Razakov Farxod Kuvandikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumta’lim maktablarida o‘qitish sifatini oshirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P378.
Ilmiy rahbar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich psixologiya fanlari doktori, professor; Baykunusova Gulmira Yuldibaevna psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida o‘qitish sifatini oshirishning psixologik xususiyatlarini takomillashtirish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida o‘qitish sifatini oshirishning psixologik jihatlari o‘quvchilarning «akademik o‘zlashtirish darajasi» va «pedagogning o‘z ustida ishlash» samaradorligini real hamda «ijtimoiy kutuvlarga» mos didaktik jarayondagi o‘zaro integral tafovutlar tufayli ta’limning sub’ektiv mezonlarini differensiatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘qitish sifatini oshirishda o‘quvchilarning akademik o‘zlashtirish darajasiga didaktik-korreksion ta’sir etishda shaxsning «ijtimoiy Men»ni shakllantirish va ta’lim bilan bog‘liq affilyativ (tengdoshlar bilan munosabat, hamkorlikdagi faoliyat) ehtiyojlarni me’yorlashtirish, o‘qishga nisbatan «baholovchi emotsional» munosabatni barqarorlashtirish orqali mantiqiy va obrazli tafakkur, axborotni qayta ishlash, diqqat, qisqa muddatli nutqiy va ko‘rish xotirasini rivojlantirish muhimligiga ko‘ra ta’limiy ehtiyojlarni faollashuviga ustuvorlik berish zarurati ekanligi dalillangan;
umumta’lim maktablarida o‘qitish sifatini oshirish uchun jarayonni rejalashtirish bilan bog‘liq proektiv tafakkur, faoliyat natijasini baholash, mustaqil fiklash, o‘zini-o‘zi nazorat qilishning «men - pedagog» kontekstidagi o‘ziga munosabat bilan uyg‘un rivojlanishi tufayli pedagogning o‘z ustida ishlash ko‘nikmasiga korreksion ta’sir etishning integral xususiyatlari asoslangan;
o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishda topshiriqlarga, sub’ektiv faoliyat natijalariga nisbatan qiziqish, raqobatlashishga intilish, tashabbuskorlik, irodaviy zo‘r berishdagi differensial farqlar pedagogning o‘ziga ishonch hissini shakllanishiga olib kelganligiga asoslanib, shaxs intilishlar darajasiga ta’sir etishning pedagogik-psixologik jihatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida o‘qitish sifatini oshirishning psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim maktablarida o‘qitish sifatini oshirishning psixologik jihatlari o‘quvchilarning «akademik o‘zlashtirish darajasi» va «pedagogning o‘z ustida ishlash samaradorligi»ni real hamda «ijtimoiy kutuvlarga» mos didaktik jarayondagi o‘zaro integral tafovutlar tufayli ta’limning sub’ektiv mezonlarini differensiatsiyalash asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-76-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiya”, “Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-76 a son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida o‘qitish sifatini oshirishning psixologik jihatlarining o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilingan;
o‘qitish sifatini oshirishda o‘quvchilarning akademik o‘zlashtirish darajasiga didaktik-korreksion ta’sir etishda shaxsning «ijtimoiy Men»ni shakllantirish va ta’lim bilan bog‘liq affilyativ (tengdoshlar bilan munosabat, hamkorlikdagi faoliyat) ehtiyojlarni me’yorlashtirish, o‘qishga nisbatan «baholovchi emotsional» munosabatni barqarorlashtirish orqali mantiqiy va obrazli tafakkur, axborotni qayta ishlash, diqqat, qisqa muddatli nutqiy va ko‘rish xotirasini rivojlantirish muhimligiga ko‘ra ta’limiy ehtiyojlarni faollashuviga ustuorlik berish zarurati ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-76-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiya”, “Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-76 a son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qitish sifatini oshirishda o‘quvchilarning akademik o‘zlashtirish darajasini oshirish uchun o‘quvchilarning bilish faoliyatiga, didaktik-korreksion ta’sir etishning psixologik xususiyatlari tizimlashtirish;;
umumta’lim maktablarida o‘qitish sifatini oshirish uchun jarayonni rejalashtirish bilan bog‘liq proektiv tafakkur, faoliyat natijasini baholash, mustaqil fiklash, o‘zini-o‘zi nazorat qilishning «men - pedagog» kontekstidagi o‘ziga munosabat bilan uyg‘un rivojlanishi tufayli pedagogning o‘z ustida ishlash ko‘nikmasiga korreksion ta’sir etishning integral xususiyatlari asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-76 son buyrug‘i bilan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-76 a son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida o‘qitish sifatini oshirish uchun pedagogning o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini ta’siriga bog‘liq jihatlarni yoritilgan;
o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishda topshiriqlarga, sub’ektiv faoliyat natijalariga nisbatan qiziqish, raqobatlashishga intilish, tashabbuskorlik, irodaviy zo‘r berishdagi differensial farqlar pedagogning o‘ziga ishonch xissini shakllanishiga olib kelganligiga asoslanib, shaxs intilishlar darajasiga ta’sir etishning pedagogik-psixologik jihatlari dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-76 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-76 a son ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarda o‘z ustida ishlash faoliyatining shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni tahlil qilingan.