Shodieva Nilufar Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Piratsetam va sinnarizin asosida nootrop dori preparatlarini takomillashtirish va ishlab chiqishning farmakotexnologik xususiyatlari», 15.00.01–Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Far13.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Hakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori; Xalimov Abdurahim Xalimovich, farmatsevtika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: piratsetam va sinnarizin asosida tabletka, kapsula, granula dori turlari tarkibini ishlab chiqish va texnologiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bosh miyada qon aylanishini yaxshilovchi piratsetam asosidagi tabletkalar, pediatriya amaliyotida ishlatishga mo‘ljallangan kapsula va granula dori shakllarining tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor bosh miya qon tomirlarini kengaytiruvchi sinnarizin asosidagi pediatrik amaliyotga mo‘ljallangan granula dori shakllarining tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
«Piratsetam 0,2g va 0,4g» qobiqlanmagan tabletkalari, «Pirats» kapsulasi va «Granpir» granulasi, shuningdek kal`siy kanali blokatori ta’siriga ega bo‘lgan «Singran» granulasi preparatlari yaratilgan;
«Piratsetam 0,2g va 0,4g», «Pirats», «Granpir» va «Singran» dori shakllarining sifatini nazorat qilish va standartlash usullari hamda turg‘unligini ta’minlovchi saqlanish sharoitlari va yaroqlilik muddatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yaratilgan dori preparatlarining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Piratsetam 0,2g va 0,4g» tabletkalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan me’yoriy hujjat tasdiqlangan (KFM 42Uz-15745533-2524-2014). Ushbu preparatning ishlab chiqarilishi miyaning kognitiv funksiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi tayyor dori turlari assortimentini yanada ko‘paytirish imkonini bergan;
«Piratsetam» nootrop preparatiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat berilib, «Piratsetam» 0,2g va 0,4g tabletkalari «SAMO» MChJ korxonasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan (18.06.2014 y.; 14/207/7-son guvohnoma). Natijada iqtisodiy jihatdan samarador bo‘lgan dori vositasini ishlab chiqarish, olingan preparat miyada qon aylanishini buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni davolash hamda ushbu preparatlarni ishlab chiqarish importini qisqartirish, bir qator tibbiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish imkonini bergan.