Eshbaev Erkin Abduxalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Onasida preeklampsiya va eklampsiya bo‘lgan erta neonatal davrida o‘lgan chaqaloqlar yuragining patomorfologik xususiyatlari», 14.00.15–Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib401.
Ilmiy rahbar: Tursunov Hasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mavlyan-Xodjaev Ravshan Shuxratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliev Baxrom Raximberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: preeklampsiya bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlar yuragida rivojlanishi mumkin bo‘lgan patologik jarayonlarning morfologik va morfometrik xususiyatlarini ochishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
preeklampsiya bilan kasallangan ona organizmining bolaga ta’sirida yurak chap qorinchasiga nisbatan o‘ng qorincha bo‘shlig‘ining nisbiy hajm koeffisienti o‘zgarganligi, ya’ni vazn-hajm nisbati me’yorga (1,28) nisbatan oshganligi (1,82); miokardning nisbiy zichlik koeffisienti me’yorga nisbatan (2,99) keskin tushib ketganligi (1,79); miokardning stroma-parenxima nisbati koeffisienti me’yorga (56,2%) nisbatan ko‘tarilib (64,7%) ketganligi isbotlangan;
preeklampsiya bilan kasallangan ona organizmining bolaga ta’sirida rivojlangan distrofik, nekrobiotik, yallig‘lanishli va disregenerator o‘zgarishlar ko‘proq o‘ng qorincha va o‘ng bo‘lmacha endokardida ustun turganligi, endokard yuzasida nekroz va tromb paydo bo‘lganligi, intimasida biriktiruvchi to‘qimali skleroz rivojlanishi isbotlangan;
miokard qon tomirlarning barchasida asosan bazal membranasi va elastik tolali qavati dezorganizatsiyaga uchraganligi, mikrotsirkulyator tomirlar bazal membranasi mukoid va fibrinoid bo‘kishga uchrab, atrofida shish va gemorragiya rivojlangan bo‘lsa, arteriya va arteriolalarning bu qatlamlarida tomirni toraytiruvchi gialinoz va skleroz kabi o‘zgarishlar asoslangan;
miokardning stroma-tomir tuzilmalaridagi dezorganizatsiyali o‘zgarishlar kardiomiotsitlar sarkoplazmasining shishiga, bo‘kishiga, miofibrillalarining titilishi, fragmentatsiyalanishi, gomogenlanishi va fibrozlanishiga aylanishi va morfogenetik tashxislash tartibi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Onasida preeklampsiya va eklampsiya bo‘lgan erta neonatal davrida o‘lgan chaqoloqlar yuragining patomorfologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ona preeklampsiyasida bola yuragidagi patomorfologik o‘zgarishlar» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 apreldagi 8n-r/87-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma onasida preeklampsiya bo‘lgan chaqaloqlar yuragidagi patomorfologik o‘zgarishlarni aniqlash, ularning oldini olish va vaqtida davolash tartibini tizimli tashkillashtirish imkonini bergan;
onasida preeklampsiya va eklampsiya bo‘lgan erta neonatal davrida o‘lgan chaqaloqlar yuragining patomorfologik xususiyatlarini va morfometrik ko‘rsatkichlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika patologik anatomiya markazi va Toshkent shaxar patologoanatomik byurosi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 1 iyundagi 8n-d/115-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi onasida preeklampsiya va eklampsiya bo‘lgan erta neonatal davrida o‘lgan chaqaloqlar yuragidagi patomorfologik o‘zgarishlari, qon tomirlar devori va oraliq biriktiruvchi to‘qimada distrofiya va dezorganizatsiya ko‘rinishida boshlanib, so‘ng bu jarayonlarning kardiomiotsitlar, sarkoplazmasiga tarqalishi va kardiomoidistrofiya rivojlanishi va ulardagi morfometrik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi bu kasallikni erta tashxislash, kasallikni davolash va prognozlashni, bemorlar hayotini yaxshilash asoratlari sonini kamaytirish imkonini bergan.