Avazova Taxmina Axtamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qon sitokin profil ko‘rsatkichlari asosida metabolik sindrom farmakoterapiyasini optimallashtirish» 14.00.05 - ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2667.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiet universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zayniddin Sayfiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiet instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organizm immun tizimi va metabolik o‘zgarishlar klasterining shakllanishi xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish va metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda ursodezoksixol kislotasining samaradorligini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarkand viloyati hududida yashovchi metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlar tana vazni indeksining oshishi yallig‘lanishga xos sitokinlar IL-6, IL-17 va leptin ko‘rsatkichlarining miqdorlari keskin ortishiga olib kelishi aniqlangan;
metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda och qoringa glikemiya va glyukoza yuklamasidan keyin 2 soat o‘tgach glikemiya darajasi, yallig‘lanishga xos sitokinlar IL-6, IL-17 ishlab chiqarilishining ko‘payishi o‘rtasida to‘g‘ri proporsional ijobiy korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor adipotsitokin – leptin darajasining metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlar jinsi, yoshi, kasalligining davomiyligi va tana vazni o‘rtasidagi bog‘liqliklar aniklangan;
ilk bor ursodezoksixol kislotasining metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlar lipid almashinuvining barcha ko‘rsatkichlari va yallig‘lanishga xos sitokinlar darajasiga ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand shahar 4-son oilaviy poliklinisida 2023 yil 4 dekabrdagi 564-7-107-DOP/2023-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 6-son oilaviy poliklinikasida 2023 yil 30 noyabrdagi 954-12-178-TV/2023-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan.
birinchi ilmiy yangilik: Ilk bor Samarkand viloyati hududida yashovchi metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlar tana vazni indeksining oshishi yallig‘lanishga xos sitokinlar IL-6, IL-17 va leptin ko‘rsatkichlarining miqdorlari keskin ortishiga olib kelishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 4-son oilaviy poliklinisida 2023 yil 4 dekabrdagi 564-7-107-DOP/2023-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 6-son oilaviy poliklinikasiga 2023 yil 30 noyabrdagi 954-12-178-TV/2023-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tana vazni indeksining oshishi va sitokinlarning miqdorlari keskin ortishi o‘rtasidagi o‘rnatilgan munosabatlar diabet, yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish va davolash bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va semirishga qarshi kurashish bo‘yicha jamiyat va hukumat dasturlarini rag‘batlantirishi mumkin, bu esa sog‘liqni saqlash tizimidagi yukni kamaytirishi va hayot sifatini yaxshilashi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bu bog‘liqlikni anglash semirish va uning yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va uning asoratlarini davolash xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha dastur va strategiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi. Aholining sog‘lom bo‘lishi shifokorlarga murojaat qilish, kasalxonaga yotqizish va dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishi mumkin, pirovardida sog‘liqni saqlash tizimida mablag‘lar tejaladi. Shuningdek, sog‘lomlar orasida mehnat unumdorligini oshirish, kasallik kunlarini qisqartirish va ish qobiliyatini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikga erishiladi. Xulosa: Metabolik sindromni kompleks davolanishida 1 kunlik dorilari uchun sarflangan so‘mmadan urtacha 15 000 so‘m tejalsa, 1 oyda o‘rtacha 450 000 so‘m xarajatlar tejalishiga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Och qoringa glikemiya va glyukoza yuklamasidan keyin 2 soat o‘tgach glikemiya darajasi, yallig‘lanishga xos sitokinlar IL-6, IL-17 ishlab chiqarilishining ko‘payishi o‘rtasida to‘g‘ri proporsional ijobiy korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 4- son oilaviy poliklinisida 2023 yil 4 dekabrdagi 564-7-107-DOP/2023-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 6-son oilaviy poliklinikasida 2023 yil 30 noyabrdagi 954-12-178-TV/2023-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Korrelyasion bog‘liqlikligini tushunish diabet va metabolik sindrom mexanizmlarini yaxshiroq anglashga yordam beradi. Tadkikotlarda olingan ushbu ma’lumotlar metabolik sindromning oldini olish va boshqarishga qaratilgan ta’lim dasturlari va ko‘rsatmalarini ishlab chiqishda foydalaniladi, bu esa kasallikni kamaytirish va aholi salomatligini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Och qoringa glikemiya va glyukoza yuklamasidan keyin glikemiya darajasi bilan sitokinlar darajasi o‘rtasidagi o‘rnatilgan ijobiy korrelyasiyaning iqtisodiy samaradorligi tibbiy yordam samaradorligini oshirish va metabolik sindromni davolash xarajatlarini kamaytirishda namoyon bo‘ladi. Ushbu korrelyasiyani tushunish xavf guruhlarini aniqlashga va maqsadli profilaktika choralarini amalga oshirishga yordam beradi, natijada diabet va uning asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytiradi. Bundan tashqari, mehnat unumdorligini oshirishga va nogironlik xarajatlarini kamaytirishga olib kelishi mumkin, bu esa jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga imkon beradi. Xulosa: Metabolik sindrom bo‘lgan bemorlarda diagnostika va davolash buyicha taklif etilgan elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturdan foydalanish o‘rtacha hisobda byudjet mablag‘larini 160 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Ilk bor adipotsitokin – leptin darajasining metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlar jinsi, yoshi, kasalligining davomiyligi va tana vazni o‘rtasidagi bog‘liqliklar aniklangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 4- son oilaviy poliklinisida 2023 yil 4 dekabrdagi 546-7-107-DOP/2023 buyruq, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 6-son oilaviy poliklinikasida 2023 yil 30 noyabrdagi 954-12-178-TV/2023-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Adipotsitokin-leptin va metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlar jinsi, yoshi, kasallikning davomiyligi va tana massasi indeksi kabi parametrlar o‘rtasidagi o‘rnatilgan bog‘liqlik sog‘liqni saqlash va ilmiy tadqiqotlar kontekstida muhim ijtimoiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu munosabatlarni tushunish turli metabolik va semirish bilan bog‘liq kasalliklar uchun xavf guruhlarini aniqlashga yordam beradi, shuningdek, eng samarali davolash va oldini olish strategiyalarini aniqlashga yordam beradi. Bu, shuningdek, sog‘liqni saqlashni boshqarish bo‘yicha individual yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam berishi mumkin, natijada aholi salomatligini yaxshilash va jamiyatdagi kasalliklar yukini kamaytirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Adipotsitokin-leptin va jins, yosh, kasallikning davomiyligi va tana massasi indeksi kabi parametrlar o‘rtasidagi o‘rnatilgan munosabatlarning iqtisodiy samaradorligi sog‘liqni saqlash xarajatlarini optimallashtirish va davolash natijalarini yaxshilashda namoyon bo‘ladi. Ushbu munosabatlarni tushunish metabolik va semirish bilan bog‘liq kasalliklarni aniq tashxislash, davolash va kuzatish imkonini beradi, bu esa qimmat tibbiy muolajalar narxini kamaytirishi va asoratlarni kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu munosabatlarni tushunish asosida sog‘liqni saqlashni samarali boshqarish davolanish muddatini qisqartirish va mehnat unumdorligini oshirishga olib keladi, pirovardida sog‘liqni saqlash tizimiga iqtisodiy yukni kamaytirish va aholining hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Bu o‘z navbatida bemorlarni ambulator murojaatlari sonini kamaytirishiga, oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 40 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha sarflansa, 10 nafar bemorlarga o‘rtacha 400 000 so‘mdan 600 000 so‘mgacha byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Metabolik sindrom bo‘lgan bemorlarda tahlillarni o‘tkazalishi va o‘rnatilgan munosabatlarni aniqlash kasallikni erta tashxislash va asoratlarini oldini olish natijasida 1 nafar bemorning 1 kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 40 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ilk bor ursodezoksixol kislotasining metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlar lipid almashinuvining barcha ko‘rsatkichlari va yallig‘lanishga xos sitokinlar darajasiga ijobiy ta’siri isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 4- son oilaviy poliklinisida 2023 yil 4 dekabrdag 546-7-107-DOP/2023-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 6-son oilaviy poliklinikasida 2023 yil 30 noyabrdagi 954-12-178-TV/2023-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ursodezoksixol kislotasining lipidlar almashinuvi va yallig‘lanishga xos sitokinlarga ta’sirining ijtimoiy samaradorligi metabolik sindrom bilan og‘riganlarning salomatligi va hayot sifatini yaxshilashda namoyon bo‘ladi. Yallig‘lanishga xos sitokinlar darajasini pasaytirish va ursodezoksixol kislotasi ta’sirida lipid metabolizmini normallashtirish kasallik asoratlarining rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin. Bu, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi muassasalariga kamroq tashrif buyurish, statsionarga yotqizish va uzoq muddatli davolanish oldini olish, natijada sog‘liqni saqlash tizimidagi yukni kamaytiradi va aholi sog‘ligini sifatli muhofaza qilish va mustahkamlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Ursodezoksixol kislotasining lipidlar almashinuvi va yallig‘lanishga xos sitokinlarga ta’sirining iqtisodiy samaradorligi sog‘liqni saqlash xarajatlarini kamaytirish va ushbu tizimga iqtisodiy yukni kamaytirishda namoyon bo‘ladi. Lipid metabolizmini yaxshilash va yallig‘lanishga xos sitokinlar darajasini pasaytirish orqali ursodezoksixol kislotasi metabolik sindromning asoratlari va ular bilan bog‘liq qimmat tibbiy muolaja va texnologiyalar kullanilishining oldini oladi. Shuningdek, u kasalxonaga yotqizish sonini kamaytirishi, uzoq muddatli davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishi mumkin, bu o‘z navbatida butun jamiyat uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Xulosa: Metabolik sindromni kompleks davolashda ursodezoksixol kislotasini qo‘llash bemorlarnining davolanishida 1 kunlik dorilari uchun sarflangan so‘mmadan urtacha 15 000 so‘m tejalsa, 1 oyda o‘rtacha 450 000 so‘m xarajatlar tejalishiga erishilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Avazova Taxmina Axtamovnaning «Qon sitokin profil ko‘rsatkichlari asosida metabolik sindrom farmakoterapiyasini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 28 noyabrdagi 13246-sonli xati yuborilgan.