Rustamov Baxtiyor Boysarievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bemorlar ovqat sifatini qizil pal`ma moyidan foydalanish orqali yaxshilash», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib602.
Ilmiy rahbar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Muqaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori; Xasanova Mamura Ikramovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bemorlar ovqat sifatini qizil pal`ma moyi «Premium Carotino»dan foydalanish orqali yaxshilash chora-tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor pal`ma mevasi etidan tayyorlangan rafinirlangan «Premium Carotino» qizil pal`ma moyining tabiiy sog‘lomlashtiruvchi xususiyati hamda ozuqaviy, biologik qiymati, kimiyoviy tarkibi ilmiy asoslangan;
pal`ma daraxati meva mag‘izidan tayyorlangan rafinirlangan qizil pal`ma moyi «Premium Carotino»ni tibbiy-biologik xavfsizligi tajriba hayvonlarida toksikologik jihatdan baholangan;
temir tanqislik kamqonligi bilan xastalangan bemorlar uchun meva etidan tayyorlangan «Premium Carotino» qizil pal`ma moyi qo‘shilgan milliy taomli davolash parhezini qo‘llash orqali isbotlangan;
me’da ichak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar kasallikni davolash va profilaktik komplekslarga qizil pal`ma moyini qo‘shishning tizimli tartibi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bemorlar ovqat sifatini qizil pal`ma moyidan foydalanish orqali yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qizil pal`ma moyidan ovqatlanishda foydalanishning tibbiy biologik asoslash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 maydagi 8n-d/128-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma pal`ma daraxati meva etidan tayyorlangan «Premium Carotino» moyining organoleptik, fizik-kimyoviy va tibbiy biologik xavfsizligi baholash imkonini bergan.
«Qizil pal`ma moyidan ovqatlanishda foydalanishning tibbiy biologik asoslash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 maydagi 8n/128-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma qizil pal`ma moyi «Premium Carotino»ni temir tanqislik kamqonligi va oshqozon ichak tizimi kasalliklari bilan xastalangan bemorlarda kasallikni davolash va xavf omillarini kamaytirish imkonini bergan;
bemorlar ovqat sifatini qizil pal`ma moyidan foydalanish orqali yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi dietologiya ilmiy amaliy markazi klinik amaliyotiga, OOO «AFSUN MAYSA» aksiodorlik jamiyatining ishlab chiqarish faoliyatiga, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Gigiena kafedrasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 iyundagi 8n-z/124-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi «Premium Carotino» tabiiy sog‘lomlashtiruvchi, rafinirlangan qizil pal`ma moyining toksikologik jihatdan xavfsiz, ozuqaviy va biologik qiymatini yuqori tarkibida tokotrienollar o‘rtacha miqdori 675+72,1ni, boshqa yog‘larda bu modda mutlaqo bo‘lmasligi hamda kamqonlik bilan xastalangan bemorlarda gemoglobin ko‘rsatkichi 10 g/l dan 15,8 g/lga oshganligi, kasallikning klinik belgilari 25% kamayganligi hamda bemorlar hayot sifati yaxshilanganligini imkonini yaratgan.