Allayarov Sirojiddin Kamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo suv havzalarining baliqlari (Actinopterygii: Teleostei) faunasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/B462.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Mansur Arziqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Kamilov Baxtiyar Ganievich, biologiya fanlari doktori, professor; Nazarov Muhammadrasul Sharopovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo suv havzalarida uchraydigan baliqlarning tur tarkibi, tarqalishi, ularning ekologik xusiyatlarini aniqlash hamda muhofazaga muhtoj vakillarini saqlab qolish bo‘yicha chora-tadbirlarni shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo suv havzalari ixtiofaunasining zamonaviy turlar tarkibi 7 turkum, 15 oila va 34 urugʻga mansub 37 turdan iborat ekanligi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston ixtiofaunasi uchun yangi bo‘lgan Sibir qumbaligʻi – Gobio sibiricus Nikolskii, 1936 Surxondaryo suv havzalaridan qayd etilgan hamda uning validligi molekulyar-genetik darajada asoslantirilgan;
Alburnoides bipunctatus eichwaldii (De Filippi, 1863) deb hisoblanuvchi turning Surxondaryo populyasiyasi molekulyar-genetik tahlillar natijasiga ko‘ra aslida Alburnoides holciki Coad & Boguskaya, 2012 ekanligini aniqlangan;
ilk marotaba Capoetobrama Berg, 1916 urugʻining validligi molekulyar-genetik tahlillar yordamida asoslangan;
baliq turlari Surxondaryo havzasining quyi, o‘rta va yuqori oqimlarida o‘ziga xos adaptiv moslanish xususiyatidan kelib chiqib, yashash arealini hosil qilganligi aniqlangan;
ilk bor Surxondaryo havzasida tarqalgan endemik baliq turlarining uzunlik va vazn munosabatlariga asoslangan ekologik xususiyatlari ochib oberilgan;
ov ahamiyatga ega bo‘lgan, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi baliq turlarining kadastri yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo suv havzalari baliqlari faunasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gobio sibiricus turining COI nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBanki bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi, blast.ncbi.hlm.hih.gov). Natijada, Gobio sibiricus – MN810110 inventar raqami olingan va u xalqaro miqyosda ushbu turning filogeniyasini molekulyar-genetik identifikatsiyalash imkonini bergan;
Surxondaryo suv havzalari ixtiofaunasiga mansub 2 turkum, 7 oila, 14 urugʻga mansub 14 ta turning jami 87 ta baliq namunalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya institutining «Zoologiya kolleksiyasi» noyob obektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023 yil 8 maydagi 4/1255-980-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud baliqlar kolleksiyasi fondini yangi namunalar bilan boyitgan va baliqlar turlari xilma-xilligini aniqlash hamda turlarni sistematik tahlil qilish imkonini bergan;
Surxondaryo suv havzalarida tarqalgan baliqlarning kadastri yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va kadastrni yuritish bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 18 avgustdagi 03-03/3-3952-son ma’lumotnomasi). Natijada kadastr ma’lumotlarini geoaxborot tizimiga kiritishga asos bo‘lgan, shuningdek, ushbu tavsiyalar noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi baliq turlarini qo‘riqlash, yashash muhitini saqlab qolish, ko‘paytirish va himoya qilish ishlarini tashkil etishga hamda tabiiy resurslardan oqilona va barqaror foydalanishni ta’minlash imkonini bergan.