uchun yaroqli bo‘lgan erlarda lokal va liman sug‘orish tizimlarining takomillashtirilgan usullari Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2018 yil 9 martdagi 01-03-105/3-son ma’lumotnomasi). Natijada Konimex tumani “Qariqata” shirkat xo‘jaligida 10 gektar erda sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish imkonini bergan.