Babaniyazova Nargiza Polatovnaning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi V1 darajali o‘quvchilarni ingliz tili fe’l leksikasining modul` texnologiyasi asosida o‘qitish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)  (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.PhD/Ped201.

Ilmiy rahbar: Axmedova Layloxon Talibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.

Rasmiy opponentlar: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Irmuxamedova Gul`chexra Nasirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi V1 darajali o‘quvchilarni ingliz tilining fe’l leksikasini modul` texnologiyasi asosida o‘qitishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ingliz-rus-qoraqalpoq tillarida harakat, holat, tuyg‘u, idrok, ifoda, taqlid, tabiiy fe’llarini V1 darajada tasniflash orqali fe’l leksikasi takomilashtirilgan;

ingliz va qoraqalpoq tillarining fe’llari asosida fe’l semantika, paradigmatika, sintagmatikalarining oddiy, yasama va qo‘shma so‘zlar bo‘yicha o‘xshash va tarkib bo‘yicha farqli xususiyatlari aniqlashtirilgan;

olmosh, modal fe’llar, fe’l zamonlari, frazeologik birliklar, yordamchi fe’llari bo‘yicha ingliz tili fe’lining qiyinchiliklar tipologiyasi til ichi va tillararo interferatsiya bo‘yicha ishlab chiqilgan;

V1 darajadagi lisoniy-o‘quv topshiriqlar tizimi bo‘yicha ingliz va qoraqalpoq tillar fe’llarini o‘qitishning modul` texnologiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqalpog‘iston respublikasi V1 darajali o‘quvchilarni ingliz tilining fe’l leksikasini modul` texnologiyasi asosida o‘qitish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 

ingliz-rus-qoraqalpoq tillarida harakat, holat, tuyg‘u, idrok, ifoda, taqlid, tabiiy fe’llari V1 darajada tasniflash orqali takomilashtirilgan fe’l leksikasidan SUZ-800-13-GR133 raqamli «Obuchenie angliyskomu yaziku odaryonnim detyam iz maloobespechennix semey» nomidagi «Access English Microscholarship Programm» loyihasida foydalanilgan (Ӯzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 maydagi №89-03-1775-son ma’lumotnomasi). Natijada “Qoraqalpoq o‘quvchilarini ingliz tilidagi fe’l leksikasini modul` texnologiyasi asosida o‘qitish” bo‘yicha metodik tavsiyalar nashr etilgan;

ingliz va qoraqalpoq tillarining fe’llari asosida fe’l semantika, paradigmatika, sintagmatikalarining aniqlashtirilgan oddiy, yasama va qo‘shma so‘zlar bo‘yicha o‘xshash va tarkib bo‘yicha farqli xususiyatlaridan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Kim epchilu kim chaqqon» va «Bolalar dunyosi» kabi ma’rifiy dasturlarni tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2017 yil 17 noyabrdagi 14-06/483-son ma’lumotnomasi). Natijada takliflarning joriy qilinishi ingliz tili fe’l leksikasi takomillashuviga xizmat qilgan;

leksik, grammatik interferensiya asosida lingvistik xususiyatlar bo‘yicha aniqlashtirilgan ingliz tili fe’lining qiyinchiliklar tipologiyasidan FA-F1-GOO2 raqamli  «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional sӯz yasalishi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2018 yil 20 fevraldagi 036/1-son ma’lumotnomasi). Natijada B1 darajali o‘quvchilarning ingliz tilidagi yozma nutq kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan «Writing in practice» Part 1. (for intermediate level learners) o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan;

V1 darajadagi lisoniy-o‘quv topshiriqlar tizimi modulli texnologiya asosida ishlab chiqilgan ingliz va qoraqalpoq tillar fe’llari o‘qitish metodikasidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniy-ma’rifiy va badiiy radioefirlar» deb nomlangan turkum radioeshittirishlarning tahririyati tomonidan tayyorlangan «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik» radioefirida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yilning 19 fevralidagi O’z/K-1-27-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarining ingliz tilidagi fe’l leksikani o‘rganishga “The new English dictionary of verbs (for B1 level learners)” lug‘ati ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish