Eshpo‘latov Komil Abdisalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy iqtisodiyotda mehnat bozori va kasbiy ta’lim uzviyligini ta’minlashni takomillashtirish», 08.00.10–Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Iqt119.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Odil Kalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.28.12.2017.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xayitov Abdumannon Buxarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim muassasalari bitiruvchilarining kasbiy mehnat bozoridagi raqobatdoshligi darajasini oshirish yuzasidan ilmiy-metodologik tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ta’limni mehnat bozori talablari asosida ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlagan holda rivojlantirish, kasbiy ta’lim tizimidagi ta’lim yo‘nalishlari va kasbiy ta’lim ixtisosliklarini iqtisodiyotdagi jadal yangilanishlar va o‘zgarishlarga mos ravishda takomillashtirib borishni nazarda tutgan holda aniqliklar kiritildi;
butun umr davomida ta’lim olish konsepsiyasi bo‘yicha maktabgacha, umumiy va kasbiy ta’lim uzviyligini ta’minlashning ilmiy-metodologik asoslari maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning kasbiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishni o‘yinlar orqali amalga oshirish, umumta’lim maktablarida umumta’lim fanlarini kasblarga bog‘lagan holda o‘qitish, kasbiy ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg‘un holda olib borish, mehnat bozoridagi raqobatbardoshliklarini yanada oshirishlari – turdosh va qo‘shimcha kasblarni egallashlari, amaliy ko‘nikmalarini puxtalashtirishlari, mehnat mobilligiga ega bo‘lishlari asosida takomillashtirildi;
kasbiy ta’lim muassasalarida talabalarning ishlab chiqarishda qisman band bo‘lishlari bilan ularni an’anaviy ta’lim tizimida to‘liq yuklamasiz o‘qitish, qo‘shib olib boriladigan ta’lim dasturlarini amalga oshirishni nazarda tutadigan ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi;
“inson kapitali”ni boyitishga xizmat qiladigan o‘quvchi-talabalarda ijodiy tafakkur salohiyatini rivojlantirish, ular tomonidan axborotlarni mustaqil topish va tahlil etishga o‘rgatish, ta’lim jarayonining tashkilotchisi degan yondashuvni nazarda tutadigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayoniga joriy etish modellari taklif etildi;
ta’lim dasturlari va o‘quv rejalari fan-texnika taraqqiyoti va milliy ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishining istiqbollarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishi zarurligi ilmiy jihatdan asoslandi;
kasbiy ta’limda milliy iqtisodiyotning kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlari monitoringini yo‘lga qo‘yish, mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlari va mazkur jarayonni maqbullashtirish bo‘yicha metodologik yondashuvlar takomillashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy iqtisodiyotda mehnat bozori va kasbiy ta’lim uzviyligini ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha bo‘yicha xulosalar asosida:
kasbiy ta’limda milliy iqtisodiyotning kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlari monitoringini yo‘lga qo‘yish, mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlari va mazkur jarayonni maqbullashtirilishida metodologik yondashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-son “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 22 dekabrdagi MX-01/05-221-son ma’lumotnomasi). Natijada 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshirish hamda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshirish belgilandi. Bu esa davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanish imkonini bergan.
mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda “ta’lim muassasasi – mehnat bozori – ishlab chiqarish” ijtimoiy sherikligini takomillashtirish vazifalari “Kasb-hunar kollejlarining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 22 dekabrdagi MX-01/05-221-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining maqsadli parametrlariga va mehnat bozori prognoziga muvofiq, kadrlarga bo‘lgan mavjud real ehtiyojni inobatga olib kasb-hunar kollejlarini tarmoq bo‘ysunuvi asosida tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar tasarrufiga o‘tkazish va alohida mutaxassisliklar (kasblar)ga ehtiyoj va talab past bo‘lgan kasb-hunar kollejlari umumiy sonini optimallashtirgan holda ularni qisman qayta tashkil etish amalga oshiriladi. Bu esa davlat byudjeti mablag‘lari ortiqcha sarflanishini oldini olgan.
kasbiy ta’lim muassasalarida “dual` tizim”ni amaliyotga joriy etish konsepsiyasi “O‘zbekiston Respublikasida kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizom” loyihasini hamda “Kasb-hunar kollejlariga qabul kvotalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom” loyihasini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 22 dekabrdagi MX-01/05-221-son ma’lumotnomasi). Natijada kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash pulli-kontrakt o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, vazirliklar va idoralarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi davlat byudjetiga engillik yaratgan.
“inson kapitali”ni boyitishga xizmat qiladigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayoniga joriy etish modellari kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog kadrlari malakasini oshirishi va ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish, pedagog kadrlari malakasini oshirishi va ularni qayta tayyorlash tizimini boshqarishning yangi vertikalini tashkil etishda foydalanilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 22 dekabrdagi MX-01/05-221-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo‘lgan va mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o‘stirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo‘llab kasb-hunar ta’limi va ishlab chiqarishning o‘zaro yaqin hamkorligini ta’minlash amalga oshirilgan.