Nugmanov Nugman Abdullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro axborot huquqi shakllanishining nazariy-amaliy xususiyatlari», 12.00.10−Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Yu23.
Ilmiy maslahatchi: Xamedov Isa Axlimanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.27.06.2017.Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Yuriy Sayfievich, yuridik fanlar doktori, professor; Ismailov Baxadir Islamovich, yuridik fanlar doktori; Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalqaro axborot huquqining nazariy metodologik asoslarini takomillashtirish hamda milliy axborot xavfsizlik xalqaro va milliy-huquqiy ta’minlashning yanada samarali chora va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaldagi xalqaro shartnomalar doirasida axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlarga tegishli jinoiy qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;
davlat hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash usullari, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishini ta’minlash doirasida davlat hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun rasmiy talablarni ko‘rib chiqishning tartibi shakllantirilgan;
elektron hukumat va axborot xavfsizligini ta’minlash tamoyillari kabi axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida elektron davlat xizmatlari uchun talablar ishlab chiqilgan;
inson axborot huquqlarini ta’minlash sohasida Ombudsman faoliyatining oshkoraligi bo‘yicha qonun hujjatlariga kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, umumlashtirish, tizimlashtirish va ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha elektron axborot tizimini joriy qilish bo‘yicha o‘zgartishlar va qo‘shimchalar ishlab chiqilgan;
fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda identifikatsiyalash yagona axborot tizimini joriy qilish to‘g‘risida taklif asoslangan;
“xalqaro axborot huquqi” va “kiberterrorizm” tushunchalarining takomilashtirilgan tavsifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalqaro axborot huquqi shakllanishining nazariy-amaliy xususiyatlari bshhyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
amaldagi xalqaro shartnomalarni tahlil qilish doirasida axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlarga tegishli jinoiy qonun hujjatlarini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasining 2016 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zRQ-405-son qonunining 3-moddasi 9-bandi to‘ldirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining 2016 yil 21 dekabrdagi 02/1-1708-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yorga ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya va butunjahon internet axborot tarmog‘i ijtimoiy xavfsizlikka va jamoat tartibiga tahdidni o‘z ichiga olgan materiallarni tarqatish yoki namoyish etish usullari sifatida kiritilgan;
davlat hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha shakllantirilgan usullar, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishini ta’minlash doirasida davlat hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun rasmiy talablarni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqish va qabul qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining 2017 yil 26 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu me’yorlar jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini hamda davlat hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslarining qabul qilinadigan qarorlar uchun javobgarligining oshirilishini ta’minlagan;
elektron hukumatning shakllantirilgan asosiy tamoyillari, axborot xavfsizligini ta’minlash tamoyillari va axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida elektron davlat xizmatlariga talablar O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqish va qabul qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining 2017 yil 26 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu me’yorlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng qo‘llanishi hisobiga fuqarolar tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmatlari faoliyat natijalari to‘g‘risida axborot olinishida sifat jihatdan yangi operativlik va qulaylikni ta’minlagan;
inson axborot huquqlarini ta’minlash sohasida Ombudsman faoliyatining oshkoraligiga tegishli takliflardan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturiga muvofiq “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da O‘zbekiston Respublikasining 2017 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zRQ-441-son qonunini qabul qilish jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalar kengashining 2017 yildagi 1398-III/PK-282-III-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Inson konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya qilish bo‘yicha komissiya nizomi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Ombudsman vakili to‘g‘risida”gi nizomda hamda Ombudsmanning taalluqli veb-resursida virtual qabulxona va “tez-tez beriladigan savollar” sahifasini yaratish, kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, umumlashtirish, tizimlashtirish va ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha elektron axborot tizimini joriy qilishda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili (ombudsman)ning 2018 yil 25 maydagi 01-07/138-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Bu manfaatdor shaxslarning inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakil faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini va Ombudsman faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng qo‘llanishini ta’minlangan;
fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda identifikatsiyalash texnologiyalari va mobil` identifikatsiyalash yagona axborot tizimini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifdan 2018–2021 yillarda Elektron hukumatni rivojlantirish strategiyalari (E-hukumat strategiyasi) loyihasini va E-hukumat strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining 2018 yil 29 maydagi 01-15/894-son ma’lumotnomasi). Bu Vazirlar Mahkamasining 2015 yildagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va “Elektron hukumat” tizimidan foydalanuvchilarni identifikatsiyalash yagona axborot tizimini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 365-son qaroriga muvofiq markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va joriy qilishga ko‘maklashadi hamda axborotni oshkor qilishning yangi standartlari qo‘llanishi hisobga olingan holda davlat hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyati oshkoraligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining takomillashtirilishiga va davlat organlari faoliyatida “umumiy ochiq” tamoyilining joriy qilinishiga xizmat qilgan.