Xusenova Nodira Turgunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalik davri nevrologik statusini hisobga olgan holda autistik spektr buzilishlarini tashxislash va korreksiya qilishni yaxshilash», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2118.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Nargiza Nasriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; D`yakonova Elena Nikolaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: autistik spektr buzilishlarining dastlabki ko‘p bosqichli kompleks tashxisotini optimallashtirish va bolalik davridagi nevrologik kasalliklar hamda miya neyropeptidlarini hisobga olgan holda ularni korreksiyalash tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
M-CHAT-R skrining shkalasi va DSM-V mezonlari tahlili asosida bolalarda ASBni erta tashxislash mezonlari ishlab chiqilgan;
umumiy mielin oqsili (UMO) massaning pasayishi ortida yuqori tarkibli S100B, NSE va GFAP nomutanosibligining yuzaga kelishi turli bosh miya tuzilmalari shakllanishi va etilishida buzilish mavjudligidan dalolat berib, bolalarda korrelyasiya tahlili bilan tasdiqlanadigan autizm belgilari rivojlanishiga olib kelishi asoslangan;
ASB bilan xastalangan bolalar qonida ST-Serotonin darajasining oshishi, patogenetik jihatdan bunday bolalarning hissiy-motivatsion sohadagi buzilishlari bilan bog‘liqligi hamda sochlardagi natriy, xrom, brom, kal`siy, sink, mis, temir, kobal`t va yod tipidagi bazaviy elementlar konsentratsiyasi asab va immun tizimlarning ishlashidagi roli aniqlangan;
MTRTni qo‘llash ASB bilan og‘rigan bolalar ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga va ularning muloqotmandligini oshirishga yordam berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2024 yil 7 fevraldagi 03/1688-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 19 yanvardagi 03/179-sonli xati yuborilgan);
birinchi ilmiy yangilik: M-CHAT-R skrining shkalasi va DSM-V mezonlari tahlili asosida bolalarda ASBni erta tashxislash mezonlari o‘zbek tilida ishlab chiqilgani U.Q.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 21.11.2023 y.; 55-sonli hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasi bolalar nevrologiyasi bo‘limi bo‘yicha 20.11.2023 y.; 121-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ASBni erta tashxislash birlamchi tibbiyot shifokorlariga xavf guruhidagi bolalarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi va ushbu kasallik belgilarini erta aniqlash nogironlik darajasini sezilarli darajada kamaytiradi, hamda kelajakda ijtimoiy moslashuvni oshiradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ASB mavjud bemorlarda ko‘p bosqichli kompleks diagnostika, jumladan kliniko-nevrologik, neyropsixologik, maxsus shkalalardan foydalanish, xususan, M-CHAT-R va DSMVmezonlari, bolalarda ASB belgilarini erta aniqlash va adekvat davolash taktikasini tanlash imkonini beradi, bu esa harajatlarning kamayishiga olib keladi: S/E = (S2 – S1) / (E2 – E1) = (186000 - 120000)/(76,7-17,6)=34000/59,1x100=57529,61so‘m, bunda S/E – “xarajat/samaradorlik”, S1 va S2 mos ravishda birinchi va ikkinchi aralashuvlarning umumiy xarajatlari, E1 va E2 esa mos ravishda birinchi va ikkinchi aralashuvlarning samaradorligi bo‘lib, istalgan va istalmagan klinik natijaning koeffisenti bo‘yicha ifodalanadi. Xulosa: bolalarda ASBning dastlabki belgilari va kasallikning rivojlanish xavf guruhini aniqlash, diagnostika muddatini qisqartirish hisobiga xarajatlarni 2,8 barobarga kamaytiradi va bir bemor uchun 57529,61 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: umumiy mielin oqsili massaning pasayishi ortida yuqori tarkibli S100B, NSE va GFAP nomutanosibligining yuzaga kelishi turli bosh miya tuzilmalari shakllanishi va etilishida buzilishdan dalolat berib, bolalarda korrelyasiya tahlili bilan tasdiqlanadigan autizm belgilari rivojlanishiga olib kelishi ilmiy asoslangani U.Q.