Matnazarova Muhayyo Axmetjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Etnomadaniy jarayonlar va ularning millatlararo munosabatlarga ta’siri” 09.00.09 – “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ss347.
Ilmiy rahbar: falsafa fanlari doktori, professor Ruzieva Ruxsora Xodievna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/29.12.2022.F/Ss.135.01.
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlar doktori, professor Muxtorov Azamat Muxtorovich,  siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Zamonov Zokir Turg‘inovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: millatlararo munosabatlarda totuvlikni ta’minlashning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va rolini aniqlash hamda bunga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“siyosiy borliq” va “millat-siyosat-davlat” kategoriyalari muayyan hududda etnosning millat darajasida shakllanishi va e’tirof etilishi hamda jamiyatda uning siyosiy jihatdan ekzistensial mohiyatini o‘zlashtirilishi “etnos-millat-xalq-vatan” tamoyilining  jamiyatning yaxlit siyosiy bir butunligini ta’minlashdagi funksiyasiga ko‘ra takomillashtirilgan;
muayyan hududda millatlararo munosabatlar monitoringi va mexanizmlarini ishlab chiqish, turli elatlarning tili, urf-odati va an’analariga nisbatan teng munosabatda bo‘lish, ularga priventiv rivojlanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, migratsiya va repartatsiya siyosatidagi ijobiy o‘zgarishlar xalqaro maydonda mamlakat imidjiga ekzogen (tashqi siyosiy sabab, turtki) ta’sir etishi asoslangan;
har bir fuqaroning fundamental huquq va manfaatlari, qarashlari va e’tiqodi hurmat qilinishi va tengligini ta’minlanishi mohiyatan davlatning millatlararo munosabatlar sohasida umuminsoniy tamoyillarga amal qilayotganligini ko‘rsatib beradigan adolatli mezon bo‘lish bilan birga jamiyatda etnik ziddiyatlar va mojarolarni oldini oluvchi muhim siyosiy mexanizm ekanligi ochib berilgan;
Markaziy Osiyoda millatlararo munosabatlarni rivojlantirish tendensiyasida bag‘rikenglik madaniyati va hamjihatlik tamoyillari xalqaro siyosiy hamkorlikning asosiy amaliy mezoni bo‘lib, millatlar diasporasini saqlash hamda “yopiq qo‘shnichilik” “yaxshi qo‘shnichilik” siyosatiga o‘zgargani jamiyatda repatriatsiya (vatanga qaytish) jarayonini jadallashtiruvchi muhim mexanizm ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Etnomadaniy jarayonlar va ularning millatlararo munosabatlarga ta’siri doirasida amalga oshirilgan tadqiqot ishi natijalari asosida:
“siyosiy borliq” va “millat-siyosat-davlat” kategoriyalari muayyan hududda etnosning millat darajasida shakllanishi va e’tirof etilishi hamda jamiyatda uning siyosiy jihatdan ekzistensial mohiyatini o‘zlashtirilishi “etnos-millat-xalq-vatan” tamoyilining  jamiyatning yaxlit siyosiy bir butunligini ta’minlashdagi funksiyasiga ko‘ra takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yilda efirga uzatilgan “Etno” va “Ochiq dars” nomli turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 26-iyuldagi 08-48/991-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda millatlararo munosabatni mustahkamlashga va tayyorlangan ko‘rsatuv ssenariysining nazariy-metodologik asoslari takomillashtirilishiga xizmat qilgan;  
har bir fuqaroning fundamental huquq va manfaatlari, qarashlari va e’tiqodi hurmat qilinishi va tengligini ta’minlanishi mohiyatan davlatning millatlararo munosabatlar sohasida umuminsoniy tamoyillarga amal qilayotganligini ko‘rsatib beradigan adolatli mezon bo‘lish bilan birga jamiyatda etnik ziddiyatlar va mojarolarni oldini oluvchi muhim siyosiy mexanizm ekanligi ilmiy ochib berilganligiga oid tadqiqotda keltirilgan mulohazalar, olingan xulosalar, amaliy takliflar va tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 4-sentyabrdagi 1-15-25-2475-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada bildirilgan xulosa va takliflardan Yoshlar ishlari agentligi va hududiy boshqarmalarining “Yoshlar dasturi”, “Ish rejasi” va boshqa yo‘l xaritalari bandlarida hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari (konferensiya, davra suhbati, seminar va uchrashuvlar)da foydalanilgan.
muayyan hududda millatlararo munosabatlar monitoringi va mexanizmlarini ishlab chiqish, turli elatlarning tili, urf-odati va an’analariga nisbatan teng munosabatda bo‘lish, ularga priventiv rivojlanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, migratsiya va repartatsiya siyosatidagi ijobiy o‘zgarishlar xalqaro maydonda mamlakat imidjiga ekzogen (tashqi siyosiy sabab, turtki) ta’sir etishi asoslangan;oid tadqiqotda keltirilgan mulohazalar, olingan xulosalar, amaliy takliflar va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan «G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti»da belgilangan vazifalar ijrosini taminlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil -iyuldagi 241-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, aholi o‘rtasida turli yot g‘oyalarni oldini olishga doir ilmiy-nazariy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyoda millatlararo munosabatlarni rivojlantirish tendensiyasida bag‘rikenglik madaniyati va hamjihatlik tamoyillari xalqaro siyosiy hamkorlikning asosiy amaliy mezoni bo‘lib, millatlar diasporasini saqlash hamda “yopiq qo‘shnichilik” “yaxshi qo‘shnichilik” siyosatiga o‘zgargani jamiyatda repatriatsiya (vatanga qaytish) jarayonini jadallashtiruvchi muhim mexanizm ekanligi bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosalardan asoslanganligiga oid taklif va mulohazalardan O‘zbekiston Respunlikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aolqalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan. (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aolqalari qo‘mitasining 2023 yil 24 oktyabrdagi 14-07-2338-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ishidagi ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan  Qo‘mitaning konferensiya, seminar, davra suhabatlari, shuningdek, madaniy-ma’rifiy sohalardagi tadbirlarini tashkil etishda foydalaniladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish