Tleumuratova Bibigul` Saribaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi ekotizimidagi transformatsiyalarning tuproq-iqlim sharoitlarga ta’sirini matematik modellashtirish», 11.00.04–Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/FM47.
Ilmiy maslahatchi: Arushanov Mixail L`vovich, geografiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27.06.2017.G.47.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev A’lo Kayumxodjaevich, geografiya fanlari doktori; Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor; Uteuliev Nietbay, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi ekotizimi transformatsiyalarining mintaqaviy iqlim va tuproqlarning sho‘rlanishiga ta’siri dinamikasini aniqlash hamda matematik modellashtirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq murakkab ekologik-meteorologik jarayonlar(MEMJ)ning oddiy evolyusion jarayonlarning tezliklaridan farqlanishi, dinamikasining nochiziqligi, jarayonlar orasidagi siklik rekursiv bog‘liqliklarning mavjudligi va maydon-vaqt o‘lchamlarining keng diapazonda o‘zgarishi kabi xususiyatlari aniqlangan;
ekologik va iqlimiy o‘zgarishlar dinamikasini baholash uchun murakkab ekologik-meteorologik jarayonlarni modellashtirish usullari modellash jarayoniga informatsion-statistik va boshqaruvchi bloklarni va ma’lumotlar relyativ bazasini tashkillashtirish bosqichlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
mintaqa miqyosida ekologik transformatsiyalarning tuproq-iqlim sharoitlariga ta’sirini imitatsiyalovchi MIDACS modeli ishlab chiqilgan;
dengizning qurigan tubida tuzlarning to‘planishi va tuzlar ko‘chishining iqlimiy ko‘rsatkichlarga (havo harorati, nisbiy namlik, yog‘inlarning yillik miqdori va mineralizatsiyasiga) ta’siri aniqlangan;
Orolbo‘yi tuproq-iqlim sharoitlarining ekologik transformatsiya shaklidagi o‘zgarishining 2030 yilgacha prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ekologik transformatsiyalar va ularning tuproq-iqlim sharoitlariga ta’siri bo‘yicha olib borilgan dissertatsiya tadqiqotlari natijalari asosida:
MEMJ modellashtirish natijalari sifatidagi o‘simlik qoplamining tuproqlarning sho‘rlanishiga ta’sirining miqdoriy baholari va o‘simliklarning qoplanishiga bog‘liq ravishda bufer ta’siri regressiya tenglamalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 27 noyabrdagi 03/04-1648-son ma’lumotnomasi). Natijada umumdavlat dasturlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy xususiyatlariga moslashtirish imkonini bergan;
Orol dengizining qurigan tubidan tuzlarning ko‘chishining va tuproq-iqlimiy sharoitlari o‘zgarishlarining prognoz baholashlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 27 noyabrdagi 03/04-1648-son ma’lumotnomasi). Natijada prognoz baholashlardan foydalanish erlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha uzoq muddatli va o‘rta muddatli tadbirlar rejalariga o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
MIDACS makromodelining Janubiy Orolbo‘yida ekologik-iqlimiy o‘zgarishlarning fazoviy va vaqt bo‘yicha tarqalishi bo‘yicha natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan mintaqaning tabiiy muhiti holati va potensialini o‘rta muddatli prognozlash uchun foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat ko‘mitasining 2018 yil 11 yanvardagi TX-01/01-1-39-son ma’lumotnomasi). Natijada atrof muhit monitoringini kuchaytirish zarur bo‘lgan tumanlarni aniqlash hamda Qoraqolpog‘iston tabiiy muhiti holatini va potensialini aniq baholash imkonini bergan;
Orol dengizining qurigan tubidan tuzlarning ko‘chishi aerodinamikasini modellashtirishning natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat ko‘mitasining 2018 yil 11 yanvardagi TX-01/01-1-39-son ma’lumotnomasi). Natijada tuz ko‘chishidan himoyalash bo‘yicha loyihalarga tuzatishlar kiritish va Orol dengizi qurigan tubida o‘rmonlar yaratish bo‘yicha loyihalarni ilmiy asoslash imkonini bergan.