Tadjimetov Sherzod Abdukarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasi IIV ta’lim muassasalari tarbiyaviy tuzilmalari faoliyatini huquqiy jihatlarini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu185.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Turg‘unov Oybek Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Daumenov Berdaq Aymuratovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi IIV ta’lim muassasalari tarbiyaviy tuzilmalari faoliyatini huquqiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlari xodimlarini tarbiyalashning asosiy usullari sifatida "Halqqa xizmat qilish" g‘oyasini singdirish, shaxs huquqlarini ta’minlashga va insonni hurmat qilishga o'rgatish, kasbiy muloqotga kirishish odobini shakllantirish, kasbiy madaniyatni rivojlantirish kabilarni qo'llash zarurligi asoslab berilgan;
ichki ishlar organlariga xizmat qilish uchun tanlov amalga oshirishda qo’llaniladigan nomzodning yoshi, ma’lumoti, sog‘lig‘i holati mezonlari, yangi – ixtiyoriylik, shaxsiy ko’rsatkichlari, ishchanlik sifatlari, psixologik bardoshlilik kabi talablar bilan boyitilgan;
IIV ta’lim muassasalari tarbiyaviy tuzilmalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning huquqiy mexanizmlari talaba (kursant)larda qat’iy hayotiy pozisiyani shakllantirish, dunyoqarashini muntazam kengaytirish, fidoyi va vatanparvar qilib tarbiyalash, yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishni nazarda tutuvchi tadbirlarni kiritish hisobiga boyitilgan;
jamoatchilik institutlari bilan samarali hamkorlik IIV ta’lim muassasalari tarbiyaviy tuzilmalari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning huquqiy mexanizmini rivojlantirish yo’nalishi ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi IIO boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
IIO xodimlarida xizmat intizomi, yosh xodimlarda kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda individual yondashuvni ta’minlash, xodimlarning fuqarolar bilan, shuningdek, o‘zaro kasbiy muloqoti hamda madaniyati darajasini oshirish va professional muloqotga kirishish sifatlarini shakllantirish kabi  ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish asoslarini belgilashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021-yil 21-oktyabrdagi “Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 400-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 1-bobining ikkinchi paragrafi 7-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 27-oktyabrdagi 2/2812-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi ichki ishlar organlari xodimlari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish asoslarini belgilashga xizmat qilgan;
o‘n sakkiz yoshdan o‘ttiz yoshgacha, jumladan, o‘ttiz yoshdagi, tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan, o‘zining shaxsiy va ishchanlik sifatlari, so‘g‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ichki ishlar organlarida xizmatga ixtiyoriy tartibda, tanlov asosida qabul qilish tartibini belgilash bo‘yicha bergan takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrda qabul qilingan «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-407-son Qonunining 26-moddasi 1-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 23-apreldagi 05/1-01-78-son xati). Natijada, ushbu taklif ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilish tartibini belgilashga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi «Yangi O‘zbekiston – uchinchi Renessans sari!» g‘oyasining mazmun-mohiyatini xodimlar ongi va qalbiga singdirish asosida ularning Vatan va xalq taqdiriga, davlatimiz taqdiri hamda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yanada oshirish, shuningdek, shaxsiy tarkibga mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tizimli tushuntirish hamda dunyoda va yon-atrofimizda sodir bo‘layotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan ularning ongli munosabati hamda faol hayotiy  pozisiyasini shakllantirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi RQ-5050-son “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimsha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi”ning “Konsepsiyaning asosiy maqsadi va vazifalari” deb nomlangan 2-bobining 8-bandi 4- va 5-xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 27-oktyabrdagi 2/2812-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu taklifning amaliyotda joriy etilishi ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasining asosiy vazifalari doirasini belgilashga xizmat qilgan;
IIV ta’lim muassasalari tarbiyaviy tuzilmalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi xulq-atvori qonuniyligi motivatsiyasini kuchaytirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrda qabul qilingan «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-407-son Qonunining 26-moddasi 1-qismi, 31-moddasi 2-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palarasi Fan, ta’lim, madaniyat va srort masalalari qo‘mitasining 2021-yil 23-apreldagi 05/1-01-78-son xati). Natijada, ushbu takliflar ichki ishlar organlari tarbiyaviy tuzilmalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan dasturiy tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
 IIV ta’lim muassasalari tarbiyaviy tuzilmalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, IIV ta’lim muassasalari talaba (kursant)larini yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy  pozisiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoyi va vatanparvar qilib tarbiyalash, ularni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishni nazarda tutuvchi tadbirlar ishlab chiqish, shuningdek, IIV ta’lim muassasalari tarbiyaviy tuzilmalari bilan jamoatchilik institutlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda samarali hamkorligini yoʻlga qo‘yish zaruratini asoslashga oid takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 251-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Rrofilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 3-bandi 4-kichik bandi; Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-oktyabrdagi 880-son Qarori bilan tasdiqlangan «Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari to‘g‘risida»gi Nizomning 5-bandi, 3-kichik bandi; Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 369-son Qarori bilan tasdiqlangan «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 7-banli, 3-kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021-yil 14-apreldagi 12/21-15-son xati). Natijada, ushbu takliflar IIV ta’lim muassasalari tarbiyaviy tuzilmalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish