Xomidov Jasurbek Jamoldinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi sharoitida dorivor (ingichka bargli) lavanda (lavandula angustifolia Mill.)ning introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari», 06.03.03 - Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmoekologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/B1004.
Ilmiy rahbar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Dilovar Tolibdjonovna, biologiya fanlari doktori; Naralieva Nasibaxon Mamanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysining tuproq iqlim sharoitidagi tog‘ oldi adirliklari hamda cho‘l hududlarida o‘ziga xos efir moyga boy dorivor ingichka bargli lavanda (Lavandula angustifolia) ning introduksiyasi va bioekologik xususiyatlarini aniqlash hamda keng miqyosdagi plantatsiyalarini tashkil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysining sug‘oriladigan, suv bilan kam ta’minlangan tog‘ oldi adirliklari va sho‘rlangan tuproqlarida dorivor lavanda introduksiya qilindi hamda keng masshtabli plantatsiyalar tashkil etish borasida dastlabki tadbirlar ishlab chiqilgan;
dorivor lavandaning laboratoriya sharoitida urug‘ unuvchanligi maqbul +25 0S haroratda 93,6 %, dala sharoitida 0,5-1,0 sm chuqurlikda 63,0 - 75,1% bo‘lishi aniqlangan;
issiqxona sharoitida dorivor lavandaning geteroauksin (kornevin 200 mg/l) ishchi eritmasi ta’sirida vegetativ ko‘paytirganda bahor mavsumining boshlanishi 18-25 fevralda 82,3 % ko‘karuvchanlikga ega bo‘lishi isbotlangan;
virginil davrida dorivor lavandaning introduksiya sharoitlarida birinchi yil o‘simlik bo‘yi 35,4 sm, poya diametri 0,49 sm, ikkinchi yil o‘simlik esa 39,0 sm, poya diamerti 0,60 va uchinchi vegetatsiya yilida esa o‘simlik bo‘yi 46,3 sm bo‘lishi aniqlangan;
Paxtaobod, Andijon va Yozyovon tumanlari tuproq-iqlim sharoitlarida ontogenez (latent, virginil, generativ) davrlari rivojlanishi, vegetatsiya davri 230-255 kun davom etishi aniqlangan;
dorivor lavandaning uch yillik urug‘ ko‘chatidan o‘rtacha 131,46 g gul xom ashyo hosili olish mumkinligi isbotlangan;
dorivor lavandaning uch yillik urug‘ ko‘chatidan urug‘ mahsuldorligi 621,6 dona, qalamchadan ekilgan o‘simlikda esa 859,9 donani tashkil etishi aniqlangan;
dorivor lavandaning fitokimyoviy tahlili natijasiga ko‘ra, efir moyining chiqish unumi ho‘l xom ashyosiga nisbatan Paxtaobod sharoitida 78,37% va Yozyovon sharoitida 59,26% bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi sharoitida dorivor (ingichka bargli) lavanda (Lavandula angustifolia Mill.) ning introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Lavanda ko‘chatlarini vegetativ ko‘paytirish ishlanmasi Namangan davlat o‘rmon xo‘jaligida 1,3 ga, Pop davlat o‘rmon xo‘jaligida 3,5 gamaydonga joriy etilgan (Tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 10 maydagi 03-01/21-937-son xamda, O‘rmon xo‘jaligi agentligining 2023 yil 25 maydagi 01/28-2396-son ma’lumotnomasi). Natijada, lavanda gul xom ashyosini tayyorlash orqali 55,2% yuqori daromad olish imkonini bergan;
ingichka bargli lavanda o‘simligining plantatsiyalarini barpo etish ishlanmasi Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligida 2,8 ga maydonga joriy etilgan(Tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 10 maydagi 03-01/21-937-son xamda, O‘rmon xo‘jaligi agentligining 2023 yil 25 maydagi 01/28-2396-son ma’lumotnomasi). Natijada, lavanda gul xom ashyosini tayyorlash orqali 58,4% yuqori daromad olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish