Rustamov Jaxongir Ikrom o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erta tug‘ruq sog‘lom avlodni shakllantirishga to‘siq bo‘luvchi ijtimoiy omil sifatida”, 22.00.02 - Ijtimoiy tizim, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/S149.
Ilmiy rahbar: Abduramanov Xamid Xudaybergenovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01
Rasmiy opponentlar: Sobirova Umida Farxadovna, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent; Abduraxmonova Manzura Manafovna, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda erta tug‘ruq holatlarini sotsiologik jihatdan tadqiq etish orqali voyaga etmaganlar o‘rtasida tug‘ruqning oldini olish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy hayot sikli tartiblarining izdan chiqishi oqibatida voyaga etmaganlar orasida sotsial qadriyatlar ekvivalentlari “lost generation” g‘oyasidan kelib chiqib avlodlararo vorisiylikdagi uzilishlarning paydo bo‘lishi ta’sirida reproduktiv fe’l-atvor transformatsiyasi sotsiologik asoslangan;
jinsiy erkinlik va erta nikohning ijtimoiy, axloqiy, huquqiy oqibatlaridan ogohlantirishda tengdoshlar guruhi orqali jamoatchilik tashabbuslarini e’tiborga olib yoshlarning ichki zahiralarini faollashtirishga yo‘naltirilgan jonli ijtimoiylashuvning yo‘lga qo‘yilishi asoslantirilgan;
voyaga etmaganlarning sotsial muhitida kechayotgan shaxsiy hamda jamoaviy  munosabatlarda erta tug‘ruqning oldini olishga yo‘naltirilgan kreativ vaynlarning virtual muhitining oila-maktab-mahalla orqali yo‘lga qo‘yilishi sotsiologik asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi hududlari kesimida tug‘ilishlar soni va koeffisienti, erta tug‘ruqlar sonining “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajali ko‘rsatkichlar asosida o‘rta muddatli (2040-yilgacha) demografik prognoz ssenariylari ARIMA va MORTPAK modellari asosida ishlab chiqilgan.
IV.Natijalarining joriy qilinganligi. O‘zbekistonda erta tug‘ruq holatining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
oilaviy hayot sikli tartiblarining izdan chiqishi oqibatida voyaga etmaganlar orasida sotsial qadriyatlar ekvivalentlari “lost generation” g‘oyasidan kelib chiqib avlodlararo vorisiylikdagi uzilishlarning paydo bo‘lishi ta’sirida reproduktiv fe’l-atvor transformatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2022-yil 13-dekabrdagi 190-sonli bayoni ilovasining 15-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 2-oktyabrdagi 01/09-1624A-sonli ma’lumotnomasi), shuningdek, “O‘zbekistonda erta tug‘ruq holati: muammo, sabab va oqibat” nomli uslubiy qo‘llanmada (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining 2023-yil 23-noyabrdagi DGU-006976-sonli guvohnomasi) o‘z aksini topgan. Natijada erta tug‘ruq holatining oldini olishga qaratilgan uslubiy ta’minot yaxshilangan;
jinsiy erkinlik va erta nikohning ijtimoiy, axloqiy va huquqiy oqibatlaridan ogohlantirishda tengdoshlar guruhi orqali  jamoatchilik tashabbuslarini e’tiborga olib, yoshlarning ichki zahiralarini faollashtirishga yo‘naltirilgan jonli ijtimoiylashuvning yo‘lga qo‘yilishi 2021–2024-yillarga mo‘ljallangan ALM–2021233200 raqamli “O‘zbekiston Respublikasida erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajralishlarni bartaraf etish bo‘yicha multimedia mahsulotlarini yaratish” nomli maqsadli amaliy loyihasining oraliq hisobotini tayyorlashda foydalanilgan (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 2-oktyabrdagi 01/09-1624A-sonli ma’lumotnomasi). Natijada erta tug‘ruq holatining oldini olish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni boyitish yaratilgan;
voyaga etmaganlarning sotsial muhitida kechayotgan shaxsiy hamda jamoaviy munosabatlarda erta tug‘ruqning oldini olishga yo‘naltirilgan kreativ vaynlarning virtual muhitini “oila–maktab–mahalla” tizimi orqali yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Vazirlar Mahkamasi bilan qo‘shma majlisining 2023-yil 14-fevraldagi 6-sonli bayoniga 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatini 2023-yilda amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning 84-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 2-oktyabrdagi 01/09-1624A-sonli ma’lumotnomasi). Natijada erta tug‘ruq holatining oldini olish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni boyitish imkoni paydo bo‘lgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududlari kesimida tug‘ilishlar soni, tug‘ilish koeffisienti va erta tug‘ruqlar sonining “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajali ko‘rsatkichlar asosida o‘rta muddatli (2040-yilgacha) demografik prognoz ssenariylari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmonining 2-ilova 91-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 2-oktyabrdagi 01/09-1624A-sonli ma’lumotnomasi). Prognoz ko‘rsatkichlari erta tug‘ruq holatining oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish