Ibragimov Zafar Zokirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda osteoporoz kasalligida suyak to‘qimasi metabolizmini boshqaruvchi ba’zi genlarning polimorfizm xususiyatlari», 03.00.01–Biokimyo; 03.00.03–Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B62.
Ilmiy rahbarlar: Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Boboev Kodirjon Tuxtaboevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Azimova Shaxnoz Sadikovna, biologiya fanlari doktori, professor;
Alimxodjaeva Paraxat Rustamovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda osteoporoz xavfi rivojlanishida suyak to‘qimasi metabolizmini boshqaruvchi asosiy genlarining ba’zi polimorfizm xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kollagen 1-tipining al`fa zanjiri (COL1A1), estrogen al`fa reseptori (ESR1), kal`sitonin reseptori (CALCR) vitamin D reseptori (VDR) genlarini rs1107946, rs2228480, rs1801197, rs10735810 polimorfizmlarining tarqalish chastotasi aniqlangan;
ilk bor suyak to‘qimasi metabolizmini boshqaruvchi asosiy COL1A1, ESR1, CALCR, VDR genlari bilan osteoporoz va osteopeniya rivojlanishidagi assotsiatsiyalari hamda prognostik xususiyatlari isbotlangan;
ilk bor COL1A1, ESR1, CALCR, VDR genlarining rs1107946, rs2228480, rs1801197, rs10735810 polimorfizmlarini boshqa hududiy populyasiyalarda uchrash chastotasi baholangan;
vitamin D reseptori geni 2-ekzon sohasi sekvenirlanganda ikki turdagi rs2225870 va rs2225872 polimorfizmi mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suyak to‘qimasi metabolizmini boshqaruvchi asosiy COL1A1, ESR1, CALCR, VDR genlarining polimorfizmlarini tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suyak to‘qimasi metabolizmini boshqaruvchi asosiy COL1A1, ESR1, CALCR, VDR genlarining polimorfizmlarini molekulyar-genetik aniqlash usullari Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 1 iyundagi 8n-4/156-son ma’lumotnomasi). Natijada molekulyar-genetik tekshirish usullarining qo‘llanilishi osteoporoz rivojlanishi xavfini aniqlash imkonini bergan;
osteoporoz kasalligida suyak to‘qimasi metabolizmini boshqaruvchi ba’zi genlarning polimorfizm xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotida foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 1 iyundagi 8n-4/156-son ma’lumotnomasi). Natijada suyaklar sinishi xavfini samarali prognozlash va profilaktika qilish imkonini bergan.