Xamraqulov Shavkatjon Salimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomasini tartibga solish masalalari», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu741.
Ilmiy rahbar: Omonboy Okyulov, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Musaev Bekzod Tursunboevich, yuridik fanlar doktori, professor; Choriev Murod Shokirjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikni va xorijiy tajribalar orqali mazkur muammolarni hal etishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agar nogironligi bo‘lgan shaxs uzrsiz sababga ko‘ra belgilangan muddatda qayta ko‘rikdan o‘tish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga bormagan bo‘lsa, unga pensiya to‘lash to‘xtatib turiladi, u yana nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda esa to‘xtatib turilgan kundan e’tiboran, lekin ko‘pi bilan bir oy oldin pensiyani to‘lash qayta tiklanishi, umumiy kasallik tufayli mehnat qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxsga mehnat qobiliyati tiklanganligi sababli pensiya to‘lash to‘xtatilgan yoki u qayta ko‘rikdan o‘tish uchun uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi oqibatida to‘xtatib turilgan bo‘lsa, keyinchalik u yana nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda, basharti pensiyani to‘lash to‘xtatilganidan keyin besh yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, ilgari tayinlangan pensiyani to‘lash nogironlik belgilangan kundan e’tiboran yangitdan qayta tiklanadi, agar besh yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, pensiya umumiy asoslarda yangitdan tayinlanishiga oid takliflar asoslantirilgan;
kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi – kasbga oid mehnat qobiliyatining ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisasi yuz bergunigacha bo‘lgan, foizlarda ifodalangan, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan aniqlanadigan pasayish ekanligi asoslantirilgan;
xodimlarning ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasini, shuningdek ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasini ta’minlashi zarurligi hamda ish beruvchining sportchining hayoti va sog‘lig‘i sug‘urta qilinishini, sportchining qo‘shimcha tibbiy va boshqa xizmatlarni olish maqsadida tibbiy sug‘urta qilinishini ta’minlashga doir majburiyati to‘g‘risidagi shartlar kiritilishi shartligi asoslantirilgan;
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda – Davlat mehnat inspeksiyasi) ish beruvchilar tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, aholining bandligi, ish beruvchining javobgarligini majburiy sug‘urtalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish qoidalari hamda mehnat standartlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshiradigan vakolatli organ ekanligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomasini tartibga solish masalalari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
agar nogironligi bo‘lgan shaxs uzrsiz sababga ko‘ra belgilangan muddatda qayta ko‘rikdan o‘tish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga bormagan bo‘lsa, unga pensiya to‘lash to‘xtatib turiladi, u yana nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda esa to‘xtatib turilgan kundan e’tiboran, lekin ko‘pi bilan bir oy oldin pensiyani to‘lash qayta tiklanishi, umumiy kasallik tufayli mehnat qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxsga mehnat qobiliyati tiklanganligi sababli pensiya to‘lash to‘xtatilgan yoki u qayta ko‘rikdan o‘tish uchun uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi oqibatida to‘xtatib turilgan bo‘lsa, keyinchalik u yana nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda, basharti pensiyani to‘lash to‘xtatilganidan keyin besh yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, ilgari tayinlangan pensiyani to‘lash nogironlik belgilangan kundan e’tiboran yangitdan qayta tiklanadi. Agar besh yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, pensiya umumiy asoslarda yangitdan tayinlanishiga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrdagi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 938-XII-sonli Qonunining 55-moddasini takomillashtirishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 5-maydagi 15-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi nogironligi bo‘lgan shaxsga pensiyani to‘lashni qayta tiklanishi, pensiya umumiy asoslarda yangitdan tayinlash tartibini takomillashtirib chiqishga xizmat qilgan;
kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi – kasbga oid mehnat qobiliyatining ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisasi yuz bergunigacha bo‘lgan, foizlarda ifodalangan, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan aniqlanadigan pasayish ekanligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 16-apreldagi «Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida»gi O‘RQ–210-sonli Qonunining asosiy tushunchalariga oid 3-moddasining sakkizinchi xatboshisida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 5-maydagi 15-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasini aniqlash tartibi tushunchasiga aniqlik kirishga xizmat qilgan;
xodimlarning ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasini, shuningdek ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasini ta’minlashi zarurligi hamda ish beruvchining sportchining hayoti va sog‘lig‘i sug‘urta qilinishini, sportchining qo‘shimcha tibbiy va boshqa xizmatlarni olish maqsadida tibbiy sug‘urta qilinishini ta’minlashga doir majburiyati to‘g‘risidagi shartlar kiritilishi shartligi bo‘yicha takliflar Mehnat kodeksining 25-moddasi «Ish beruvchining majburiyatlari»birinchi qismi o‘n ettinchi xatboshisida ish beruvchining majburiyatlariga oid, 359-moddasi «Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari» uchinchi qismi o‘n ettinchi xatboshisida ish beruvchining mehnatni muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlariga oid hamda 503-moddasi «Sportchilar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari» uchinchi qismi oltinchi xatboshisidagi sportchining hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urta qilinishiga oid normalarda keng qo‘llinildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 5-maydagi 15-son hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 29-apreldagi 01/00-04/14-3065-son dalolatnomalari). Mazkur takliflarning qabul qilinishi barcha xodimlarning, jumladan, sport sohasi vakillarining o‘z mehnat majburiyatlarini amalga oshirishlari davomida baxsiz hodisalardan va kasb kasalliklaridan ish beruvchi tomonidan majburiy tartibda sug‘urtalanishiga oid majburiyatlarini belgilashga xizmat qilgan;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilar tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, aholining bandligi, ish beruvchining javobgarligini majburiy sug‘urtalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish qoidalari hamda mehnat standartlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshiradigan vakolatli organ ekanligi haqidagi taklifi MKning 535-moddasida o‘z ifodasini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 29-apreldagi 01/00-04/14-3065-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi Davlat mehnat inspeksiyasi vakolatlarini aniqlashtirishga, sug‘urta faoliyatni nazorat qiluvchi tuzulma sifatini namoyon etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish