Kuchkorov Temurbek Ataxonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli ma’lumotlar sharoitida atrof-muhit ekologik monitoringining axborot-analitik tizimini ishlab chiqish», 05.01.04–Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T192.

Ilmiy rahbar: Usmanov Rishat Niyazbekovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

Rasmiy opponentlar: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor; Haydarov Abdugappor, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ekologik vaziyat muammoli hududlar monitoringini amalga oshirish va atrof-muhit vaziyatlarini kompleks tadqiq qilishga asoslangan kompyuterlashtirilgan axborot-analitik tizim ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ekologik vaziyat muammoli hududlarning suv, tuproq resurslari va ob-havo sharoitlariga bog‘liq monitoringini amalga oshirishning axborot-analitik tizim arxitekturasi ishlab chiqilgan;

turli ma’lumotlar sharoitida ekologik vaziyat muammoli hududlar uchun ma’lumotlarni to‘plash va saqlash funksional jarayonlarining axborot modellari hamda ma’lumotlar va bilimlar bazalarining relyasion modeli ishlab chiqilgan;

ob’ektlar parametrlarini bevosita o‘lchash  jarayonini tashkil qilishning apparat ta’minoti hamda hudud parametrlari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarga ishlov berishni parallellashtirishning model va algoritmlari ishlab chiqilgan;

ekologik vaziyat muammoli hududlar suv, havo va tuproq sharoitlarini baholashning ma’lumotlar etishmasligi va noaniqligi holatida vaziyatga bog‘liq maslahat beruvchi tizim matematik modeli va dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;

hudud geoaxborot modelining mavzuli qatlamlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni baholash algoritmlari hamda ma’lumotlarni geoaxborot tizimiga integratsiya qilish modullari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ekologik vaziyat muammoli hududlarni vaziyatli tahlil usuli asosida kompleks tahlil qilish axborot-analitik tizimi arxitekturasi, modellari, algoritmlari va monitoringini amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy majmua asosida:

atrof-muhit parametrlari va gidrogeologik ob’ektlar ma’lumotlarini simsiz sensorlar tarmog‘idan olish orqali hudud parametrlarini uzluksiz tarzda o‘lchab borish va ushbu ma’lumotlar asosida ma’lumotlar bazasini shakllantirish dasturiy moduli O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimiga kiruvchi «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» davlat korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 26 apreldagi 33-8/2993-son ma’lumotnomasi). Natijada hudud parametrlari va ko‘rsatkichlarini uzluksiz o‘lchash va monitoring olib borish, hudud ma’lumotlarini saqlash hamda ma’lumotlar bazasida yig‘ilgan ma’lumotlarni integratsiya qilish orqali hudud geoma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini bergan;

er osti suvlarining davlat monitoringini olib borish, suv sifati va ularning o‘zgarib borishini doimiy monitoring qilish, ma’lumotlarni geoaxborot texnologiyalari asosida qayta ishlash va baholashni amalga oshirish algoritm va dasturlari «Orol bo‘yi gidrogeologiya ekspedisiyasi» davlat korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 26 apreldagi 33-8/2993-son ma’lumotnomasi). Natijada er osti suvlarining holati va sifati ma’lumotlarini to‘plash, qayta ishlash va mavzuli qatlamlar korrelyasion maydonlarini baholashda ma’lumotlarga ishlov berish jarayoni samaradorligi oshirish imkonini bergan;

aholi salomatligi monitoringini tashkil qilishda ahamiyatli bo‘lgan suv sifati, ob-havo va tuproq sharoitlari kabi atrof-muhit parametrlari o‘zgarib borishini doimiy hisobga olib boruvchi tizim ma’lumotlar va bilimlar bazalari Xorazm viloyati Xazorasp tumani davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 26 apreldagi 33-8/2993-son ma’lumotnomasi). Natijada turli xildagi ko‘p uchraydigan epidemik kasalliklarni ro‘y berish jarayonlarini o‘rganish va bashorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish