Djumaev Sohib Xayitmurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1222.
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Botirjon Abdulxamidovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar shaklidagi daromadlari miqdorini tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlari daromadlari prognozi ijrosidan qat’iy nazar doimiy belgilash taklifi asoslangan;
jismoniy shaxslarning mol-mulki bo‘yicha ijara to‘lovining eng kam stavkalarini belgilash vakolatini hududlar kesimidagi ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatga asoslangan holda mahalliy davlat hokimiyati organlariga berish taklifi asoslangan;
davlat moliyaviy nazoratini tashkil qilish va tartibga solishning yagona andozalariga muvofiq moliyaviy va samaradorlik auditi elementlari asosida mahalliy byudjet daromad va xarajatlari ijrosi samaradorligini nazorat tizimini takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
mahalliy byudjetlar biriktirilgan daromad bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan o‘rta muddatli ssenariy variantlar asosida Qashqadaryo viloyatida mahalliy byudjet daromadlari hajmining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar shaklidagi daromadlari miqdorini tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlari daromadlari prognozi ijrosidan qat’iy nazar doimiy belgilash taklifi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2023-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi vi-56-217-4-0-k/22-son Qarori asosida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 29-noyabrdagi 15-118749-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida shahar va tuman byudjetlarining daromad bazasini mustahkamlash orqali ular moliyaviy barqarorligini mo‘tadil darajasi ta’minlash imkoni yaratilgan;
jismoniy shaxslarning mol-mulki bo‘yicha ijara to‘lovining eng kam stavkalarini belgilash vakolatini hududlar kesimidagi ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatga asoslangan holda mahalliy davlat hokimiyati organlariga berish taklifi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2023-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi vi-56-217-4-0-k/22-son Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 29-noyabrdagi 15-118749-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mahalliy byudjetlarni daromadlar manbalarini yanada kengaytirish, xufiyona iqtisodiyot ulushini qisqartirish maqsadida, iqtisodiy faol, sanoatlashgan, turistik va yirik savdo nuqtalari mavjud hamda xizmatlar ko‘rsatish hajmi yuqori yoki aksincha past bo‘lgan tuman(shahar)larni salohiyatidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan meʼyorlarni yanada manzilli belgilash imkoni yaratilgan;
davlat moliyaviy nazoratini tashkil qilish va tartibga solishning yagona andozalariga muvofiq moliyaviy va samaradorlik auditi elementlari asosida mahalliy byudjet daromad va xarajatlari ijrosi samaradorligini nazorat tizimini takomillashtirish taklifi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2023-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi vi-56-217-4-0-k/22-son Qarorining 21, 22 va 24- bandlarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 29-noyabrdagi 15-118749-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash, xarajatlarning manzilli sarflanishi ta’minlash, byudjet tashkilotlari debitorlik va kreditorlik qarzlarini minimallashtirish orqali byudjet intizomiga qat’iy rioya etilishi ustidan samaradorlik auditining elementi sifatida doimiy monitoring tizimini tashkil qilish imkoni yaratilgan;
mahalliy byudjetlar biriktirilgan daromad bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan o‘rta muddatli ssenariy variantlar asosida Qashqadaryo viloyatida mahalliy byudjet daromadlari hajmining 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2023-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi vi-56-217-4-0-k/22-son Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 29-noyabrdagi 15-118749-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida prognoz ko‘rsatkichlari viloyatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish dasturlari uchun muhim uslubiy manba bo‘lib xizmat qilgan.