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 21.11.2023 y.; 55-sonli hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-klinikasi bolalar nevrologiyasi bo‘limi bo‘yicha 20.11.2023 y.; 121-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umumiy mielin oqsili massaning pasayishi fonida yuqori tarkibli S100B, NSE va GFAP nomutanosibligining yuzaga kelishi, bosh miya turli xil strukturalarining shakllanishi va etilishi buzilganligidan dalolat berishi, adekvat davolash taktikasini tanlash imkonini beradi, bu esa harajatlarning kamayishiga olib keladi: S/E = (S2 – S1) / (E2 – E1) = (186000 - 120000)/(76,7-17,6)=34000/59,1x100=57529,61so‘m, bunda S/E – “xarajat/samaradorlik”, S1 va S2 mos ravishda birinchi va ikkinchi aralashuvlarning umumiy xarajatlari, E1 va E2 esa mos ravishda birinchi va ikkinchi aralashuvlarning samaradorligi bo‘lib, istalgan va istalmagan klinik natijaning koeffisenti bo‘yicha ifodalanadi. Xulosa: bolalarda ASBning dastlabki belgilari va kasallikning rivojlanish xavf guruhini aniqlash, diagnostika muddatini qisqartirish hisobiga xarajatlarni 2,8 barobarga kamaytiradi va bir bemor uchun 57529,61 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ASB bilan xastalangan bolalar qonida ST-Serotonin darajasining oshishi patogenetik jihatdan bunday bolalarning hissiy-motivatsion sohadagi buzilishlari bilan bog‘liqligi isbotlangani, shuningdek, nerv va immunitet tizimlarining faoliyatida ishtirok etuvchi makroelementlar (natriy, xrom va brom), essensial elementlar (kal`siy, xrom, rux, mis, temir, kobal`t, yod) darajasi toksik mikroelementlar (rubidiy, kumush, lantan, uran) tarkibining oshishi tendensiyasi ortida pasayishi aniqlangani, hamda sochlarning mikroelementlar tarkibi va uning bolalardagi ASB og‘irligiga bog‘liqligining kompleks baholangani U.Q.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 21.11.2023 y.; 55-sonli hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasi bolalar nevrologiyasi bo‘limi bo‘yicha 20.11.2023 y.; 121-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan ma’lumotlar ASBda mikroelementlar etishmovchiligining rivojlanish diagnostikasini yaxshilaydi va bu davolash tamoyillari hamda bolalarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yillik tejash qiymati: Iyil = Iu – SHum = 33003632–7800000=25203632 so‘m. Bu erda, Iyi – kasallik uchun ketadigan bir yillik o‘rtacha xarajat; Iu va SHum – asosiy va tavsiya etilayotgan variantlarda bir kasallikni tashxislash va davolash uchun 1 yillik sarf-xarajatlar. Xulosa: mikroelementlar va vitaminlar etishmovchiligini erta bosqichlarda aniqlash ASB mavjud bolalarni davolash xarajatlarini kamaytirib, har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini 25203632 so‘mga tejaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: MTRTni qo‘llash ASB bilan og‘rigan bolalar ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga va ularning muloqotmandligini oshirishga yordam berishining ilmiy asoslangani U.Q.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 21.11.2023 y.; 55-sonli hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasi nevrologiya bo‘limi bo‘yicha 20.11.2023 y.; 121-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: autistik spektr buzilishi bo‘lgan bolalarda mikrotokli refleksoterapiya yordamida kompleks davolash bolaning rivojlanish ko‘nikmalarini tiklashga, ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga yordam berib, og‘ir oqibatlar va nogironlikning oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ASBni kompleks davolashda tavsiya etilgan MTRT usuli qimmat usul bo‘lib, klinik xususiyatlariga ko‘ra u qo‘shimcha xarajatlarni oqlaydi. kompleks davolanishda MTRT olgan ASBli bolalarda nutqiy ko‘nikmalar rivojlangan, diqqatning unumdorligi, ko‘ruv modalligi ortgan, xavotirlilik, tajovuzkorlik va depressiv reaksiyalari kamaygan, shuningdek, muloqotmandlik ko‘nikmalarini egallash o‘rtacha 42,8% ga oshgan. ASB bilan og‘rigan bolalarni davolashning iqtisodiy samaradorligi taxlili shuni ko‘rsatdi, kutilgan klinik natijaga ega bo‘lish uchun ushbu davolash narxi: S/E = (S2 – S1) / (E2 – E1) = (186000 - 120000)/(76,7-17,6)=34000/59,1x100=57529,61so‘m, bunda S/E – “xarajat/samaradorlik”, S1 va S2 mos ravishda birinchi va ikkinchi aralashuvlarning umumiy xarajatlari, E1 va E2 esa mos ravishda birinchi va ikkinchi aralashuvlarning samaradorligi bo‘lib , istalgan va istalmagan klinik natijaning koeffisenti bo‘yicha ifodalanadi. Xulosa: ASB mavjud bolalarni davolash xarajatlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bir bemor uchun kerakli klinik narxi 57 529,61 so‘mni tashkil qiladi.