Saidmamatov Olimjon Aminboy o‘g‘lining
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Orolbo‘yi mintaqasida ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2382
Ilmiy rahbar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi  mintaqasida   ekoturizmni  rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yi mintaqasining turli hududlarida turistlarga qulayliklar yaratish uchun maqsadli ekoturizm marshrutlari xaritasini ishlab chiqish va hududning turli nuqtalarida 50 ming nafar turistlarni qabul qilish imkonini beradigan ekolagerlar va ekomarshrutlarni yaratish taklifi asoslangan;  
Nukus shahrida turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan madaniy, MICE turizm, gastro turizm, mehmonxona, SPA, fitnes, umumiy ovqatlanish, turistik mahsulotlarni sotish kabi xizmatlarini kengaytirish asosida turizmga ixtisoslashgan klaster faoliyatini tashkil etishi dalillangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuruvchi sayyohlarning u erda qolish muddatlarini uzaytirish maqsadida 1 kundan 4 kungacha bo‘lgan tur paketlar ishlab chiqish hamda turizm sohasining sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan “Cash beck” chegirmalarni o‘z ichiga olgan hamyonbop turpaketlar ishlab chiqish bo‘yicha takliflar asoslangan;
Orolbo‘yi hududlari ekoturistik imkoniyati va xususiyatidan kelib chiqib, tashrif buyurayotgan xorijiy turistlar oqimning oshishini e’tiborga olgan holda turistik xizmatlar hajmining 2027-yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orolbo‘yi mintaqasida ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar asosida:
Orolbo‘yi mintaqasining turli hududlarida turistlarga qulayliklar yaratish uchun maqsadli ekoturizm marshrutlari xaritasini ishlab chiqish va hududning turli nuqtalarida 50 ming nafar turistlarni qabul qilish imkonini beradigan ekolagerlar va ekomarshrutlar tashkil etish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qaroridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil  12 dekabrdagi 02-12-17-2014-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida Orolbo‘yi mintaqasida ekoturizm ob’ektlariga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini  35 % ga ortishiga imkon yaratilgan;
Nukus shahrida turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan madaniy, MICE turizm, gastro turizm, mehmonxona, SPA, fitnes, umumiy ovqatlanish, turistik mahsulotlarni sotish kabi xizmatlarini kengaytirish asosida turizmga ixtisoslashgan klaster faoliyatini tashkil etish horalarini ko‘rish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qaroridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil  12 dekabrdagi 02-12-17-2014-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududda ekoturistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini ikki barobarga oshirish imkoniyatlari dalillangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuruvchi sayyohlarning u erda qolish muddatlarini uzaytirish maqsadida 1 kundan 4 kungacha bo‘lgan tur paketlar ishlab chiqish hamda turizm sohasining sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan “Cash beck” chegirmalarni o‘z ichiga olgan hamyonbop turpaketlar ishlab chiqish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qaroridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil  12 dekabrdagi 02-12-17-2014-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ekoturizm sub’ektlarining daromad darajasining 22%ga o‘sishiga xizmat qilgan;  
Orolbo‘yi hududlari ekoturistik imkoniyati va xususiyatidan kelib chiqib, tashrif buyurayotgan xorijiy turistlar oqimning oshishini e’tiborga olgan holda turistik xizmatlar hajmining 2027-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Turizm ko‘mitasi tomonidan qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilingan «2023-2025 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalariga»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil  12 dekabrdagi 02-12-17-2014-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Orolbo‘yi mintaqasining ekoturistik salohiyatini rivojlantirish natijasida hududlarga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonining o‘sishi dalillangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish