To‘xtaeva Feruza Shonazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribaviy qandli diabetda metabolik buzilishlarni Plantago turkumiga mansub o‘simliklar polifenollar summasi bilan korreksiyalash», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1010.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Ergashova Mukarramoy Jurabaevna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Plantago major L. va Plantago lanceolata L. o‘simliklari polifenollari tarkibini aniqlash hamda ushbu polifenollar summasini tajribaviy qandli diabetda moddalar almashinuviga bo‘lgan biokimyoviy taʻsirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston hududida uchrovchi P. major va P. lanceolata o‘simliklarining polifenollar tarkibi qiyosiy tahlil qilinganda har ikki tur Plantago turkumiga kirishiga qaramay ularning polifenollari tarkibida o‘ziga xosliklar aniqlandi;
Plantago turkumiga kiruvchi bu o‘simliklardan ajratib olingan polifenollar summasida gipoglikemik xususiyat mavjudligi uglevod ko‘rsatkichlari natijalari asosida baholangan hamda har ikki tur o‘simliklari polifenollari summasi alloksanli QDda LPO jarayonlari jadalligini cheklashi, antioksidant fermentlari faolligini yuqoriroq darajada saqlashi aniqlangan;
P. major va P. lanceolata o‘simliklari polifenollari summasi QDda organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonlari ko‘rsatkichlarini intakt ko‘rsatkichlarga yaqinlashtirishi aniqlangan;
P. lanceolata o‘simligi polifenollari summasining yogʻ almashinuviga taʼsiri P. major polifenollari summasi taʻsiridan ustunligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tajribaviy QDda metabolik buzilishlarni Plantago turkumiga mansub o‘simliklar polifenollari summasi bilan korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
P. major o‘simligidan ajratib olingan substansiya tajribaviy QDda metabolik buzilishlarni oldini olish to‘gʻrisida olingan natijalardan Medical Center at Training & Research Institute – Jeramba Ilmu Sukses loyixasida tajribaviy QDda P. major polifenollari substansiyasining gipoglikimik xususiyatidan foydalanilgan (Indoneziya o‘quv va ilmiy-tadqiqot instituti tibbiyot markazining 2022-yil 22-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, P. major substansiyasi QD simptomlarida metabolik buzilishlarning oldini olish va davolash imkonini bergan;
P. lanceolata o‘simligidan ajratib olingan polifenollar substansiyasi tajribaviy QD kasalligining rivojlanish mexanizmlarida metabolik buzilishlarning oldini olish to‘gʻrisida olingan natijalardan Gyoteborg Universitetining (Shvesiya) Research Center for Molecular and Clinical Medicine loyihasida tajribaviy QDda polifenollar substansiyasining biologik faolliklari kasallikning rivojlanish mexanizmlarida oldini olish va davolash maqsadida foydalangan (Gyoteborg universiteti molekulyar va klinik tibbiyot tadqiqot markazining 2022-yil 29-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, P. lanceolata substansiyasi QD simptomlarida giperglikemiyani oldini olish va kasallik xavfini pasaytirish imkonini bergan;
dissertatsiya ishining ilmiy-nazariy va amaliy xulosalari asosida ishlab chiqilgan “O‘simliklardan fenol birikmalarini ajratib olish va ularni tibbiyotdagi ahamiyati” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 29-aprel 2023-yil, №03/38 raqamli guvohnoma). Natijalar, Toshkent Farmatsevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi o‘quv jarayonlari amaliyotiga joriy etilgan hamda o‘quv jarayonida samaradorlikka erishilgan.