Azamov Siroj Sobirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «K2m,m-2fazoda taqribiy integrallash formulasining xatolik funksionali normasini minimizatsiyalash», 01.01.03–Hisoblash matematikasi va diskret matematika (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/FM162.

Ilmiy rahbar: Shadimetov Xolmatvay Maxkambaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Matematika Instituti va Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM.01.02.

Rasmiy opponentlar: Aloev Raxmatillo Djuraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Raimova Gulnora Mirvalievna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: K2m,m-2fazosida algebraik, trigonometrik ko‘p hadlar va eksponensial funksiyalar uchun aniq bo‘lgan optimal kvadratur formulalar koeffisientlarini oshkor topishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

K2m,m-2gil`bert fazosidagi kvadratur formulalar xatolik funksionalining ekstremal funksiyasi topilgan;

kvadratur formulalar xatolik funksionalining normasi hisoblangan;

K2m,m-2fazosida optimal kvadratur formulaning mavjud va yagonaligi isbotlangan;

(d2m/dx2m)+ (d2m-2/dx2m-2)+(d2m-4/dx2m-4)  differensial operatorning diskret analoglari qurilgan va ularning xossalari isbotlangan;

algebraik, trigonometrik ko‘phadlar va eksponensial funksiyalar uchun aniq bo‘lgan optimal kvadratur formulalar koeffisientlarining oshkor shakllari topilgan;

K22,0fazosida optimal xatolik funksionalining normasi hisoblangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

(d4/dx4)+ (d2/dx2)+1differensial operatorning qurilgan diskret analogi PPP-FST-14915-00 raqamli «Modified Adomian Decomposition Method For Nonlinear Fredholmvolterra Inregro-Differential Equations» xorijiy grant loyihasida  K22,0 fazosida kvadratur formulalar qurishda qo‘llanilgan (Malayziya Islom fan universitetining 2018 yil 5 iyundagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi chiziqsiz Fredgol`m-Vol`terra integro-differensial tenglamalari uchun qo‘yilgan chegaraviy masalalarni echish imkonini bergan;

K23,1fazosida integrallarni taqribiy hisoblash uchun qurilgan optimal kvadratur formulasi F2-FA-0-83921/F2-FA-F0383 raqamli «O‘tkazgichlar va magnit materiallarida kuchli o‘zaro bog‘liqlik va ularning kritik parametrlarini hisoblash» fundamental grant loyihasida polyarizator-namuna-analizator tizimidan o‘tgan yorug‘lik intensivligining kuchsiz ferromagnitlarda engil magnitlanish tekisligidagi magnit maydoni orientatsiyasiga bog‘liqligini optimal yaqinlashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 89-03-1578-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi yorug‘lik intensivligini magnit maydoni orientatsiyasiga bog‘liqligini optimal yaqinlashishini baholashga imkon bergan; 

K22,1fazocida integrallarni taqribiy hisoblash uchun qurilgan optimal kvadratur formulasi F-4-14 raqamli «Suyuqlik oquvchi er osti egri chiziqli quvurning tashqi kuchlari ta’siridagi kuchlanish-deformatsiyalar holatini tadqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va hisoblash usullarini ishlab chiqish» fundamental grant loyihasida nostatsionar to‘lqinlar ta’siridagi grunt bilan aloqada bo‘lgan egri chiziqli quvurning kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 2 maydagi 89-03-1626-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi egri chiziqli quvurning kuchlanish deformatsiyasining holatini optimal baholashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish