Sultanov Murodjon Kilichovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyati tuproqlari sho‘rlanishini tadqiq qilishning zamonaviy geografik metodlari», 11.00.01–Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/G15.
Ilmiy rahbar: Safarov Eshkobul Yuldashevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06.
Rasmiy opponentlar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Abdullaev Ilxom Xatamovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasi tuproqlari meliorativ holatini zamonaviy geografik metodlarni qo‘llash asosida yaxshilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasida qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishning optimal davri, sug‘orish muddati va miqdorini belgilash ob-havo ma’lumotlarini hisoblash natijasida asoslangan;
tuproqlar sho‘rlanishini aerokosmik va spektral ma’lumotlar, vegetatsiya indekslari, o‘simlik indikatorlari, empirik ma’lumotlar va dala tajribalari asosida aniqlash metodi takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jalik ekin turlari joylashuvini aniqlash va monitoringini olib borishning aerokosmik metodi takomillashtirilgan;
Xorazm vohasi tabiiy sharoiti, agroekologik omillari va ularning tuproqlar sho‘rlanishini hududiy xususiyatlari bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik koeffisientlari aniqlangan va ularni aks ettiruvchi xaritalari ishlab chiqilgan;
tuproqlar sho‘rlanish jarayoni, davriy va hududiy xususiyatlarini matematik-kartografik modellashtirish natijalari bo‘yicha monitoringini olib borish algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyati tuproq sho‘rlanishini zamonaviy metodlar bilan tahlil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
voha sug‘oriladigan erlarida ekinlar rivojlanishining optimal muddatini hisoblash va sug‘orish rejimini belgilash «Amudaryochapqirg‘oq» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 29 dekabrdagi
04/32-1401-son ma’lumotnomasi). Natijada ekin ekishning optimal davri
aniqlanib, engil, o‘rta va og‘ir qumoq tuproqlarda g‘o‘zani suvga bo‘lgan talabi (6000-8500 m3/ga) aniqlangan va suv resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini bergan;
tuproqlar sho‘rlanishini aniqlashning zamonaviy metodlaridan foydalanish Xorazm meliorativ ekspedisiyasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 29 dekabrdagi 04/32-1401-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash erlarning meliorativ holatini tezkor baholash imkonini bergan;
ekin turlarini zamonaviy metodlar asosida aniqlash, xaritaga olish va monitoring qilish bo‘yicha takomillashtirilgan aekrokosmik metod «Davergeodezkatastr» tashkilotlari amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2017 yil 22 noyabrdagi 02-05-9755-son ma’lumotnomasi). Ekin turlari joylashuvini monitoringi ilmiy ishlanmalari, ekinlarning suvga bo‘lgan talabini hisoblash va resurslardan samarali foydalanishda xizmat qilgan;
Xorazm viloyati tabiiy sharoiti va agroekologik omillarning tuproqlar sho‘rlanishi bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik koeffisentlari asosida ishlab chiqilgan xaritalar qishloq va suv xo‘jaligi amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining
2017 yil 29 dekabrdagi 04/32-1401-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar tuproqlar sho‘rlanishi va unumdorlik potensialini aniqlash hamda hududiy baholashga imkon bergan;
tuproqlar sho‘rlanish jarayoni, davriy va hududiy xususiyatlarini matematik-kartografik modellashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy ishlanma Xorazm meliorativ ekspedisiyasi tomonidan GAT texnologiyasi asosida tuproqlar sho‘rlanishi xaritalarini yaratishda foydalanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 29 dekabrdagi 04/32-1401-son ma’lumotnomasi). Aerokosmik tadqiqotlar erlarning meliortiv holatini yanada yaxshilash imkoniyatini yaratadi.