Mamaraxmonov Muxamatdin Xomidovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pirimidin va ferrotsenning ayrim hosilalarini kvant kimyoviy o‘rganish va kimyoviy tarkibiga ko‘ra sinflash», 02.00.09–Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/K65.

Ilmiy rahbar: Asqarov Ibroxim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01.

Rasmiy opponentlar: Madixonov Ne’matjon, kimyo fanlari doktori, professor; Abdug‘aniev Baxtiyor Yormuxammadovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: pirimidin va ferrotsen ayrim hosilalarining elektron tuzilishi, ko‘pyoqlama reaksion qobiliyati, reaksiya mexanizmlarini isbotlash va ferrotsenning ayrim biologik faol hosilalari sintezini amalga oshirish hamda ularni kimyoviy tarkibi asosida sinflashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor 2-,6-almashingan pirimidin-4-onlarning tuzilishi, tautomeriyasi, energetikasi, elektron tuzilishi, ko‘pyoqlama reaksion qobiliyati aniqlangan;

2-okso(tiokso)tieno[2,3-d]pirimidin-4-on va ularning tienopirimidin xalqasiga b tomondan kondensirlangan analoglarining elektron tuzilishi va metil guruhining nitro guruhga ipso-almashinish reaksiyalari mexanizmlari isbotlangan;

ferrotsenning izomer aminofenollar va aminobenzoy kislotalar bilan arillash reaksiyasi nazariy unumi va amaliy natijalari o‘rtasidagi o‘zaro moslik kvant-kimyoviy hisoblar orqali isbotlangan;

para-ferrotsenilfenol va 1,1`-bis(4-gidroksifenil)- ferrotsenlarning selektiv sintez usullari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zamonaviy kvant-kimyoviy usullarni qo‘llash orqali pirimidin va ferrotsen ayrim hosilalarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

aromatik tabiatli pirimidin va ferrotsen ayrim hosilalarining elektron tuzilishi, reaksion qobiliyatini aniqlashning ekologik zararsiz, nazariy tezkor uslubi bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 11-maydagi 05/16-05154-son ma’lumotnomasi). Natijada kimyoviy reagentlar va erituvchilar uchun sarf etiladigan moddiy harajatlarni tejash imkonini bergan;

tashqi iqtisodiy faoliyatda tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha ayrim pirimidin hosilalari uchun 2933 59 950 1 kod raqami, ferrotsenning geteroaromatik hosilalari uchun 2942 00 000 3 kod raqami bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 11-maydagi 05/16-05154-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tovar kodlari pirimidin va ferrotsenning ayrim biologik faol birikmalarini sinflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish