Tangyariqov Normurod Sayitovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asetilenning gidratatsiya reaksiyalariga yangi katalizatorlar yaratish va xossalarini o‘rganish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T18.

Ilmiy maslahatchi: Turobjonov Sadriddin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Sayfutdinov Ramziddin Sayfutdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Maxsumov Abduhamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

IITadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida atsetilen va piridinli hosilalarini bug‘ fazada gidratatsiyalash uchun yangi tarkibli katalizatorlar ishlab chiqarish va texnologiyalarni yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

atsetilen va uning hosilalarini polifunksional katalizatorlar ishtirokida aminlash va gidratlash jarayoni uchun optimal sharoitlar aniqlangan;

kadmiy, rux, nikel` va temir tutuvchi katalizatorlarning samaradorligi aniqlangan;

atsetal`degid, atseton va piridinli asoslarni bir bosqichli usulda olish maqsadida geterotsikllash va gidratlash uchun yangi polifunksional katalitik sistemalar yaratilgan;

ilk bor gidratatsiyalash va geterotsikllashga kadmiy, rux, temir, nikel`, xrom va alyuminiy metallarining gidroksiftoridlarining ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;

yaratilgan yangi polifunksional katalizatorlar bug‘ fazali gidratlash, atsetilen va uning hosilalarining geterotsikllanishida universal katalizator ekanligi isbotlangan;

atsetilenni gidratlanish jarayoni selektivligi asosan katalizatorlar tarkibidagi faol komponentlar tarkibiga bog‘liqligi, bunda kadmiy birikmalari jarayonni atsetal`degidning hosil bo‘lishiga ruxli birikmalar esa atseton hosil bo‘lish tomoniga yo‘naltirilishi aniqlangan;

atsetilenning bug‘ fazali gidratatsiyasida atseton strukturasining shakllanish mexanizmi aniqlangan;

mahalliy xomashyolar asosida gazlarni qayta ishlash uchun katalizatorlar olish va ishlatish texnologiyalari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Asetilenning gidratatsiya reaksiyalariga yangi katalizatorlar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

atsetilenni gidratatsiyalash uchun texnik-me’yoriy hujjatlar – rux alyuminiy katalizatorining ishlab chiqarish texnologik reglamenti «O‘zkimyosanoatloyiha» tomonidan tasdiqlangan («Navoiyazot» AJning  2018 yil 1 maydagi 4580-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida atsetilenni gidratatsiyalash uchun katalizatorlar olish imkonini bergan;

atsetilenni gidratatsiyalash uchun mahalliy xomashyolar asosida katalizatorlar olish tarkibi, ya’ni ruxalyuminiy katalizatori  «Navoiyazot» AJda amaliyotgga joriy etilgan («Navoiyazot» AJ ning  2018 yil 1 maydagi 4580-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida atsetilenni gidratatsiyalash va aminlash uchun yangi tarkibli katalizatorlar olish imkonini bergan;

atsetilenni gidratatsiyalash uchun yaratilgan katalizatorlarni olish texnologiyasi «Navoiazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiyazot» AJning  2018 yil 1 maydagi 4580-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida atsetilenni gidratatsiyalash atsetal`degid ishlab chiqarish sexi reglamentiga mos ravishda o‘tkazilgan va yangi katalizatorlar olish imkonini bergan;

atsetilen va uning hosilalarini mono- va bifunksional katalizatorlar ishtirokida aminlash va gidratsiyalash texnologiyasi  «Navoiazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiyazot» AJning  2018 yil 1 maydagi 4580-son ma’lumotnomasi). Natijada bu katalizatorlarning barqarorligi chetdan keltiriladagan kal`siy-kadmiy-fosfat katalizatori-nikidan 1,5 marta yuqori ekanligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish