Toshnazarova Uzukoy Azizberdi qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida muloqot madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P246.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meylikulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Musinova Ruxshona Yunusovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharqshunoslik davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda muloqot madaniyati rivojlanish darajasi, muloqot madaniyatining talabalar o‘zlashtirish darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar ma’lumot almashish jarayonida muloqotning verbal va noverbal vositalari orasidagi semantik aloqalarni, o‘zaro moslashuvchanlikni anglash natijasida muloqot vaziyatlarini til va nutq jarayonlariga mos o‘rnata olish kabi shaxs xususiyatlarini rivojlantirishi dalillangan;
talabalar muloqot madaniyatida ma’naviy-axloqiy etuklik, o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tanqid qilish kabi emotsional jihatlari noverbal xulq-atvorni tushunish va ekstremal vaziyatlarda o‘zini tuta bilish kabi ijtimoiy-psixologik ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirib borish kerakligi aniqlangan;
oliy ta’lim muassasasi talabalari ommaviy ma’lumotlarni saralash jarayonidagi axborotlarni idrok etishda mustahkam axloqiy-ruhiy muhitni qaror toptirish, emotsional intellekt, kommunikativ tolerantlik, hamda psixologik jamoaviy jipslikni shakllantirish ma’naviy-estetik mas’uliyat ta’sirida refleksiv muloqot rivojlanishi aniqlangan;
oliy ta’lim boshqa ta’lim turlaridan farq qilganligi bois, psixologik chidamli zamonaviy mutaxassis kadrlar zaxirasini yaratishda shaxslararo munosabatlar shakllanganligi, ma’naviy-axloqiy etuklik, o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tanqid qilish, innovatsion tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni yuksaltirish kabi psixologik xususiyatlar yetakchi ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining muloqot madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
talabalar ma’lumot almashish jarayonida muloqotning verbal va noverbal vositalari orasidagi semantik aloqalarni anglash orqali muloqot vaziyatlarini til va nutq jarayonlariga mos o‘rnata olish kabi shaxs xususiyatlarini rivojlantirishga oid ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 12-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 12-dekabr P-M-22m son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi sifat jihatdan takomillashtirilgan va o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalar muloqot madaniyatida ma’naviy-axloqiy etuklik, o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tanqid qilish kabi emotsional jihatlari noverbal xulq-atvorni tushunish va ekstremal vaziyatlarda o‘zini tuta bilish kabi ijtimoiy-psixologik ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirib borish kerakligi aniqlanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 12-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy-psixologik trening» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 12-dekabr P-M-22m son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlar faoliyatini takomillashtirishga, muloqot madaniyatini psixologik mazmun mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasasi talabalari ommaviy ma’lumotlarni saralash jarayonidagi axborotlarni idrok etishda mustahkam axloqiy-ruhiy muhitni qaror toptirish, emotsional intellekt, kommunikativ tolerantlik, hamda psixologik jamoaviy jipslikni shakllantirish ma’naviy-estetik mas’uliyat ta’sirida refleksiv muloqot rivojlanishini aniqlanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 12-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy-psixologik trening» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 12-dekabr P-M-22m son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalari ilmiy-amaliy ta’minotini hamda shaxs etukligidagi o‘rni va axamiyati yoritilgan.
oliy ta’lim boshqa ta’lim turlaridan farq qilganligi bois, psixologik chidamli zamonaviy mutaxassis kadrlar zaxirasini yaratishda shaxslararo munosabatlar shakllanganligi, ma’naviy-axloqiy etuklik, o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tanqid qilish, innovatsion tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni yuksaltirish kabi psixologik xususiyatlar yetakchi ekanligi dalillanganligiga oid natijalari Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 12-son buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 12-dekabr P-M-22m ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarda muloqot madaniyatini rivojlantiruvchi samarali ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning nazariyasi hamda amaliyoti uzviyligini ta’minlashga xizmat qilgan.