Boboev Sarvar Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkent vohasi sharoitida kuz savrinjoni (Colchicum autumnale L.)ning introduksiyasi va bioekologiyasi», 06.03.03 - Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmoekologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/B898.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Trobjon Xusanboevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Olimjon Kaxxorovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ruzmetov Umid Ismailovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent vohasi sharoitida Colchicum autumnale L.ning introduksiyasi, bioekologiyasi, ko‘paytirish va etishtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent vohasi sharoitida kuz savrinjoni gullash biologiyasi o‘rganilib, unga ko‘ra tuganak piyozlarining diametri 35 mm dan katta bo‘lgan tuplarning gullashi, gullarning soni o‘rtacha 3,8-14,1 tani tashkil etishi, g‘unchalash davri 3-6 kun, gullash 21-25 kun, yoppasiga gullash 3-7 kun davom etishi aniqlangan;
morfogenez qonuniyatlari asosida Colchicum autumnale ning rivojlanishi 36-46 mm li tuganak piyozlarda biologik mahsuldorligi yuqori bo‘lishi isbotlangan;
Colchicum autumnale ning mavsumiy rivojlanish maromi kuzatilib, umumiy rivojlanish davri davomiyligi 285-293 kunni tashkil etishi aniqlangan;
Colchicum autumnale ni introduksion bahosi yuqori bo‘lib (80 ball), ko‘paytirish va plantatsiyalarini tashkil etish uchun istiqbolli ekanligi aniqlangan;
Colchicum autunnale vegetativ organlarining anatomik tuzilishi va diagnostik belgilari, ya’ni ildiz tuzilishida 4-5 qatorli po‘st 4 ta protoksilema va 1 ta metaksilemadan iboratligi, bargida 2-3 qatorli parenxima va palisada hujayralari va og‘izchalarning o‘ziga xos hajmga ega ekanligi aniqlangan;
Colchicum autumnale xomashyosini fitokimyoviy tahlil kilinib, bargi va tuganak piyozidan ajratib olingan alkaloidlar yig‘indisi miqdori mos ravishda 0,4 va 0,14% ekanligi, ya’ni er ustki qismida alkaloid miqdori er ostki qismiga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
C. autumnale ni ko‘paytirish uchun 3,6-4,6 sm diametrli tuganak piyozlarni 12 sm chuqurlikda ekish eng samarali bo‘lib, xosildorlik 1,9 barobar ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent vohasi sharoitida Colchicum autumnale ni introduksiya qilish va bioekologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kuz savrinjonini tuganak piyozlaridan ko‘paytirish texnologiyasi Botanika instituti huzuridagi F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘i hududida 0,02 ga maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 3 apreldagi 4/1255-671-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlikni etishtirishdan keladigan daromad 1,8 barobarga oshgan, dorivor o‘simliklar kolleksiyasi fondi yana bir dorivor va manzarali o‘simlik turi bilan boyitish imkonini bergan;
Colchicum autumnale ni tuganak piyozlaridan ko‘paytirish ishlanmasi Parkent tumani “So‘qoq gilosi” fermer xo‘jaligi hududida 0,10 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 apreldagi 05/05/2509-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuganak piyoz xomashyosidan 79% daromad olishga erishilgan, kuz savrinjonini etishtirishdan keladigan daromadini 2,0 barobarga oshirish imkonini bergan;
Colchicum autumnale ni ko‘paytirish usullari Toshkent davlat agrar universiteti axborot–maslaxat markazi (Extension center) hududida 0,10 ga maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 apreldagi 05/05/2509-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuz savrinjonini etishtirishdan keladigan daromadni 1,8 barobarga oshirish imkonini bergan.