Sidametova Zaynab Enverovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Flegmen» yangi tinchlantiruvchi yig‘masini standartlash», 15.00.02–Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Far18.
Ilmiy rahbar: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Flyura Faridovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Bobaev Isomiddin Davronovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida yangi “Flegmen” tinchlantiruvchi yig‘masini yaratish, uni tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun sifat me’yorlarini belgilash hamda standartlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekstonda o‘sadigan dorivor o‘simliklar asosida yaratilgan tinchlantiruvchi “Flegmen” yig‘masining ratsional tarkibi ishlab chiqilgan;
tinchlantiruvchi yig‘maning morfologik-anatomik diagnostik belgilari va uning tarkibidagi dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibi hamda miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
“Flegmen” dori vositasining sifatini nazorat qilish va standartlash usullari ishlab chiqilgan;
yig‘maning sifatini belgilovchi va aniqligini tavsiflovchi son ko‘rsatkichlari va uning barqarorligini ta’minlovchi saqlash sharoitlari hamda yaroqlilik muddati aniqlangan;
original dori vositasining spesifik faolligi va farmako-toksikologik xususiyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Flegmen” tinchlantiruvchi yig‘masining sifat nazorati va standartlash usullarini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:
“Flegmen” 50 g, 100 g (polietilen paketchalar, karton korobkalarda) tinchlantiruvchi yig‘maga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat berilgan (21.06.2015 y.; 03-13-son guvohnoma). Natijada olingan preparat asab kasalliklarini davolashda qo‘llash imkonini bergan;
“Flegmen” tinchlantiruvchi preparati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan ro‘yxatiga olingan (“FLEGMEN” № DV/M 00539/12/15). Mazkur me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi mahalliy xomashyo asosida yaratilgan, iqtisodiy jihatdan samarador bo‘lgan dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
dori vositasining korxona farmakopeya maqolasi “Flegmen” tinchlantiruvchi yig‘masi uchun me’yoriy hujjat (FM 42 Uz-2320-2015) tasdiqlanib, “Flegmen” tinchlantiruvchi preparati “SORB-TEH” MChJ korxonasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan (23.12.15 y. №29-son guvohnoma). Natijada “Flegmen” tinchlantiruvchi preparatini ishlab chiqarish importni qisqartib, bir qator tibbiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish imkonini bergan.