Hikmatov Akmal Sadulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nevrolog-shifokorlar ijtimoiy-psixologik kompetentligining o‘ziga xos jihatlari”, 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P612.
Ilmiy rahbar: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Muxtorov Erkin Mustafoevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nevrolog shifokorlar ijtimoiy-psixologik kompetentligining o‘ziga xos jihatlarini ochib berish asosida uni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nevrologlardagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikning mehnat tajribasiga bog‘liq holda namoyon bo‘lishi natijasida shifokorning o‘z professional imidjini shakllanishi bilan bog‘liq shaxs xususiyatlari shaxslararo munosabatlarda verbal ta’sir etish ko‘nikmasini faollashuviga olib kelganligi tufayli tibbiy muloqotdagi kommunikativ kompetentlikning ustuvor rivojlanishi dalillangan;
nevrolog-shifokorlarning sotsial-kommunikativ kompetentligi xususiyatlarini faktorial tahlil qilish natijasida suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birini anglashi, tushunishi, o‘zaro pralingvistik, tarbiyaviy ta'sir mexanizmlaridan unumli foydalana olish ko‘nikmasini rivojlanganlik darajasi ijtimoiy yo‘nalganlikni oshirganligi tufayli “muloqotchanlik”, “mantiqiy tafakkur”, “emotsional barqarorlik”ning ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
nevrolog-shifokorlardagi ijtimoiy-psixologik kompetentlik indeksini belgilab beruvchi sotsial-persepsiv, kommunikativ, kognitiv, autopsixologik komponentlar insonlarni hamda vaziyatni tushunish, emotsional barqarorlik, konstruktiv insoniy munosabatlarni o‘rnatishga intilish bilan bog‘liq ijtimoiy yo‘nalganlik hamda bilimdonlikni ustuvor namoyon bo‘lishiga olib kelganligi sababli professional imidjni shakllanishini ta'minlovchi shaxs sifatlarini rivojlanishiga identiv namoyon bo‘lishi asoslangan;
“shifokor-bemor va uning yaqinlari”, “shifokor-shifokor” munosabatlari tizimida konstruktiv muloqotning rivojlanishi kommunikativ passivlikni, frustratsiyani engishga, shaxslararo munosabatlardagi mavhumlikni muvofiqlashtirishga hamda shaxsning o‘z mavqeini oshirishga yo‘nalganlik jihatlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi tufayli nevrologlardagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikni shakllanganlik darajasiga identiv ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Nevrolog-shifokorlar ijtimoiy-psixologik kompetentligining o‘ziga xos jihatlari masalasini tadqiq etish natijasida:
nevrologlardagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikning mehnat tajribasiga bog‘liq holda namoyon bo‘lishi natijasida shifokorning o‘z professional imidjini shakllanishi bilan bog‘liq shaxs xususiyatlari shaxslararo munosabatlarda verbal ta’sir etish ko‘nikmasini faollashuviga olib kelganligi tufayli tibbiy muloqotdagi kommunikativ kompetentlikning ustuvor rivojlanishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-41-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 7-avgustdagi PM-43-son ma’lumotnomasi). Natijada nevrolog-shifokorlarda kommunikativ kompetentlik namoyon bo‘lishi xususiyatlari tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
nevrolog-shifokorlarning sotsial-kommunikativ kompetentligi xususiyatlarini faktorial tahlil qilish natijasida suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birini anglashi, tushunishi, o‘zaro pralingvistik, tarbiyaviy ta'sir mexanizmlaridan unumli foydalana olish ko‘nikmasini rivojlanganlik darajasi ijtimoiy yo‘nalganlikni oshirganligi tufayli “muloqotchanlik”, “mantiqiy tafakkur”, “emotsional barqarorlik”ning ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-41-son buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 7-avgustdagi PM-43-son ma’lumotnomasi). Natijada nevrolog-shifokorlarda bemor-shifokor munosabatlarida tarbiyaviy ta'sir mexanizmlaridan unumli foydalana olish ko‘nikmasini rivojlantirishga erishilgan;
nevrolog-shifokorlardagi ijtimoiy-psixologik kompetentlik indeksini belgilab beruvchi sotsial-persepsiv, kommunikativ, kognitiv, autopsixologik komponentlar insonlarni hamda vaziyatni tushunish, emotsional barqarorlik, konstruktiv insoniy munosabatlarni o‘rnatishga intilish bilan bog‘liq ijtimoiy yo‘nalganlik hamda bilimdonlikni ustuvor namoyon bo‘lishiga olib kelganligi sababli professional imidjni shakllanishini ta’minlovchi shaxs sifatlarini rivojlanishiga identiv namoyon bo‘lishi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-41-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 7-avgustdagi PM-43-son ma’lumotnomasi). Natijada nevrolog-shifokorlarda shaxs differensial xususiyatlarining shaxs sifatlarini namoyon bo‘lishiga ta’sirini dalillash imkoniyati yaratilgan;
“shifokor-bemor va uning yaqinlari”, “shifokor-shifokor” munosabatlari tizimida konstruktiv muloqotning rivojlanishi kommunikativ passivlikni, frustratsiyani engishga, shaxslararo munosabatlardagi mavhumlikni muvofiqlashtirishga hamda shaxsning o‘z mavqeini oshirishga yo‘nalganlik jihatlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi tufayli nevrologlardagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikni shakllanganlik darajasiga identiv ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-41-son buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 7-avgustdagi PM-43-son ma’lumotnomasi). Natijada nevrolog-shifokorlarda kasbiy kommunikativ kompetenligini rivojlantirishning psixokorreksion amaliy-uslubiy ta’minotni shakllantirish usuli ishlab chiqilgan.