Maxmudov Saidjamol Kadirjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy instrumentlarning hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt503.
Ilmiy maslahatchi: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov  Bahodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismanov Ibrohim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ochilov Ilyos Keldiyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi moliyaviy instrumentlar hisobi va uning auditini tashkil etish uslubiyatini takomillashtirish hamda rivojlantirish istiqbollari yuzasidan takliflar berish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy instrumentlar bo‘yicha dividend, foiz yoki ulush olish hisobini yuritish uchun hisob siyosatida 5810-“Qimmatli qog‘ozlar” schyotda 5811-“Dividendlar hisobi”, 5812-“Foiz va ulushlar hisobi”  ishchi schyotlarini qo‘llash tartibi taklif qilingan;
MHXS 7-“Moliyaviy instrumentlar: ma'lumotlarni ochib berish” standarti moliyaviy yoki ulushli instrumentlarni hisoblashda yuzaga keladigan  shartnomaviy majburiyatlarni tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
moliyaviy operatsiyalarda pul oqimini diskontlash orqali auditorlik tekshiruvlarini optimallashtirish hamda audit risklarini kamaytirish asoslangan;
qimmatli qog‘ozlar auditida ichki audit standartlari amaliyotidan  foydalanish natijasida tashqi audit jarayonini tashkil etishning mehnat va vaqt sarfini optimallashtirish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy instrumentlar bo‘yicha investisiyalar samaradorligini baholashning istiqbolli tahlili asosida kelgusidagi rivojlanishning 2028 yilgacha prognozi taklif qilingan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliyaviy instrumentlarni tan olish, ularning buxgalteriya hisobini tashkil etish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish, ular faoliyatini auditi metodologiyasining takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy instrumentlar bo‘yicha dividend, foiz yoki ulush olish tartibi va uning hisobini takomillashtirish bo‘yicha takliflar «UzAuto Motors» va «Uz-SaeMyung Co» AJ qo‘shma korxonalari tomonidan moliyaviy instrument ob'ektlarini, ayniqsa dividend, foiz yoki ulush olish tartibi va uning hisobi buxgalteriya hisobiga oid uslubiy ko‘rsatmalarni takomillashtirishda foydalanish uchun amaliyotga joriy qilingan («UzAuto Motors» AJ qo‘shma korxonasining 2022-yil 5-apreldagi 5-sonli va «Uz-SaeMyung Co» AJ qo‘shma korxonasining 2019-yil 22-fevraldagi 1-son ma'lumotnomalari). Taklifni joriy qilinishi natijasida bo‘yicha 2022-yilda qo‘shma korxonada moliyaviy instrumentlar bo‘yicha 2,845 trln so‘m hajmda pul mablag‘i 5810-“Qimmatli qog‘ozlar” schyotda 5811-“Dividendlar hisobi”, 5812-“Foiz va ulushlar hisobi” ishchi schyotlarga qayta hisoblandi hamda dividend, foiz yoki ulush olish hisobini umumqabul qilingan normalarga muvofiqlashtirishga erishildi;
MHXS 7-“Moliyaviy instrumentlar: ma'lumotlarni ochib berish” standarti moliyaviy yoki ulushli instrumentlarni hisoblashda yuzaga keladigan  shartnomaviy majburiyatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflari «Uz-SaeMyung Co» va «UzAuto Motors» AJ qo‘shma korxonalarida ichki audit standartlarini ishlab chiqish va ularni amalda sinab ko‘rish va boshqa sub'ektlar faoliyati auditi uchun joriy etish imkoniyatini bergan (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2020- yil 15-iyundagi 24-son, «Uz-SaeMyung Co» va «UzAuto Motors» AJ qo‘shma korxonasining 2019-yil 22-fevraldagi 1-son ma'lumotnomasi). Natijada 2024-yilning 1-yanvaridan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning yillik moliyaviy hisobotlarini tuzish MHXS 7-“Moliyaviy instrumentlar: ma'lumotlarni ochib berish” standartida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga pul mablag‘lari, moliyaviy aktivlar qo‘yish, boshqa kompaniya va firmalar bilan moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatlarni ayirboshlash; ulushli instrumentlar bilan hisob-kitob qilinadigan yoki qilinishi mumkin bo‘lgan shartnomalar tuzish, ma'lum muddatlarda, shartlarda va boshqa shakllarda ikki tomonlama tuziladigan shartnomaviy majburiyat ekanligi qoidalari asosida taqdim etiladi. Aksiyadorlik jamiyat faoliyatidagi shaffoflikni ta'minlash hamda ichki imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, qo‘shma korxonaga 2022-yil qo‘shimcha 465,0 mln. so‘m hajmda investisiyalarni jalb qilish, innovatsion mahsulotlar hajmini oshirish hamda moliyaviy holat ko‘rcatkichlarini 22,0 foizga yaxshilash imkonini bergan;
To‘liq auditorlik tekshiruvlarini optimallashtirish va audit risklarini kamaytirishda diskontlangan pul oqimini hisoblash variantidan foydalanish qimmatli qog‘ozlarning tashqi auditida auditorlik rejasi, auditda tanlash, auditorlik amallari standartlari bo‘yicha auditni rejalashtirish va tasodifiy tanlashning optimal variantida o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘lanishni boshqarish usuli O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan tashqi audit jarayonining tashkiliy masalalarini ishlab chiqish, uni rejalashtirish va dasturini tuzishdan boshlab, auditorlik xulosasini shakllantirishga qadar bo‘lgan auditini tashkil etish amaliyoti bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2020-yil 15- iyundagi 24-son ma'lumotnoma). Natijada ishlab chiqish va emitentlar faoliyatida qo‘llash yo‘llari taklif qilingan; Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi aksiyadorlik jamiyati buxgalterlari tomonidan moliyaviy instrumentlarni hisobga olish, schyotlar rejasi va ular bo‘yicha beriladigan provodkalar ketma-ketligi qo‘llanishi natijasida moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga transformatsiya qilish vaqti va unga sarflanadigan ish vaqtini 25 foizga tejash imkonini bergan;
qimmatli qog‘ozlar auditida ichki audit standartlari amaliyotidan  foydalanish natijasida tashqi audit jarayonidagi mehnat va vaqt sarfini optimallashtirish takliflari O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan buxgalteriya hisobiga oid uslubiy ko‘rsatmalarni takomillashtirishda va moliyaviy instrumentlarni tan olish, ularni buxgalteriya hisobini tashkil etish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish, ular faoliyati auditini tashkil etishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2020-yil 15-iyundagi 24-son ma'lumotnoma). Taklifni joriy qilinishi natijasida xalqaro amaliyotga mos keladigan standartlarni qo‘llanilishi har yili auditdan o‘tkazish jarayoniga 10 kundan 15 kungacha ortiqcha vaqt sarflanishining oldini oladi va buxgalterlarning ish vaqtidan unumli foydalanish imkoniyati yaratilgan.
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy instrumentlar bo‘yicha investisiyalar samaradorligini baholashning istiqbolli tahlili asosida kelgusidagi rivojlanishning 2028- yilgacha prognozi «UzAuto Motors» va «Uz-SaeMyung Co»  aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini baholashda qo‘llanilgan. (“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 3- martdagi 17-03-04/44-son va «Uz-SaeMyung Co» AJ qo‘shma korxonasining 2019-yil 22- fevraldagi 1-son ma'lumotnomalari). Natijada moliyaviy instrumentlar bo‘yicha investorda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga transformatsiya qilish vaqti va unga sarflanadigan ish vaqtini 30 foizga tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish