Omonova Umida Tulkinovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston hududlarida zo‘rayib boruvchi Dyushen/Bekker mushak distrofiyalarining klinik, molekulyar-genetik aspektlari va ularni tashxislashda yangicha yondashuvlar», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib159.

Ilmiy maslahatchi: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kilichev Ibadulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turdikulova Shaxloxon Utkurovna, biologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Federal davlat byudjet muassasasiga qarashli I.P. Bexterov nomidagi Odam miyasi ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya federatsiyasi).

Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda zo‘rayib boruvchi Dyushen/Bekker mushak distrofiyalarining klinik-nevrologik xususiyatlari va molekulyar-genetik aspektlarini baholash hamda ZBD/BMDni erta tashxislash va oldini olish uchun tibbiy-genetik maslahat strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. 

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

zo‘rayib boruvchi Dyushen/Bekker mushak distrofiyali bemorlarda klinik, biokimyoviy, paraklinik va molekulyar-genetik o‘zgarishlar asosida tashxislashning kompleks yondashuv tizimi asoslangan;

mamlakatimiz hududlari uchun distrofin geni mutatsiyasi va kasallikning geterozigota tashuvchanligi isbotlangan;

hududlarimiz uchun distrofin genining distal va davomli mutatsiyalari xosligi hamda Dyushen/Bekker mushak distrofiyasining klinik-genetik korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;

O‘zbekistonda Dyushen/Bekker mushak distrofiyasini oldini olish tizimi, tibbiy-genetik maslahat va prenatal tashxisotining samarali mexanizmi ishlab chiqilgan;

Dyushen/Bekker mushak distrofiyasi bilan og‘rigan bemor bolalarda harakat faoliyati va aqliy qobiliyatni yaxshilash maqsadida davolash kompleksi tarkibida levokarnitin, korteksin va memantin gidroxlorid samaradorligi isbotlangan.

VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

zo‘rayib boruvchi Dyushen/Bekker mushak distrofiyalarining klinik, molekulyar-genetik aspektlari va ularni tashxislashda yangicha yondashuvlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Dyushen/Bekker zo‘rayib boruvchi mushak distrofiyalarini tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 1 noyabrdagi 8n-m/165-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma zo‘rayib boruvchi Dyushen/Bekker mushak distrofiyalarini tashxislash tartibi tizimini ishlab chiqish imkonini bergan;

«Dyushen/Bekker xastaligida bolalarda zo‘rayib boruvchi mushaklar distrofiyasining rivojlanish darajasini ul`trasongrafiya usulida tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 8n-r/75-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Dyushen/Bekker xastaligida  bolalarda zo‘rayib boruvchi mushaklar distrofiyasi rivojlanishini ul`trasonografiya usulida erta tashxislash hamda qiyosiy tasxislash  imkonini bergan;

«Dyushen/Bekker xastaligida bolalardagi zo‘rayib boruvchi mushaklar distrofiyasida harakat va intellektual faoliyatni metabolik  korreksiyalash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 8n-r/76-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Dyushen/Bekker xastaligida  bolalarda zo‘rayib boruvchi mushaklar distrofiyasidagi harakat va intellektual faoliyatni metabolik  korreksiyalash imkonini bergan;

Dyushen/Bekkerning zo‘rayib boruvchi mushaklar distrofiyasining molekulyar-genetik aspektlari va klinik-nevrologik o‘ziga xosligini o‘rganish, kasallikni oldini olish va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika  Ona va bola skriningi markazi, Kashqadaryo, Samarqand, Namangan viloyatlari Ona va bola skriningi markazlari, Toshkent viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 8n-d/75-son ma’lumotnomasi). Natijada zo‘rayib boruvchi Dyushen/Bekker mushak distrofiyalarini tashxislash va davolashni optimallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish